Moskvadagi hashamatli restoranlardan birida Nargiz Zokirovaning sahnaga chiqishi mojaro bilan yakunlandi, deya xabar bermoqda “Moskovskiy komsomolets”. Xonanda sahnada qo‘shiq kuylayotganida, restoran mijozlaridan biri hisoblangan ayol sahnaga yaqinlashib, Nargiz Zokirovani haqorat qilgan va unga qarata qo‘lidagi bokalni uloqtirgan. Shisha idishning sinishi natijasida, xonandaning oyog‘i shilinib, qonab ketgan. Nargiz Zokirovaning aytishcha, mazkur nizoli vaziyat restoran videokameralariga qayd etilmagan, qo‘riqchilar esa shu vaqt qayergadir g‘oyib bo‘lgan. Nargiz Zokirovaning shilingan oyog‘i. Restoran rahbariyati Nargiz Zokirovani haqorat qilib, unga qarata bokal otgan mijozning ismini oshkor etmagan. Restoran menejerlaridan birining aytishicha, nizoli vaziyatga sabab bo‘lgan ayol aslida Nargiz Zokirovaning ashaddiy muxlisi bo‘lgan.
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 910 | Добавил: Daminik | Дата: 25-Янв-2016 | Комментарии (0)

24-yanvar kuni AQSh Milliy futbol ligasi doirasida New England Patriots va Denver Broncos jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. Match internet foydalanuvchilari xotirasida maydondagi yorqin lahzalar bilan birga, Surface planshetlariga aloqador voqea bilan ham muhrlanib qoldi, deb yozadi TJournal. Patriots jamoasi o‘yinchilari foydalanayotgan Microsoft qurilmalari vaqtinchalik ishlamay qoldi va futbolchilar orasida norozilikka sabab bo‘ldi. Ushbu planshetlar shifrlangan tarmoqqa ulangan bo‘lib, faqat bitta dasturni ishga tushira oladi, unda futbolchilar murabbiydan raqib jamoa taktikasi haqida axborot olib turadi. Biroq 24-yanvar kuni qurilmalar ayni o‘yin chog‘ida ishlamay qoldi, nosozliklar 20 daqiqacha davom etdi va futbolchilarning yaxshigina jahlini chiqardi. Broncos jamoasining Surface planshetlari esa odatiy rejimda ishlashda davom etdi, ular o‘zlarida kutilmaganda paydo bo‘lgan ustunlikdan foydalanib qoldi. Microsoft vakillari hodisada ularning qurilmalari aybdor emasligini ma ... Читать дальше »
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 893 | Добавил: Daminik | Дата: 25-Янв-2016 | Комментарии (0)

O‘zbekistonning tog‘ oldi hududlarida 29- yanvargacha sel kelishi xavfi bor. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi ma’lum qildi . “26—29-yanvar kunlari O‘zbekistonning tog‘ oldi hududlarida sel kelishi xavfi bor”, — deyiladi markaz xabarida. So‘nggi bor O‘zbekistonning tog‘ oldi hududlarida qor ko‘chishi xavfi 17-yanvar kuni e’lon qilingan edi .
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 919 | Добавил: Daminik | Дата: 25-Янв-2016 | Комментарии (0)