Zararli odat

Ayollarning yalang'och badanini ko'p tomosha qilish (rasmda, videoda, hayotda) odatda saraton kasalligi bilan tugaydi (erkaklarda).Bugungi kunning eng qudratli ommaviy qirg'in quroli nima, bilasizmi? Striptizchi qizlar! Ma'lum bo'lishicha, ayollarning yalang'och badanini ko'p tomosha qilish erkaklarda prostata bezi saraton kasalligini keltirib chiqarar ekan.Demak, sivilizatsiyalashgan insoniyat qandaydir yadro bombasi yoki tabiiy resurslarning yetishmasligidan emas, balki yalang'och hotinlarning ko'payib ketganligidan halok bo'layotgan ekan. Oqibatda sayyoramizda faqat musulmonlar qolsa kerak! Bu alaqsirash yoki futuristik romanning qisqacha mazmuni emas.Bunday apokalipsis yaqinlashib kelayotganligi chakana odam emas, balki mashhur shifokor, birinchi sovet kosmonavtlarini parvozga tayyorlagan, «Stressning ruhiy antropologiyasi» deb nomlangan monmumental tadqiqot muallifi, akademik Leonid Kitaev Smik aytmoqda.Eng qizig'i, dinga mutlaqo aloqasi bo'lmagan dunyoviy olimning hulosalari jinsiy zrkinlikni taqiqlovchi samoviy diynlarning hukmlari bilan bir hil bo'lib chiqmoqda.Akademik ushbu ilmiy haqiqatni «Rossiya hayot uchun» deb nomlangan elektron nashrga bergan intervyusida ma'lum qilgan. So'nggi o'n yilliklar davomida adenoma (bezarar o'sma) va prostata raki bilan kasallanish yevropacha, amerikacha sivilizatsiya hukm surgan mamlakatlardagi erkaklarni epidemiya kabi qamrab oldi. Asrimizning boshiga kelib, erkaklarning 40 foizida adenoma uchragan bo'lsa, 40 yoshdan oshganlarning yarmi bu kasallikka chalingan.AQShlik patologoanatomlar 60 yoshdan oshib vafot etgan erkaklarning 80 foizida prostata raki bo'lganligini aniqladilar.Boshqacha qilib aytganda, ularning ko'pchiligi bu kasallikning fojiali, azobli oqibatlarini ko'rib ulgurmay o'lib ketishgan. Biroq, jumboqni qarangki, musulmon mamlakatlarda erkaklar onkologiyasida bunday ko'rsatkich yo'q! Nega ahir g'arb mamlakatlarida tibbiyot kuchliroq rivojlangan, ularda turmush farovonligi ham yuqoriroq-ku?!Men shunday hulosaga keldim.«Iste'molchilik jamiyati» hukm surayotgan mamlakatlarda so'nggi o'n yilliklar davomida ayollarning qaddi-qomatini, jismoniy go'zalligini – ilmiy til bilan aytganda, ikkilamchi jinsiy belgilarini bo'rttirib turuvchi yoki ochiq ko'rsatib turuvchi kiyimlar urf bo'ldi.Ayollarning qorniyu kindigini ochib yurishi oddiy holga aylanib qoldi. Streych-djinsilaru yoqavayron dekoltelarni ko'rgan erkaklarning ko'zi olma-kesak teradi … Bularning bari jinsiy ehtirosni uyg'otuvchi seksual signallar hisoblanadi. Shaharda yashovchi erkak bunday signallarni kuniga o'rtacha 100-200 marta qabul qiladi, bundan hosil bo'lgan ehtiros esa qondirilmagach, miyaga siqib chiqariladi. Erkak buni ko'rib, ko'rmaganlikka olishi ham mumkin, biroq qonga androgenlar to'la miqdorda ajralib chiqadi. Ammo rng muhim gap mana shu yerda rkan! Androgenlar qonga katta (onkologik jihatdan bezarar) hajmda emas, balki o'rtacha dozada ajralib chiqadi, bu doza esa kantserogen (saraton kasalligini keltirib chiqaruvchi) miqdordir! Natijada tez-tez qo'zg'alib turgan, lekin nafsi qondirilmagan erkak organizmi ichdan yemiruvchi kantserogen hujumga uchraydi, bu esa ohir oqibatlarga olib keladi.Kechirasiz, lekin sizningcha har bir qo'zg'alish jimo' bilan qondirilishi kerak bo'ladimi? Ha, tabiatning qonuni shunday. Erkak va ayol o'rtasidagi yaqinlik – nasl qoldirish vositasi bo'lib, u har qanday holatda ham organizm uchun foydalidir. Darvoqe, shuning uchun ham diyn nikohni va er- hotin o'rtasidagi yaqinlikni rag'batlantiradi. Bu hodisaning fiziologiyasini lo'nda qilib tushuntirish uchun hayvonlar hayotidan misol keltiraman.Urg'ochi hayvon instinkt asosida eng yahshi erkak hayvonni, yashovchan nasl qoldira oladigan erkakni qidiradi, bunday talabga javob bermaydiganlarini esa o'zidan nari haydaydi.Biroq ana shu haydalgan, qo'shilishdan mahrum qilingan erkak hayvonlardagi jinsiy qo'zg'alish saqlanib qoladi … u qondirilmaydi, balki majburan so'ndiriladi … Ularning qonidagi androgenlar tarkibi esa o'rtacha miqdorligicha, ya'ni onkologik jihatdan havfli miqdorda saqlanib qolaveradi.Vaqt o'tishi bilan ularning mijozi susayadi, so'ng bu narsa rakka aylanadi.Shu tariqa zaif, «talabga javob bermaydigan» erkaklar brak qilinib, «tabiiy tanlanish» natijasida yo'qolib ketaveradi.Fanda esa huddi shunday