Malayziya rasmiylarining bayonotiga ko‘ra, Malaysia Airlines kompaniyasining 2014-yil martida sirli ravishda g‘oyib bo‘lgan samolyoti qoldiqlarini qidirish ishlari Mozambik va Janubiy Afrika Respublikasi qirg‘oqlarida olib borilishi lozim. Bu haqda “RIA Novosti” xabar ber ... Читать дальше »

Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 871 | Добавил: musicfm | Дата: 24-Мар-2016 | Комментарии (0)

AQSh huquq-tartibot organlari mamlakatni qo‘shni Meksika bilan bog‘laydigan navbatdagi yer osti yo‘lini aniqladi. Associated Press agentligiga tayanib, “TASS”ning xabar berishicha ... Читать дальше »

Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 852 | Добавил: musicfm | Дата: 24-Мар-2016 | Комментарии (0)

Professional boksning superog‘ir vazn toifasida Jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) chempioni Lukas Braun doping tekshiruvidan o‘tganida, uning qon namunasida taqiqlangan klenbuterol moddasi borligi aniqlandi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda Avstraliyalik bokschi o‘zbekistonlik Ruslan Chagayevga qarshi o‘tkazgan jangidan besh kun avval va jang yakunlanganidan so‘ng doping uchun tahlil topshirgandi. Endi Braun chempionlik kamaridan mahrum qilinishi mumkin. Ruslan Chagayev esa yangi chempionlik jangida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ma’lumot uchun, klenbuterol moddasi Xalqaro antidoping agentligi (WADA) tomonidan taqiqlangan moddalar qatoriga kiritilgan. Eslatib o‘tamiz, Ruslan Chagayev va Lukas Braun o‘rtasidagi chempionlik jangi 6-martga o‘tar kechasi, Grozniy shahrida o‘tkazilgandi. Unda o‘zbekistonlik bokschi raqibiga 10-raundda texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgandi.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 870 | Добавил: musicfm | Дата: 24-Мар-2016 | Комментарии (0)

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 24 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 10-12, kunduzi 14-16 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 3-8, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida esa havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 7-12, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamo ... Читать дальше »
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 1077 | Добавил: musicfm | Дата: 24-Мар-2016 | Комментарии (0)

Xonanda Munisa Rizayeva o‘zining navbatdagi “Yurak” nomli albomining taqdimotini o‘tkazdi. Mazkur taqdimotda xonandaning ashaddiy muxlislari, yaqinlari va OAV vakillari ishtirok etdi, debxabar beradi “popcorn.uz”. Tadbirni boshlovchi Davron Kabulov olib bordi. Taqdimot boshida Munisa Rizayeva mazkur albom haqida so‘zlab berdi: — 24 ta qo‘shig‘imdan iborat bo‘lgan bu albom mening 3-albomim bo‘lib, uni “Yurak” deb nomladik. Unda bir qator muxlislar sevgan qo‘shiqlar joy olgan. Shundan so‘ng, Davron Kabulov muxlislar o‘rtasida kichik tanlov e’lon qildi. Unga ko‘ra ikki muxlis xonandaning suratini chizish kerak edi. Bu vaqt oralig‘ida esa Munisa Rizayeva kutilmagan tuhfasini muxlislarga taqdim etdi. Ya’ni jonli ijroda qo‘shiq kuylab berdi. Bu qisqa fursatda muxlislar suratlarni chizib bo‘lishdi va g‘oliblar aniqlanib, ularga estalik sovg‘alari taqdim etildi.
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 901 | Добавил: musicfm | Дата: 24-Мар-2016 | Комментарии (0)

2016 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra O‘zbekiston doimiy aholisining soni 31 million 576,4 ming kishini tashkil qildi. Ushbu ma’lumot Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan e’lonqilindi. O‘tgan yil davomida mazkur ko‘rsatkich 553,9 ming kishiga yoki 1,8 foizga ko‘paydi. Shahar joylari aholisi yil boshida 15,964 millionga yetgan bo‘lsa (aholi umumiy sonining 50,6 foizi) qishloq joylarida — 15,612 millionni tashkil etdi (49,4 foiz). Tug‘ililishlar soni o‘tgan yilda 735,8 mingni tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga (718,0 ming kishi) nisbatan 17,8 mingga ko‘paydi. Tug‘ilish koeffisienti mos ravishda 23,5 promilleni tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga (23,3 promille) nisbatan 0,3 promillega ko‘paydi. 2015 yilda vafot etganlar soni 152,9 ming nafarni tashkil qildi va 2014 yilning shu davriga (149,8 ming kishi) nisbatan 3,1 ming nafarga ko‘paydi. Mos ravishda o‘lim koeffisienti 4,9 promilleni tashkil qildi (2014 yilda — 4,9 promille). O‘lganlar umumiy sonidan 58,9 foizi qon aylanish ... Читать дальше »
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 897 | Добавил: musicfm | Дата: 24-Мар-2016 | Комментарии (0)

Xonanda Lola “Darakchi” gazetasi bilan intervyu chog‘ida muxlislarning ko‘plab savollariga javob berdi, deb yozadi “Darakchi.uz”. Xususan, san’atni tark etishi haqidagi savollardan biriga u quyidagicha javob berdi: “So‘nggi paytlarda shu haqda ko‘p o‘ylayapman. Men hech qachon ijod qilishdan to‘xtamayman, biroq uchinchi marotaba ona bo‘lishni rejalashtirsam, darvoqe, ayni damda aynan shuni istayapman, ijodda tanaffus qilaman. Tanaffus paytida homiladorlik davrim va farzandim tug‘ilishidan to‘laligicha zavqlanishni istayman va faqat ilhom kelgandagina ijod qilaman”. Shuningdek, Lola “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘ingizni uchratdingizmi?” — degan savolga ancha o‘ylanib, tabassum bilan “Balki”, deya javob berdi. “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘im bolalarimga juda yaxshi munosabatda bo‘ladi, men buni bilaman, u ularni jon-u dilidan yaxshi ko‘radi”,— deya qo‘shimcha qildi xonanda.
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 903 | Добавил: musicfm | Дата: 24-Мар-2016 | Комментарии (0)

23 martdan 24 martga o‘tar kechasi yer aholisining ma’lum qismi oy tutilishini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Mazkur holatni yer sharining sharqiy qismi Ural, Sibir, Uzoq Sharq, shuningdek O‘zbekiston va Qozog‘istonda ham kuzatish mumkin bo‘ladi. Olimlar oy limbasi ko‘rinishining o‘zgarishini tasvirga olish uchun fototexnikadan foydalanish mumkinligini tavsiya sifatida bildirishgan. Mazkur unikal hodisaning davriyligi maksimum ikki soat davom etishi kutilmoqda. Yevropa va Afrika mintaqasida bu holat kuzatilmaydi.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 822 | Добавил: musicfm | Дата: 24-Мар-2016 | Комментарии (0)