Afg‘onistonning Gilmend viloyatida harbiy-havo kuchlari tomonidan xorijiy kontingent ko‘magida uyushtirilgan operatsiya davomida 15 nafar “Tolibon” jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda TOLO News telekanali bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda. Aviahujum davomida jangarilarning transport vositasi yo‘q qilinib, harakatning o‘n nafar a’zosi yarador qilingan. Tinch aholidan qurbon bo‘lmaganligi bayon qilinmoqda.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 898 | Добавил: DJ_BeGZoDBeK | Дата: 09-Фев-2016 | Комментарии (0)

Twitter’da o‘zini DotGovs deb nomlagan xakerlar guruhi AQSh Federal qidiruv byurosining (FQB) 20 ming nafar xodimiga oid ma’lumotlarni chop etdi. Shuningdek, mamlakat milliy xavfsizlik vazirligida xizmat qilayotgan 9 ming xodimga oid ma’lumotlar ham oshkor etilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Mazkur holatni adliya vazirligi tekshirmoqda. Vazirlik vakili Petr shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanganini tasdiqladi, biroq ularning o‘ta muhim emasligini bildirmoqda. E’lon qilingan fayllarda xodimlarning ismi-sharifi, xizmat yo‘riqnomasi, telefon raqamlari va elektron pochta manzillari bo‘lgan. Mikroblogdagi yozuvga #FreePalestine (Ozod Falastin) xeshtegi qo‘yilgan.
Категория: Texnologik yangiliklar | Просмотров: 904 | Добавил: DJ_BeGZoDBeK | Дата: 09-Фев-2016 | Комментарии (0)