jarayonlar odamlarda ham yuz berishi haqidagi ma'lumotlar to'planib qoldi. Shuning uchun jinsiy ehtirosni qo'zg'atuvchi ayollik ziyonatlarining ko'z- ko'z qilinishi, bo'rttirib ko'rsatilishini «seksual stress»ni hosil qilish deb qarash kerak. Bunday stress oqibatida murakkab «seksual tiyilish» kompleksi ishga tushib, bu kompleks impotentsiya (mijoz sustligi) va hatto saraton kasalligi bilan tugaydi. G'arbning boy va rivojlangan halqlari nima uchun qirilib ketayotganligining sababi shundami? Ha, albatta, bu eng muhim mehanizmlardan biri. Men shunday hulosaga keldim va uni hammaga yetkazishga harakat qilaman: ayollarni yechintiruvchi moda evropa elatlarini halokat sari yetaklamoqda. Ularning o'rnida esa dunyoda ayollarining iffati va avratini himoya qila olgan va shu yo'l bilan erkaklarini ehtiyot qiluvchi halqlar qoladi. Bu birinchi navbatda Islom halqlari bo'ladi. Biroq, butun Afrika, Osiyo va Janubiy Amerika aholisi- chi? Ular umuman yalang'och yurishadi-ku.U yerda iqlim issiq.Ularning holi nima bo'ladi? Savolingizga savol bilan javob beraman: bunday halqlar uzoq umr ko'ryaptimi? Butun halqni olganda ham, alohida kishilarni olganda ham, natija bir hil.Ularning madaniyati, tsivilizatsiyasi qanday holatda? Bir narsani to'g'ri tushuningki, yalang'och badan urf bo'lgan qadimiy yunon va rimliklarni aynan shu narsa halok qilgan. qani ular hozir? Dunyo haritasidan yo'qolib ketishdi-ku! Ular g'arbiy harakatlar natijasida qirilib ketmadi, ular ichdan yemirildilar. Injilda va Qur'onda Lut qavmi haqida aytilgan gaplar – ko'psonli misollardan biridir. Ular o'z-o'zini yemirish yo'lidan bordilar, tabiatning qonunlarini buzdilar, uning tabiiy mehanizmlarini barbod qildilar (darvoqe, «sodomizm», gomoseksualizm – gedonizmning, ehtiroslar hukmronligining uchchiga chiqqan ko'rinishi bo'lib, yarim yalang'och kiyinishning oqibatlaridan biridir).Ikkinchi tomondan, o'z ajdodlarining an'anaviy qadriyatlariga rioya qilib kelayotgan halqlar hamon barhayotdirlar.Bu musulmon halqlardir.Darvoqe, bugungi slavyanlarning ajdodlari ham musulmon bo'lishgan. Rossiyadagi barcha halqlarning XIX asrdagi ayollar libosiga bir qarang: ayollarimizning kiyimi tanani keng, uzun etakli ko'ylaklar, sarafanlar bilan yashirib turgan, ularning qaddi-qomatlariga hech qayerda yopishib turmagan, ko'kraklarni esa mutlaqo bilintirmay turgan. Bu yorqin, bayramona, rang- barang (ko'pincha ko'proq qizil rangda) bo'lgan, biroq bunday libos ayolni bezatgani holda, erkaklarni o'ziga jalb qilib turgan … lekin erotik qo'zg'atuvlarsiz bo'lgan. Qadimiy rus freskalarini, ikonalar, qo'lyozlarni ko'ring, o'tgan asr honimlarining, rus dehqon ayollarining suratlariga qarang – ayollar libosi naqadar chiroyli, iffatli bo'lgan! XXI asrning ko'pchilik ayollari esa o'zining yalang'och oyoqlari va ochiq yoqalari bilan tom ma'noda erkaklar salomatligiga qabr kavlamoqda. Hilvat uchrashuvga yupun otlanayotgan har bir «go'zal» birgina kishining ko'nglini olishi mumkin, biroq yo'lda uchragan o'n kishini nogiron qiladi.Striptizchi qizlarni esa g'arb sivilizatsiyasini jismonan nosog'lom erkaklar jamiyatiga aylantirib ulgurgan «ommaviy qirg'in quroli» deb bemalol aytish mumkin.Ho'sh, bu vaziyatdan chiqish yo'li bormi? Qiyin joyi shuki, Rossiya – o'nlab turli millat va diynlarning vakillari yashayotgan ulkan mamlakatdir. Qadimiy yunonlarga o'hshab qirilib ketmaslik uchun hamma birlashib biror ish qilishi mumkinmi?Bu juda oson.Modaga ta'sir qilish mehanizmlari bor-ku. Go'zallik va Nufuzlilik ifodasi sifatida, hususan, ommaviy ahborot vositalari orqali modaga ta'sir ko'rsatish kerak. «Modani biroz orqaga, halqlarimizning an'anaviy liboslari tomon qaytaramiz!» degan aniq signal berish kerak – qarabsizki, olam guliston! Yana qaytaraman: libos madaniyati diyniy an'analarga rioya qilgan barcha halqlarda bo'lgan. Ming yil orqaga, «oltin asrlar»ga qaytishga chaqirish kerak emas, go'zallik va salomatlikning optimal nisbatini tiklasak, libosning asl maqsad- mohiyatini to'g'ri tushunsak bo'ldi. Sizni ishontirib aytamanki, o'shanda hatto butun dunyoni kiyintirayotgan hitoyliklar ham, bizning buyurtmamiz bo'yicha «g'arb modasi»ni emas, biz so'ragan narsani yetkazib bera boshlaydi.

Категория: Tibbiyot | Добавил: Qahramon (03-Сен-2014)
Просмотров: 1075 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]