17:28
Google Android’ning yangi versiyasini taqdim etdi

Android operatsion tizimining yangi versiyasi an’anaviy Google I/O konferensiyasida taqdim etildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.



Yangi Android O operatsion tizimida ishlab chiquvchilar optimallashtirishga juda katta e’tibor qaratdi. Masalan, GPS’dan ma’lumotlar va trafik uzatilishi fonli rejimda ochilgan dasturlarda qisqartirilishi mumkin.



Shuningdek, yangi funksiyalar qatorida picture-in-picture bor, u qurilma ekranida bir yo‘la ikkita dastur bilan ishlash imkonini beradi.



Bildirishnomalar tizimi qayta ishlangan va endi dastur ikonkasi uzoq bosib turilsa, ularni oldindan ko‘rish funksiyasi bor. Dasturlar do‘koniga zararkunanda dasturlarga qarshi kurashish uchun mo‘ljallangan kengaytma qo‘shilgan.



Yangi operatsion tizimning nomi va qaysi sanada chiqarilishi hozircha ma’lum qilinmayapti.



MusicFM.Uz

Категория: Internet | Просмотров: 701 | Добавил: Dibodj | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]