Moskva birjasidagi savdolarning ochilishida rubl kursi 2015 yil dekabrdagi minimumni yangiladi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bergan. Xabarda aytilishicha, 31 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 14:18 da dollar kursi 1,05 rublga tushib, 66,922 rublni tashkil qilgan. Yevro kursi 83 tiyinga tushib, 76,132 rublni tashkil etgan.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 927 | Добавил: musicfm | Дата: 01-Апр-2016 | Комментарии (0)

Indoneziyada timsoh rossiyalik sayyohni g‘ajib tashladi, deya xabar bermoqda “RBK” Rossiyaning Indoneziyadagi elchixonasi vakili Nikolay Karapetyanga tayanib. Uning aytishicha, rossiyalikning jasadi G‘arbiy Papua provinsiyasida topilgan. Provinsiya huquqni himoya qilish organlari vakillari elchixonaga timsoh g‘ajib tashlagan rossiyalik sayyohning jasadi topilganini ma’lum qilgan. Ayni paytda muassasa huquqni himoya qilish organlari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Mahalliy qidiruv-qutqaruv operatsiyasi rahbari so‘zlariga ko‘ra, sayyoh akvalang bilan suzayotib halok bo‘lgan. Rossiyalikni dengiz timsohi o‘ldirgani taxmin qilinmoqda. “Uning chap qo‘li uzib olingan, sonida esa yara ochilib turgan edi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 985 | Добавил: musicfm | Дата: 31-Мар-2016 | Комментарии (0)

Bugun 26 mart kuni “Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i o‘z faoliyatining 10 yilligini nishonlaydi. 2006 yilda asos solingan ushbu saytdan bugunga kelib bir kun davomida 51 million odam foydalanadi. 2007 yili “Odnoklassniki”dan million foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan, bir yildan keyin esa bu auditoriya o‘n barobarga oshdi. 2010 yili xizmat Mail.Ru Group internet-xolding tarkibiga qo‘shildi. Bu yil videomanbaga ega eng mashhur Runet saytlari ichida “Odnoklassniki” ikkinchi o‘rinni egalladi (comScore ma’lumotiga ko‘ra). Sayt foydalanuvchilar o‘rtasida pul o‘tkazish xizmatini kiritgan hamda Instagram bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. Bugunga kelib “Odnoklassniki” foydalanuvchilari har kuni tarmoqqa 18,3 million yangi suratlar yuklaydilar, 180 million “Klass” belgilarini bosadilar, 300 million videoroliklar bo‘lishadilar va 300 million xabar yuboradilar. Ijtimoiy tarmoq statistikasiga ko‘ra, foydalanuvchilar har kuni o‘rtacha 41 daqiqani shu saytda o‘tkazadilar.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 883 | Добавил: musicfm | Дата: 26-Мар-2016 | Комментарии (0)

Malayziya rasmiylarining bayonotiga ko‘ra, Malaysia Airlines kompaniyasining 2014-yil martida sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan samolyoti qoldiqlarini qidirish ishlari Mozambik va Janubiy Afrika Respublikasi qirg‘oqlarida olib borilishi lozim. Bu haqda “RIA Novosti” xabar ber ... Читать дальше »

Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 871 | Добавил: musicfm | Дата: 24-Мар-2016 | Комментарии (0)

AQSh huquq-tartibot organlari mamlakatni qo‘shni Meksika bilan bog‘laydigan navbatdagi yer osti yo‘lini aniqladi. Associated Press agentligiga tayanib, “TASS”ning xabar berishicha ... Читать дальше »

Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 852 | Добавил: musicfm | Дата: 24-Мар-2016 | Комментарии (0)

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempioni Lukas Braun doping tekshiruvidan o‘tganida, uning qon namunasida taqiqlangan klenbuterol moddasi borligi aniqlandi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda Avstraliyalik bokschi o‘zbekistonlik Ruslan Chagayevga qarshi o‘tkazgan jangidan besh kun avval va jang yakunlanganidan so‘ng doping uchun tahlil topshirgandi. Endi Braun chempionlik kamaridan mahrum qilinishi mumkin. Ruslan Chagayev esa yangi chempionlik jangida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ma’lumot uchun, klenbuterol moddasi Xalqaro antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan moddalar qatoriga kiritilgan. Eslatib o‘tamiz, Ruslan Chagayev va Lukas Braun o‘rtasidagi chempionlik jangi 6-martga o‘tar kechasi, Grozniy shahrida o‘tkazilgandi. Unda o‘zbekistonlik bokschi raqibiga 10-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgandi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 870 | Добавил: musicfm | Дата: 24-Мар-2016 | Комментарии (0)

“Legionerlar kasalligi” aniqlangan sidneylik fuqaro shahar shifoxonalaridan birida vafot etdi. Bu haqda Yangi Janubiy Uels shtati Sog‘liqni saqlash vazirligi vakillari ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi ... Читать дальше »

Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 867 | Добавил: Admin | Дата: 16-Мар-2016 | Комментарии (0)

Xitoyda Zika virusi yuqishi bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Mamlakat tashqarisida bezgakka chalingan bemorning ahvoli durust ekanligi, salomatligi tiklanayotganligi bildirilmoqda, deya xabar beradi“TASS” Virusning qish paytida tarqalish ehtimoli juda kam, chunki Xitoyning iqlim sharoiti Aedes aegypti turidagi chivinlar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Hozirda xitoylik mutaxassislar Zika virusini aniqlash va davolash uchun yo‘riqnomalar ishlab chiqmoqda. Mamlakatda xorijdan kelayotgan yo‘lovchilarni tekshirish va karantindan o‘tkazish uchun javob beradigan xizmatlar shay holatga keltirilgan.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 913 | Добавил: DJ_BeGZoDBeK | Дата: 10-Фев-2016 | Комментарии (0)

Suriya poytaxtida ikki portlash ro‘y berdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi“ Korrespondent.net”. Birinchi portlash politsiyachilar to‘planadigan klubda, ikkinchisi esa sabzavot bozori yaqinida sodir bo‘lgan. Buning oqibatida sakkiz nafar politsiyachi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohat olgan. Mazkur teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 849 | Добавил: DJ_BeGZoDBeK | Дата: 10-Фев-2016 | Комментарии (0)

Afg‘onistonning Gilmend viloyatida harbiy-havo kuchlari tomonidan xorijiy kontingent ko‘magida uyushtirilgan operatsiya davomida 15 nafar “Tolibon” jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda TOLO News telekanali bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda. Aviahujum davomida jangarilarning transport vositasi yo‘q qilinib, harakatning o‘n nafar a’zosi yarador qilingan. Tinch aholidan qurbon bo‘lmaganligi bayon qilinmoqda.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 898 | Добавил: DJ_BeGZoDBeK | Дата: 09-Фев-2016 | Комментарии (0)

1 2 »