Salom Saytimiz muxlislari sizlar uchun yana MusicFm.Uz sayti ish faoliyatini boshladi. Endilikda eng so'ngi Yangiliklar, Mp3 va Kliplar va mega loyihalar guvohiga aylanasiz. Shou-Biznes vakillari bilan Online (chat) loyihasi tez kunda ish faoliyatini boshlaydi. San'atkorlarimiz bilan online suhbat qurib o'z savollaringiz va oz bulsada suhbat qurishingiz mumkin bo'ladi.

Biz bilan Qoling.......

MusicFm.Uz | Birgalikda Shou-Biznes Ritmida. . .

Категория: Saytimiz yangiliklari | Просмотров: 881 | Добавил: Admin | Дата: 11-Авг-2016 | Комментарии (0)

2-may kuni Toshkentda harakatlanayotgan so‘nggi tramvay yo‘nalishi — “Beshqayrag‘och” dahasi va Ippodrom o‘rtasida qatnovchi 17-yo‘nalish yopildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Ertalab tramvaylar qatnovga chiqdi, ammo vagonlardan biri relsdan chiqib ketgach, barcha haydovchilar depoga qaytish haqida ko‘rsatma oldi. 9:10 da depoga so‘nggi vagon kirdi, va shu tariqa, Toshkent tramvayining 115 yillik tarixiga nuqta qo‘yildi.

“Toshkent tramvayi” O‘zbekiston poytaxtida tramvay harakati to‘xtatilganini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi 9- va 13-tramvay yo‘nalishlarining ishi 22-apreldan butunlay to‘xtatildi. 17- va 8-tramvaylar ishi taxminan 1-iyunga qadar davom etishi kutilayotgan edi.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 960 | Добавил: musicfm | Дата: 02-Май-2016 | Комментарии (0)

Taniqli kinoaktyor Adiz Rajabov intervyu berishdan o‘zini olib qochadigan, o‘zi va hayoti haqidagi ma’lumotlarni ommadan sir saqlaydigan san’atkorlardan. U rejissor Sanjar Shodiyevning “Seni o‘zim boy qilaman” nomli filmida suratga tushdi. Film premyerasi arafasida jurnalist Feruz Muhammad aktyor bilan suhbatda bo‘ldi.
— Nima sababdan deyarli intervyu bermaysiz?
— Ijodda qandaydir yangilik bo‘lsa, intervyu berasiz-da. Har doim bitta gapni takrorlayverish ham yaxshi emas. Har bir aytilayotgan, yozilayotgan so‘zning mas’uliyati bor axir.

— Jurnalistlardan, muxlislardan yashirib yuradigan siringiz, muammolaringiz yo‘q, shundaymi?
— Shunday, qanday muammo bo‘lishi mumkin?!

— Ijodiy tanaffusdan so‘ng aynan “Seni o‘zim boy qilaman” filmida rol ijro etishingizga nima sabab bo‘ldi?
— Bu film mavzusi bugungi kunda suratga olinayotgan kinolardan oz bo‘lsa-da farq qilgani uchun, Sanjar Shodiyevning taklifiga rozi bo‘lganman. Bu mavzuda ko‘pdan ... Читать дальше »
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 952 | Добавил: musicfm | Дата: 02-Май-2016 | Комментарии (0)

“Layfxaker” nashri o‘tgan oyda diqqatga sazovor bo‘lgan qiziqarli va foydali dasturlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida butunlay yangi bo‘lgan dasturlar ham, shuningdek, tubdan yangilanganlari ham bor.

Gmail’dan Inbox

Inbox — yangi avloddagi elektron pochta kliyenti bo‘lib, u xatlarni mustaqil ravishda guruhlash, maktublardan eng muhim axborotni ajratib olish va, hatto, sizning o‘rningizga javoblar yozish qobiliyatiga ega.

Net Guard

Ushbu dastur dastlab Android uchun dasturiy fayervol sifatida yaratilgan edi. Uning yordamida sizda o‘rnatilgan barcha dasturlar uchun ruxsatlar va tarmoqdagi xatti-harakat qoidalarini ikir-chikirigacha sozlab qo‘yish mumkin.

Quote

Quote — RSS formatida yangiliklar o‘qish uchun dastur. U Feedly va Inoreader servislari uchun mobil kliyentdir. U maqolalarning to‘liq matnini tortib olish, ularni reklamalardan tozalash va o‘qish uchun eng qulay ko‘rinishda aks ettirishga qodir. ... Читать дальше »
Категория: Texnologik yangiliklar | Просмотров: 943 | Добавил: musicfm | Дата: 02-Май-2016 | Комментарии (0)

5-6 апрель кунларида ЕЧЛнинг чорак финалидаги 2та учрашув ўтказилади.

5 апрель куни, Тошкент вақти билан соат 23:45да "Камп Ноу" стадионида "Барселона" ва "Атлетико" жамоалари ўртасидаги баҳсга старт берилади.

6 апрель куни Тошкент вақти билан соат 23:45да эса "ПСЖ" ва "Манчестер Сити" ўртасидаги чорак финал баҳси бошланади.

