Xonanda va aktyor Sharof Muqimov o‘zining “Kel-kel” deb nomlangan qo‘shig‘i klipini o‘zbekistonliklarga Hindistonning “Senga oshiqman” nomli serialidagi Ishani obraz orqali tanish aktrisa — Radhika Madan ishtirokida ishlamoqchi. Bu haqda xonanda Facebook’dagi sahifasida xabar qoldirgan. Qayd etish joiz, “Yoshlar” telekanali orqali efirga uzatilgan “Senga oshiqman” seriali juda mashhur bo‘lib ketgan. Xususan, serial ta’sirida ba’zi ota-onalar o‘z farzandiga Ishani deb ism qo‘ygani haqida ham xabar bergan edi. Keyinroq, OAV monitoringi markazi “serial g‘oyasi xalqimiz mentalitetiga, milliy an’analar va oilaviy qadriyatlarga zid bo‘lib, uning mazmuni yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etishi” haqida xulosa bergani ma'lum bo'lgandi. Ayni vaqtda, Sharof Muqimovning klipi haqidagi gap-so‘zlarga oydinlik kiritish maqsadida, jurnalist Feruz Muhammad xonanda bilan bog‘landi. — Yangi klipingizda rostdan ham “Senga oshiqman” serialida Ishani rolini ijro etgan Radhika Madanni o‘ynatmoqchimisiz? — H ... Читать дальше »
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 866 | Добавил: musicfm | Дата: 20-Мар-2016 | Комментарии (0)

Kuni kecha, 28-yanvar kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida xonanda Tamila ishtirokidagi ikki behayo videorolik tarqaldi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.

... Читать дальше »

Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 1269 | Добавил: Doniyor | Дата: 29-Янв-2016 | Комментарии (0)

Rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron” filmi premyerasidan bir hafta o‘tib, uning sifatli nusxasi, “videoqaroqchilar”ning xatti-harakatlari sabab, qo‘l telefonlari va disklar orqali tarqalishga ulgurdi. Bu haqda “Qalampir” xabar bermoqda.

... Читать дальше »

Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 1047 | Добавил: Doniyor | Дата: 29-Янв-2016 | Комментарии (0)

Moskvadagi hashamatli restoranlardan birida Nargiz Zokirovaning sahnaga chiqishi mojaro bilan yakunlandi, deya xabar bermoqda “Moskovskiy komsomolets”. Xonanda sahnada qo‘shiq kuylayotganida, restoran mijozlaridan biri hisoblangan ayol sahnaga yaqinlashib, Nargiz Zokirovani haqorat qilgan va unga qarata qo‘lidagi bokalni uloqtirgan. Shisha idishning sinishi natijasida, xonandaning oyog‘i shilinib, qonab ketgan. Nargiz Zokirovaning aytishcha, mazkur nizoli vaziyat restoran videokameralariga qayd etilmagan, qo‘riqchilar esa shu vaqt qayergadir g‘oyib bo‘lgan. Nargiz Zokirovaning shilingan oyog‘i. Restoran rahbariyati Nargiz Zokirovani haqorat qilib, unga qarata bokal otgan mijozning ismini oshkor etmagan. Restoran menejerlaridan birining aytishicha, nizoli vaziyatga sabab bo‘lgan ayol aslida Nargiz Zokirovaning ashaddiy muxlisi bo‘lgan.
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 910 | Добавил: Daminik | Дата: 25-Янв-2016 | Комментарии (0)

Кеча, 16 январь куни Алишер Навоий номидаги кино саройида “ўзбек киносини танқиддан қутқардиган фильм” дея баҳоланаётган “Барон” фильмининг журналистлар ва санъаткорлар учун премьераси бўлиб ўтди. Шу вақтга қадар картина атрофида жуда кўп шов-шувлар пайдо бўлди. У ҳақдаги хабарларда картинага “ўзбек киноижодкорлари томонидан ўткир сюжетли криминал жанрда суратга олинган илк фильм”, “Ўзбекистонда биринчи марта 4К форматида ишланган кино”, “Голливуд киноактёри ўзбек фильмида суратга тушди”, каби истилоҳлар қўлланилди. Тўғрисини айтсак, бу каби шов-шувларнинг қайсидир бирига ишонган бўлсак, қайсиларигадир шубҳа билан қарадик ҳам. Бироқ фильм бошланган биринчи лаҳзаларданоқ диққат-эътиборимиз унга қадалди. Фильм бутун инсониятнинг бошига катта балоларни солаётган наркобизнес тўғрисида. Одатда бу мавзудаги кинолар, устига-устак у давлат буюртмаси асосида олинган бўлса, томошабинларни у қадар ўзига жалб қила олмайди. Ҳар қандай зеҳнли томошабин хаёлан воқеалар ривожини жонлантириши мумкин. А ... Читать дальше »
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 981 | Добавил: Seva_ARAVES | Дата: 17-Янв-2016 | Комментарии (0)

Man haqimda har hil mish-mishlar yuribpti, eshitishimcha man estradaga chiqishim uchun litsenziyamdan mahrum bo'lgan ekanman. Tepadagi fotoda nechi yillardan beri (arhiv 2012-2015) litsenziyam borligi haqidagi dalillar keltirilgan. Har 3 oyda yangilab turaman. Ko'p yillardan beri estradaga chiqmasligim sababi, erkak kishiga 40 hunar kam degandek, o'zimga yarasha boshqa ishlarim ham bor. Shuning uchun, musiqa ohirgi darajali bo'lib qolgan va musiqa man uchun hobby ekanligini birinchi marotaba estradaga chiqqanimda aytganman. Bo'sh vaqtlarimda musiqaga vaqt ajratib turaman, bu narsani mani kuzatiyotgan muhlislar juda yahshi bilishadi. Har hil yolg'on gap tarqatadigan va bazi bir ommaviy ahborot vositalariga maslahatim, nimadir gapirishdan oldin manga o'hshab dalillar keltirishsin va gapiga javob berishsin. "O'zbeknavo" Estrada Birlashmasi hech qachon, hech kimni o'zidan o'zi litsenziyadan mahrum qilmaydi va shunday qilingan holatda ham ular faqatgina qaysidir estrada vakili tomonidan qil ... Читать дальше »
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 1204 | Добавил: Seva_ARAVES | Дата: 07-Янв-2016 | Комментарии (0)

« 1 2