13:38
Janubiy Koreya superkompyuterlarni ishlab chiqarish uchun 87,2 mln dollar ajratadi
Koreya Respublikasi mamlakatning o‘zida ishlab chiqariladigan superkompyuterlar va sun’iy intellekt uchun 100 milliard von (87,2 million dollar) ajratadi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Sun’iy intellekt va superkompyuterlarni ishlab chiqarish va rivojlantirish uchun kelgusi o‘n yil davomida har yili o‘n milliard von (8,7 million dollar) ajratiladi”, — deyiladi mamlakat Ta’lim vazirligi xabarida.

Ushbu loyihaning birinchi bosqichida vazirlik besh yil ichida ma’lumotlarni 1 petaflops, 2025-yilga kelib esa 30 petaflops tezlik bilan qayta ishlovchi superkompyuterni yaratishni rejalashtirmoqda. Ular turli sohalarda — tibbiyot va geofizikadan harbiy sohagacha qo‘llanilishi mumkin.
Категория: Texnologik yangiliklar | Просмотров: 859 | Добавил: musicfm | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]