Главная »
2016 »
Март »
24 » Ruslan Chagayevning raqibi Lukas Braunda doping aniqlandi
10:39 Ruslan Chagayevning raqibi Lukas Braunda doping aniqlandi |
Professional boksning superog‘ir
vazn toifasida Jahon boks
assotsiatsiyasi (WBA) chempioni
Lukas Braun doping tekshiruvidan
o‘tganida, uning qon namunasida
taqiqlangan klenbuterol moddasi borligi aniqlandi. Bu haqda
“Olamsport” xabar bermoqda Avstraliyalik bokschi o‘zbekistonlik
Ruslan Chagayevga qarshi
o‘tkazgan jangidan besh kun avval
va jang yakunlanganidan so‘ng
doping uchun tahlil topshirgandi.
Endi Braun chempionlik kamaridan mahrum qilinishi mumkin. Ruslan
Chagayev esa yangi chempionlik
jangida ishtirok etish imkoniyatiga
ega bo‘ladi. Ma’lumot uchun, klenbuterol
moddasi Xalqaro antidoping
agentligi (WADA) tomonidan
taqiqlangan moddalar qatoriga
kiritilgan. Eslatib o‘tamiz, Ruslan Chagayev va
Lukas Braun o‘rtasidagi
chempionlik jangi 6-martga o‘tar
kechasi, Grozniy shahrida
o‘tkazilgandi. Unda o‘zbekistonlik
bokschi raqibiga 10-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgandi.
|
Категория: Dunyo yangiliklari |
Просмотров: 830 |
Добавил: musicfm
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]