17:11
“Yilning eng yaxshi chet tili o‘qituvchisi” tanlovi g‘oliblari Britaniyada malaka oshirib qaytdi
O‘zbekistonlik 42 nafar “Yilning eng yaxshi chet
tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari shu
yilning 8—22 yanvar kunlari Buyuk
Britaniyaning nufuzli oliy o‘quv yurtida malaka
oshirib qaytdi. Bu haqda O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Axborot
xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Xalq ta’limi vazirligi va Buyuk Britaniyaning St.
Mark & St. John universiteti o‘rtasida tuzilgan
ikki tomonlama shartnoma asosida malaka
oshirish uchun Buyuk Britaniyaning Devon
grafligi, Plimut shahri yaqinida joylashgan
nufuzli St. Mark & St. John universiteti
tanlandi.
Mashg‘ulotlar universitetning tajribali
mutaxassislari va professorlari tomonidan olib
borildi.
Tajriba almashish davomida o‘zbekistonlik
o‘qituvchilar dars o‘tishning turli usullarini,
jumladan kichik guruhlarda ishlash, o‘qitishning
kommunikatsion metodlaridan foydalanish,
muammoli vaziyatlarda chet tilida muloqotga
kirishish usullari iboralar va rolli o‘yinlar orqali
o‘rgatildi.
Shuningdek, tajriba almashish davomida
o‘zbekistonlik ingliz tili o‘qituvchilari Plimut
shahridagi til o‘rgatish markazlari va
maktablarga safar uyushtirib, u yerda
“O‘zbekistonning madaniyati va urf-odatlari”,
“Ta’lim tizimi” kabi mavzularda taqdimot qildi.
O‘quvlar yakunida barcha ishtirokchilarga
sertifikatlar berildi. Mazkur 42 nafar malaka
oshirib qaytgan o‘qituvchilar tayanch
maktablar bazasida chet tili o‘qituvchilari
uchun joriy yilning mart—dekabr oylarida
o‘tkaziladigan o‘quvlarda trener sifatida
ishtirok etadi hamda chet elda olgan bilim va
ko‘nikmalarini hamkasblariga o‘rgatadi.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 915 | Добавил: Daminik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]