13:18
Tamilaning prodyuseri behayo videolar sabab u bilan hamkorlikni to‘xtatdi

Kuni kecha, 28-yanvar kuni Telegram ijtimoiy tarmog‘ida xonanda Tamila ishtirokidagi ikki behayo videorolik tarqaldi, deb xabar beradi “Darakchi.uz”.

Birinchi videorolikda bankadan nimadir ichib o‘tirgan xonandadan uni videoga olayotgan erkak kishi “Tamila yulduz bo‘lguniga qadar kim bo‘lgan?” deb so‘raydi. Tamila esa bunga javoban ensasini qotirib o‘rnidan turadi va nojo‘ya harakatlar qila boshlaydi.

Ikkinchi videorolikda esa deyarli kiyimsiz Tamila katta yo‘l o‘rtasida nojo‘ya xatti-harakatlar qilayotgani tasvirlangan.

Videorolikdagi haqiqatan ham Tamila yoki u emasligini aniqlash maqsadida “Sayyod.com” u bilan bog‘langan. Tamila birinchi videorolikdagi o‘zi ekanligi, ikkinchi videodagi qahramon esa u emasligini aytib o‘tgan va “Bunga hech qanday izoh bera olmayman” degan.

Vaziyatga xonandaning prodyuseri Najot Agzamov quyidagicha izoh bergan: “Biz chuqur shokdamiz. Shaxsan o‘zim bugun barcha efirlarga uni promosini to‘xtatish haqida murojaat qildim va ‘O‘zbeknavo’ estrada birlashmasiga ham o‘zim bu mavzu haqida xabar berdim. Ochig‘i men Tamila uchun judayam uyatdaman. Hammaning oldida uyatga qoldik. Uni bunday taraflarini men va prodyuserlik markazimiz xodimlaridan birortasi bilmagan ekanmiz va albatta bilganimizda u bilan ishlamasdik. Avval tarqalgan va Tamila deya gumon qilingan suratlarda u emasligini tasdiqlovchi ekspertiza xulosasini Tamila olib kelganini ko‘rgandim. O‘sha suratlarda u emasligiga jamoamiz bilan ishongandik. Bugundan boshlab Tamila bilan hamkorlikni yakunlaymiz. Unga insof tilab qolamiz. Essiz unga ketgan harakat va mehnatim”.

“O‘zbeknavo” estrada birlashmasi litsenziya bo‘limi boshlig‘i Odil Abduqahhorov bu mavzu yuzasidan choralar ko‘rilishini ma’lum qilgan.

Manba: daryo.uz nashri.

Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 1271 | Добавил: Doniyor | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]