21:20
O‘zbekistonda “Zo‘r TV” deb nomlangan yangi musiqiy telekanal ishga tushishi kutilmoqda
O‘zbekistonda yaqin kunlarda yangi musiqiy telekanal ochilish arafasida. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.
Hozircha telekanal “Zo‘r TV” deb nomlanishi hamda “Vodiy sadosi” radiosi rahbariyati tomonidan ochilayotgani ma’lum. “Zo‘r TV” yoshlarbop va musiqiy yo‘nalishda bo‘lishi kutilmoqda. Ayni paytda kerakli barcha texnika va jihozlar olib kelingan, ish boshlanishi uchun qizg‘in harakat ketmoqda.

Tez kunlarda sinov tartibida efir yo‘lga qo‘yilib, kliplar namoyishi boshlanishi bildirilgan.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 868 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]