21:34
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 5 so‘m 7 tiyinga oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki 2016-yil 15-martdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatanyangi qiymatlarini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 2866 so‘m 75 tiyin etib belgilandi. Bu 10-martdagi kursganisbatan 5 so‘m 7 tiyinga ko‘p.

15-martdan e’tiboran 1 yevro qiymati 3168 so‘m 54 tiyin (10-martdagi kursga nisbatan 21 so‘m 90 tiyin qimmat), 1 Xitoy yuani 441 so‘m 50 tiyin (10-martdagi kursga nisbatan 1 so‘m 69 tiyin qimmat), 1 Rossiya rubli esa 40 so‘m 77 tiyin (10-martdagi kursga nisbatan 1 so‘m 67 tiyin qimmat) etib belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 852 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]