17:01
Indoneziyada timsoh rossiyalik sayyohni g‘ajib tashladi
Indoneziyada timsoh rossiyalik sayyohni g‘ajib tashladi, deya xabar bermoqda “RBK” Rossiyaning Indoneziyadagi elchixonasi vakili Nikolay Karapetyanga tayanib. Uning aytishicha, rossiyalikning jasadi G‘arbiy Papua provinsiyasida topilgan. Provinsiya huquqni himoya qilish organlari vakillari elchixonaga timsoh g‘ajib tashlagan rossiyalik sayyohning jasadi topilganini ma’lum qilgan. Ayni paytda muassasa huquqni himoya qilish organlari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Mahalliy qidiruv-qutqaruv operatsiyasi rahbari so‘zlariga ko‘ra, sayyoh akvalang bilan suzayotib halok bo‘lgan. Rossiyalikni dengiz timsohi o‘ldirgani taxmin qilinmoqda. “Uning chap qo‘li uzib olingan, sonida esa yara ochilib turgan edi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 984 | Добавил: musicfm | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]