23 martdan 24 martga o‘tar kechasi yer aholisining ma’lum qismi oy tutilishini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Mazkur holatni yer sharining sharqiy qismi Ural, Sibir, Uzoq Sharq, shuningdek O‘zbekiston va Qozog‘istonda ham kuzatish mumkin bo‘ladi. Olimlar oy limbasi ko‘rinishining o‘zgarishini tasvirga olish uchun fototexnikadan foydalanish mumkinligini tavsiya sifatida bildirishgan. Mazkur unikal hodisaning davriyligi maksimum ikki soat davom etishi kutilmoqda. Yevropa va Afrika mintaqasida bu holat kuzatilmaydi.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 824 | Добавил: musicfm | Дата: 24-Мар-2016 | Комментарии (0)

20-fevraldan buyon O‘zbekiston ichki ishlar organlari “Tozalash — Aksilterror” keng miqyosli tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazmoqda. “Gazeta.uz”ning “Na postu” gazetasiga asoslanib xabar berishicha ... Читать дальше »

Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 850 | Добавил: musicfm | Дата: 23-Мар-2016 | Комментарии (0)

Faraz qiling: siz shaxsiy avtomobilingizda kechasi yomg‘irli havoda yo‘lda ketayapsiz. Shu paytda avtobus bekatida uch kishini ko‘rib qoldingiz.

1. Bular bemor ko&ls ... Читать дальше »

Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 895 | Добавил: musicfm | Дата: 21-Мар-2016 | Комментарии (0)

O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 15-martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatanyangi qiymatlarini belgiladi ... Читать дальше »

Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 851 | Добавил: Admin | Дата: 14-Мар-2016 | Комментарии (0)

O‘zbekistonda yaqin kunlarda yangi musiqiy telekanal ochilish arafasida. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.
Hozircha telekanal “Zo‘r TV” deb nomlanishi hamda “Vodiy sadosi” radiosi rahbariyati tomonidan ochilayotgani ma’lum. “Zo‘r TV” yoshlarbop va musiqiy yo‘nalishda bo‘lishi kutilmoqda. Ayni paytda kerakli barcha texnika va jihozlar olib kelingan, ish boshlanishi uchun qizg‘in harakat ketmoqda.

Tez kunlarda sinov tartibida efir yo‘lga qo‘yilib, kliplar namoyishi boshlanishi bildirilgan.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 868 | Добавил: Admin | Дата: 14-Мар-2016 | Комментарии (0)

O‘zbekistonlik 42 nafar “Yilning eng yaxshi chet
tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari shu
yilning 8—22 yanvar kunlari Buyuk
Britaniyaning nufuzli oliy o‘quv yurtida malaka
oshirib qaytdi. Bu haqda O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Axborot
xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Xalq ta’limi vazirligi va Buyuk Britaniyaning St.
Mark & St. John universiteti o‘rtasida tuzilgan
ikki tomonlama shartnoma asosida malaka
oshirish uchun Buyuk Britaniyaning Devon
grafligi, Plimut shahri yaqinida joylashgan
nufuzli St. Mark & St. John universiteti
tanlandi.
Mashg‘ulotlar universitetning tajribali
mutaxassislari va professorlari tomonidan olib
borildi.
Tajriba almashish davomida o‘zbekistonlik
o‘qituvchilar dars o‘tishning turli usu ... Читать дальше »
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 915 | Добавил: Daminik | Дата: 01-Фев-2016 | Комментарии (0)

