17:34
Malayziya Boeing 777 qoldiqlarini topish uchun JARga qidiruv jamoasini yuboradi

Malayziya rasmiylarining bayonotiga ko‘ra, Malaysia Airlines kompaniyasining 2014-yil martida sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan samolyoti qoldiqlarini qidirish ishlari Mozambik va Janubiy Afrika Respublikasi qirg‘oqlarida olib borilishi lozim. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

“Ko‘proq qoldiqlarni topish uchun biz qidiruvni JAR qirg‘oqlarida olib borishimiz lozim. Malayziya u yerga o‘z jamoasini yo‘llaydi, ayni paytda biz JAR rasmiylarining ruxsatini kutmoqdamiz”, — dedi mamlakatning transport vaziri Liou Tiong Lay.

“Qirg‘oq bo‘yidagi qidiruvlar Malayziya jamoasi tomonidan o‘tkazilib, JAR va Mozambikka asosiy urg‘u beriladi”, — deb qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, mart oyining boshida Mozambik qirg‘og‘idan MH370 reysiga oidligi taxmin qilingan ikkita detal topilgan edi. Avstraliya transport vaziri Darren Chester bo‘laklarning Malayziya samolyotiga aloqadorligini tasdiqladi.

Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 872 | Добавил: musicfm | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]