Главная »
2016 »
Январь »
25 » Moskvadagi restoranda Nargiz Zokirovaga qarata bokal uloqtirishdi
15:36 Moskvadagi restoranda Nargiz Zokirovaga qarata bokal uloqtirishdi |
Moskvadagi hashamatli restoranlardan birida
Nargiz Zokirovaning sahnaga chiqishi mojaro
bilan yakunlandi, deya xabar bermoqda
“Moskovskiy komsomolets”.
Xonanda sahnada qo‘shiq kuylayotganida,
restoran mijozlaridan biri hisoblangan ayol
sahnaga yaqinlashib, Nargiz Zokirovani
haqorat qilgan va unga qarata qo‘lidagi bokalni
uloqtirgan.
Shisha idishning sinishi natijasida, xonandaning
oyog‘i shilinib, qonab ketgan. Nargiz
Zokirovaning aytishcha, mazkur nizoli vaziyat
restoran videokameralariga qayd etilmagan,
qo‘riqchilar esa shu vaqt qayergadir g‘oyib
bo‘lgan.
Nargiz Zokirovaning shilingan oyog‘i.
Restoran rahbariyati Nargiz Zokirovani haqorat
qilib, unga qarata bokal otgan mijozning ismini
oshkor etmagan. Restoran menejerlaridan
birining aytishicha, nizoli vaziyatga sabab
bo‘lgan ayol aslida Nargiz Zokirovaning
ashaddiy muxlisi bo‘lgan.
|
Категория: Shou-biznes yangiliklari |
Просмотров: 870 |
Добавил: Daminik
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]