Barchamizning sevimli guruhimiz Bolalar guruhining qo'shiqlari bugungi kungacha barchamizning musiqiy play varag'imizdan joy olib kelmoqda va sevib tinglaymiz, ushbu qo'shiqlarning dunyoga kelishiga o'zining hissasini qo'shib kelgan Bolalar guruhining  Musiqiy Produsseri Renat Sobirov yaqindagina "Gulim" va "Nega hafa" musiqiy kompazitsyalarini taqdim etgan edi va ko'pchilikka manzur bo'ldi, mana oradan hechqancha vat o'tmay Renat Sobirovdan tez kunda yangi "Endi har kun " deya nomlangan qo'shig'i taqdim etilishi arafasida!
Qo'shiq matni, musiqa va aranjirovka muallifi Renat Sobirov.
Bir kurib oshiq bub qogan bola haqida.
Demak bizni kuzatishda davom eting va birinchilardan bo'lib tinglang!

Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 769 | Добавил: Dibodj | Дата: 22-Апр-2017 | Комментарии (0)

25-dekabr kuni soat: 13:00 va 16:00 da Shahrisabz shahri Kesh Tantanalar saroyida "Comedy Kesh" dan Yangi yil soni, Dastur mexmoni: Otash Xijron.
Hammangizni taklif qilamiz
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 781 | Добавил: meer14 | Дата: 12-Дек-2016 | Комментарии (0)

Taniqli kinoaktyor Adiz Rajabov intervyu berishdan o‘zini olib qochadigan, o‘zi va hayoti haqidagi ma’lumotlarni ommadan sir saqlaydigan san’atkorlardan. U rejissor Sanjar Shodiyevning “Seni o‘zim boy qilaman” nomli filmida suratga tushdi. Film premyerasi arafasida jurnalist Feruz Muhammad aktyor bilan suhbatda bo‘ldi.
— Nima sababdan deyarli intervyu bermaysiz?
— Ijodda qandaydir yangilik bo‘lsa, intervyu berasiz-da. Har doim bitta gapni takrorlayverish ham yaxshi emas. Har bir aytilayotgan, yozilayotgan so‘zning mas’uliyati bor axir.

— Jurnalistlardan, muxlislardan yashirib yuradigan siringiz, muammolaringiz yo‘q, shundaymi?
— Shunday, qanday muammo bo‘lishi mumkin?!

— Ijodiy tanaffusdan so‘ng aynan “Seni o‘zim boy qilaman” filmida rol ijro etishingizga nima sabab bo‘ldi?
— Bu film mavzusi bugungi kunda suratga olinayotgan kinolardan oz bo‘lsa-da farq qilgani uchun, Sanjar Shodiyevning taklifiga rozi bo‘lganman. Bu mavzuda ko‘pdan ... Читать дальше »
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 948 | Добавил: musicfm | Дата: 02-Май-2016 | Комментарии (0)

Kuni kecha Instagramda qayta ro‘yhatdan o‘tgan aktyor Alisher Uzoqov, ushbu ijtimoiy tarmoqning eng faol foydalanuvchilaridan biri bo‘lib qolmoqda. “Odamlar 1 aprel bo‘lishiga qaramay, sizga bor haqiqatni aytmoqchiman. Anchadan beri sizlar bilan ko‘rishmadik. Men haqimda har xil gaplar tarqaldi. O‘chirilgan Instagram sahifamni yana ochishimga to‘g‘ri keldi. Menga mashhurlik kerak emas. Meni hayotimda muhimroq narsalar bor. Insonni kamsitish oson. Uni qaytarish qiyin, atak iloji yo‘q! Samimiy bo‘linglar. Meni kalligim yoki "o‘lganim" va yana "boshqa mish- mishlar" sizlarni "ruhlantirar" balki. Lekin aytib qo‘yay men bularni 1 tiyinga ham olmayman. Ovora bo‘lmang! Meni to‘g‘ri tushunganlar uchun esa zo‘r, yaxshi va sizlarni ruhingizni ko‘taradigan kinolar qilib berishga va’da beraman! Hudo hohlasa!” Kuni kecha aktyor Alisher Uzoqov muxlislariga qarata tirikligi, sog‘ligi va shu bilan birga sochi yo‘qligini tan olgan ohangda antiqa murojaat qilgan edi. Aktyorning bunday murojaatlariga eht ... Читать дальше »
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 986 | Добавил: musicfm | Дата: 01-Апр-2016 | Комментарии (0)

Muhabbatda, uning davomiyligida rashk tuyg‘usining o‘rni beqiyos, rashk haqida yozmagan, kuylamagan xonanda bo‘lmasa kerak. Qilichbek Madaliev “Yo‘l bo‘lsin” deb nomlangan so‘nggi klipida ushbu mavzuni yangicha talqinda, ya’ni san’atkor oilasida rashkdan kelib chiqadigan mojorolar va uning yechimi bilan tasvirlagan. Video ketma-ketlikda Qilichbekning muxlisalari dastidan uning turmush o‘rtog‘iga hech ham tinchlik bo‘lmaydi. Oxiri bu odatlarga chek qo‘yish maqsadida Qilichbek boshqa to‘yga chiqmayman, doim yoningda bo‘laman degan qo‘shiq va’dasi bilan uni tinchlantiradi. Bu hali hammasi emas… Klip bizda bir ikkita savollar tug‘dirdi, savollarimizga xonanda Qilichbek Madalievdan javob oldik. —Klip g‘oyasi kimga tegishli, klipdagi va hayotdagi Qilichbek bir xilmi, oilada rashkdan ko‘p aziyat chekasizmi? —Klip g‘oyasi o‘zimga tegishli bo‘lib, “9999” studiyasi bilan hamkorlikda suratga olindi. G‘oya aynan hayotimdan olindi deb ayta olmayman. Ayollarimiz ba’zan oshkora, ba’zan pinhona sezdir ... Читать дальше »
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 931 | Добавил: musicfm | Дата: 31-Мар-2016 | Комментарии (0)

