Android operatsion tizimining yangi versiyasi an’anaviy Google I/O konferensiyasida taqdim etildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.



Yangi Android O operatsion tizimida ishlab chiquvchilar optimallashtirishga juda katta e’tibor qaratdi. Masalan, GPS’dan ma’lumotlar va trafik uzatilishi fonli rejimda ochilgan dasturlarda qisqartirilishi mumkin.



Shuningdek, yangi funksiyalar qatorida picture-in-picture bor, u qurilma ekranida bir yo‘la ikkita dastur bilan ishlash imkonini beradi.



Bildirishnomalar tizimi qayta ishlangan va endi dastur ikonkasi uzoq bosib turilsa, ularni oldindan ko‘rish funksiyasi bor. Dasturlar do‘koniga zararkunanda dasturlarga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan kengaytma qo‘shilgan.



Yangi op ... Читать дальше »

Категория: Internet | Просмотров: 703 | Добавил: Dibodj | Дата: 18-Май-2017 | Комментарии (0)

O'zbekistonda internet trafikni uzatuvchi yangi hudud tashkil etiladi. Hozircha, «Tas-ix 2» deb nomlanayotgan loyiha ustida jiddiy ish olib borilmoqda. Bu haqda «O'zbektelekom» AJ bosh direktori Shuhrat Qodirov Xalqaro Press-klubning navbatdagi sessiyasida ma`lum qildi. 



Loyihaga ko'ra, jahon internet tarmog'ining o'zbek segmenti yanada sifatli va arzon tarkib bilan boyitiladi. Ayni chog'da, o'zbekistonlik foydalanuvchilar ko'proq tashqi kanalga murojaat qiladi. 



«Bozordagi barcha mahalliy tarkibni boyitish ustida ishlashi kerak. Mahalliy trafikni ayirboshlash uchun joy bo'lishi kutilayotgan «Tas-ix 2» tarkib generatorlari uchun foydali vosita bo'lishi kerak. Biz shu masala ustida ishlayapmiz. U foydalanuvchilar uchun ancha arzon ham bo'ladi. Tez orada buni e`lon qilamiz», – dedi Qodirov. 



Hozirda, O'zbe ... Читать дальше »

Категория: Internet | Просмотров: 723 | Добавил: Dibodj | Дата: 18-Май-2017 | Комментарии (0)

16 май куни «Ўзбектелеком» АК бош офисида «Ўзбектелеком» АК раҳбарияти ва мутахассисларининг Google Global Cache (GGC) компанияси вакиллари билан иш юзасидан учрашув ўтказилди. Учрашув давомида ҳамкорлик ҳамда Ўзбекистон фойдаланувчилари учун Google сервисларининг сифатини яхшиланиши масалалари муҳокама этилди. Учрашувда GGC вакиллари Дейв Швартс ва Ян Клири «Ўзбектелеком» АК технологик майдонида GGC ускуналарини ўрнатиш орқали Ўзбекистон фойдаланувчилари учун Google сервислари сифатининг яхшиланиши имкониятларини намойиш этдилар. Учрашув якунида томонлар ўзаро манфаатли ҳамкорлик ўрнатиш бўйича келишиб олдилар. «Ўзбектелеком» АК тармоғида GGC боғламали CDN’нинг ишга туширилиши билан Google энг оммавий ресурсларини кешлаш имконияти пайдо бўлади, бу эса Ўзбекистон фойдаланувчилари учун Google сервисларининг сифатини сезиларли даражада оширади.



Manba: Kun.Uz



MusicFM.Uz

Категория: Internet | Просмотров: 735 | Добавил: Dibodj | Дата: 18-Май-2017 | Комментарии (0)