Бу икки ўйин UzReport TV телеканали томонидан тўғридан-тўғри эфирга узатилади.

Эслатиб ўтамиз, 1 декабрь куни UzReport TV телеканали Ямал 401 сунъий йўлдоши орқали эфирга чиқишни бошлади. Ўзбекистоннинг исталган нуқтасидаги киши сунъий йўлдош антеннасига эга бўлган ҳолда бу телеканални кузатиши мумкин бўлади.
Категория: Sport xabarlari | Просмотров: 858 | Добавил: musicfm | Дата: 05-Апр-2016 | Комментарии (0)

Koreya Respublikasi mamlakatning o‘zida ishlab chiqariladigan superkompyuterlar va sun’iy intellekt uchun 100 milliard von (87,2 million dollar) ajratadi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Sun’iy intellekt va superkompyuterlarni ishlab chiqarish va rivojlantirish uchun kelgusi o‘n yil davomida har yili o‘n milliard von (8,7 million dollar) ajratiladi”, — deyiladi mamlakat Ta’lim vazirligi xabarida.

Ushbu loyihaning birinchi bosqichida vazirlik besh yil ichida ma’lumotlarni 1 petaflops, 2025-yilga kelib esa 30 petaflops tezlik bilan qayta ishlovchi superkompyuterni yaratishni rejalashtirmoqda. Ular turli sohalarda — tibbiyot va geofizikadan harbiy sohagacha qo‘llanilishi mumkin.
Категория: Texnologik yangiliklar | Просмотров: 859 | Добавил: musicfm | Дата: 05-Апр-2016 | Комментарии (0)

BUGUN!!! "EL-CLASIKO" nafaqat top-5 kuchli chempionatida, balki butun dunyo futbol olamida markaziy o`yin "el-clasiko" ushrashuvi bo`lib o`tadi. "FC BARCELONA" vs "REAL MADRID CF" La Liga 31-tur 02-aprel 2016 yil 23:30 (TSHV), 21:30 (Moskva), 3-aprel 01:30 (Kazakhtan) Stadion: Camp Nou Hakam: Hernandez Hernandes Olib beradigan kanallar: Match TV, Match Futbol 2, Ktrk Sport
Категория: Fudbol yangiliklari | Просмотров: 953 | Добавил: musicfm | Дата: 02-Апр-2016 | Комментарии (0)

Kuni kecha Instagramda qayta ro‘yhatdan o‘tgan aktyor Alisher Uzoqov, ushbu ijtimoiy tarmoqning eng faol foydalanuvchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. “Odamlar 1 aprel bo‘lishiga qaramay, sizga bor haqiqatni aytmoqchiman. Anchadan beri sizlar bilan ko‘rishmadik. Men haqimda har xil gaplar tarqaldi. O‘chirilgan Instagram sahifamni yana ochishimga to‘g‘ri keldi. Menga mashhurlik kerak emas. Meni hayotimda muhimroq narsalar bor. Insonni kamsitish oson. Uni qaytarish qiyin, atak iloji yo‘q! Samimiy bo‘linglar. Meni kalligim yoki "o‘lganim" va yana "boshqa mish- mishlar" sizlarni "ruhlantirar" balki. Lekin aytib qo‘yay men bularni 1 tiyinga ham olmayman. Ovora bo‘lmang! Meni to‘g‘ri tushunganlar uchun esa zo‘r, yaxshi va sizlarni ruhingizni ko‘taradigan kinolar qilib berishga va’da beraman! Hudo hohlasa!” Kuni kecha aktyor Alisher Uzoqov muxlislariga qarata tirikligi, sog‘ligi va shu bilan birga sochi yo‘qligini tan olgan ohangda antiqa murojaat qilgan edi. Aktyorning bunday murojaatlariga eht ... Читать дальше »
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 991 | Добавил: musicfm | Дата: 01-Апр-2016 | Комментарии (0)

2016-yilning 1-aprelidan e’tiboran Toshkentda jamoat transporti — avtobus, metro, tramvay yo‘lkirasi narxi oshiriladi. Bu haqda, “Toshshahartransxizmat” kompaniyasidagi manbalarga asoslanib, “Gazeta.uz” xabar bermoqda. Aytilishicha, jamoat transportidan foydalanish bahosi 1000 so‘mdan 1200 so‘mga ko‘tariladi. Oxirgi marta Toshkentda jamoat transporti narxi 2014-yilning 15- iyunida oshirilgan edi.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 858 | Добавил: musicfm | Дата: 01-Апр-2016 | Комментарии (0)

Moskva birjasidagi savdolarning ochilishida rubl kursi 2015 yil dekabrdagi minimumni yangiladi. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bergan. Xabarda aytilishicha, 31 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 14:18 da dollar kursi 1,05 rublga tushib, 66,922 rublni tashkil qilgan. Yevro kursi 83 tiyinga tushib, 76,132 rublni tashkil etgan.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 927 | Добавил: musicfm | Дата: 01-Апр-2016 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 ... 8 9 »