Ҳолливуд блокбастерлари фильм рейтингида янги рекорд ўрнатиш учун ўзаро кураш олиб бораётган бир вақтда, уларни суратга олиш ва реклама қилишга кетадиган харажатлар ҳам тобора ортиб бораверади. Ҳолливудда айни дамда катта экранларда намойиш этилаётган “Бетмен Суперменга қарши: Адолат тонги” кинематография соҳасидаги энг қиммат фильмга айланиши ҳақида миш-мишлар тарқалди. Унинг бюджетини 410 миллион долларга баҳолашмоқда. Ҳозирда студия фильм қийматини ошкор этмади. Сўнгги йиллардаги 300-400 миллион доллар қийматидаги фильмлар кинобюджет саноатида одатий ҳолга айланади. IMDb сайти ҳамда фильмларнинг молиявий маблағлари ҳақидаги онлайн-манба Box Office Mojo маълумотларига кўра, кино тарихидаги энг юқори бюджетли фильмлар рейтинги тузиб чиқилди. 20. «007: Спектр» (2015) — 246 млн доллар Инфляция ҳисобисиз бюджет: 245 млн доллар Дунё бўйича касса йиғими: 880 млн доллар. 19.«Суперменнинг қайтиши» (2006) — 246,4 млн доллар Инфляция ҳисобисиз бюджет: 209 млн доллар. Дунё бўйича касса йиғими: ... Читать дальше »
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 936 | Добавил: musicfm | Дата: 31-Мар-2016 | Комментарии (0)


Avvalroq xabar bergan edik 23,24,26-may kunlari Istiqlol San'at saroyida Shohruxxonning Yulduzlar deb nomlangan yakkaxon konsert dasturi bo'lib o'tishini aytgan edik. Endi ma'lum qilinishicha 26-may kungi konsert 25-mayda bo'ladigan bo'ldi. Endi Shohruxxonnig konsert dasturi 23,24,25-may kunlari bo'lib o'tadi. Bu bitiruvchi yoshlar uchun ajoyib tuxfa bo'ladigan bo'ldi. Barchangizni Shohruxxonning konsert dasturida kutib qolamiz!
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 904 | Добавил: musicfm | Дата: 29-Мар-2016 | Комментарии (0)

Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining navbatdagi “Yurak” nomli albomining taqdimotini o‘tkazdi. Mazkur taqdimotda xonandaning ashaddiy muxlislari, yaqinlari va OAV vakillari ishtirok etdi, debxabar beradi “popcorn.uz”. Tadbirni boshlovchi Davron Kabulov olib bordi. Taqdimot boshida Munisa Rizayeva mazkur albom haqida so‘zlab berdi: — 24 ta qo‘shig‘imdan iborat bo‘lgan bu albom mening 3-albomim bo‘lib, uni “Yurak” deb nomladik. Unda bir qator muxlislar sevgan qo‘shiqlar joy olgan. Shundan so‘ng, Davron Kabulov muxlislar o‘rtasida kichik tanlov e’lon qildi. Unga ko‘ra ikki muxlis xonandaning suratini chizish kerak edi. Bu vaqt oralig‘ida esa Munisa Rizayeva kutilmagan tuhfasini muxlislarga taqdim etdi. Ya’ni jonli ijroda qo‘shiq kuylab berdi. Bu qisqa fursatda muxlislar suratlarni chizib bo‘lishdi va g‘oliblar aniqlanib, ularga estalik sovg‘alari taqdim etildi.
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 900 | Добавил: musicfm | Дата: 24-Мар-2016 | Комментарии (0)

Xonanda Lola “Darakchi” gazetasi bilan intervyu chog‘ida muxlislarning ko‘plab savollariga javob berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Xususan, san’atni tark etishi haqidagi savollardan biriga u quyidagicha javob berdi: “So‘nggi paytlarda shu haqda ko‘p o‘ylayapman. Men hech qachon ijod qilishdan to‘xtamayman, biroq uchinchi marotaba ona bo‘lishni rejalashtirsam, darvoqe, ayni damda aynan shuni istayapman, ijodda tanaffus qilaman. Tanaffus paytida homiladorlik davrim va farzandim tug‘ilishidan to‘laligicha zavqlanishni istayman va faqat ilhom kelgandagina ijod qilaman”. Shuningdek, Lola “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingizni uchratdingizmi?” — degan savolga ancha o‘ylanib, tabassum bilan “Balki”, deya javob berdi. “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im bolalarimga juda yaxshi munosabatda bo‘ladi, men buni bilaman, u ularni jon-u dilidan yaxshi ko‘radi”,— deya qo‘shimcha qildi xonanda.
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 901 | Добавил: musicfm | Дата: 24-Мар-2016 | Комментарии (0)

Ummon guruhi "Dengiz" deb nomlangan qo'shig'iga video klip sur'atga oldi. Tez kunda ushbu klipni saytimiz orqali ko'chirib olishingiz mumkin.
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 961 | Добавил: musicfm | Дата: 20-Мар-2016 | Комментарии (0)

1 2 »