“Carzone.uz” nashri Toshkentning Sirg‘ali
bozorida sotilayotgan GM Uzbekistan
avtomobillarining 24-yanvar holatiga ko‘ra
narxlarini keltirdi .
Avvalroq, Sirg‘ali bozorida sotilayotgan xorijiy
avtomobillarning narxlari haqida axborot
berilgan edi .
Captiva III
Ishlab chiqarilgan yili: 2014
Yurgan masofasi: 25 000 km
Narxi: 132 000 000 so‘m
Captiva II
Ishlab chiqarilgan yili: 2011
Yurgan masofasi: 76 000 km
Narxi: 93 000 000 so‘m
Malibu III
Ishlab chiqarilgan yili: 2012-13
Yurgan masofasi: 54 000 km
Narxi: 96 000 000 so‘m
Captiva III
Ishlab chiqarilgan yili: 2013-14
Yurgan masofasi: 31 000 km
Narxi: 123 000 000 so‘m
Lacetti III
Ishlab chiqarilgan yili: 2011
Yurgan masofasi: 80 000 km
Narxi: 57 000 000 so‘m
Lacetti I
Ishlab chiqarilgan yili: 2010
Yurgan masofasi: 70 000 km
Narxi: 54 ... Читать дальше »
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 905 | Добавил: Daminik | Дата: 26-Янв-2016 | Комментарии (0)

O‘zbekistonning tog‘ oldi hududlarida 29- yanvargacha sel kelishi xavfi bor. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi ma’lum qildi . “26—29-yanvar kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi hududlarida sel kelishi xavfi bor”, — deyiladi markaz xabarida. So‘nggi bor O‘zbekistonning tog‘ oldi hududlarida qor ko‘chishi xavfi 17-yanvar kuni e’lon qilingan edi .
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 920 | Добавил: Daminik | Дата: 25-Янв-2016 | Комментарии (0)

Ўзбекистон халқ артисти, олий тоифали сухандон Абдумўмин Ўтбосаров янги йилнинг илк кунида вафот этганди. Таниқли сухандоннинг вафотидан сўнг айрим электрон оммавий ахборот воситалари, ижтимоий тармоқларда турли-туман миш-мишлар кенг тарқалди. Айрим гап-сўзларга кўра, Абдумўмин Ўтбосаров гўёки МТРК раисидан гап эшитганидан сўнг тоби қочиб, шифохонага етказилган. Kun.uz мухбири Абдумўмин Ўтбосаров хотирасига бағишлаб унинг бир қанча ҳамкасбларидан интервью олар экан, мазкур масалага ойдинлик киритишни сўради. - Буларнинг барчаси миш-миш, сизга ишонч билан айтишим мумкинки, Ўзбекистон телевидениеси сухандонларига, хусусан, мен ишлаган вақтимда сафдошларимга бирор лавозимли одам ҳеч қачон бақирмаган, дўқ қилмаган, бирор нарсага тазйиқ ўтказмаган. Аксинча, уларга алоҳида муносабатда бўлиб, меҳр билан гапиришар эди. Ўйламайманки, Абдумўминга ҳам кимдир нимадир қилгану, шунинг натижасида унинг юраги кўтара олмаган. Мумкин эмас. Туҳмат, қип-қизил бўҳтон. Бундай гап-сўзлар одамларнинг фожиасид ... Читать дальше »
Прикрепления: Картинка 1
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 1061 | Добавил: Seva_ARAVES | Дата: 05-Янв-2016 | Комментарии (0)

Жорий ҳафтада Республиканинг айрим ҳудудларида ҳаво ҳарорати +18 даражагача кўтарилиши кутилмоқда. Гидрометеорология марказидан маълум қилишларича, 7-8 январь кунлари республика бўйлаб ёмғир ёғиш эҳтимоли бор. Ҳаво ҳарорати кечаси 0-5 даража илиқ, кундузи 8-13 даража илиқни ташкил этади. 9-10 январь кунлари ёғингарчиликлар кутилмайди. Кечаси ҳарорат 2-7, кундузи 8-13 даража илиқ бўлади. Баъзи ҳудудларда ҳарорат +18 даражага етиши кутилмоқда. Тоғли ҳудудларда ёғингарчиликлар кузатилади, ҳарорат кечаси 0-5 даража совуқ, кундузи 0-5 даража илиқ бўлади.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 879 | Добавил: Seva_ARAVES | Дата: 05-Янв-2016 | Комментарии (0)

« 1 2 3 »