Sherali Raxmon shoir
MUSOFIRLIK QIYIN EKAN
Özbekiston ona vatan,
jaxon uzra tengsiz chaman.
Sog'inarman ota onam, musofirlik qiyin ekan.
Mol dunyoda ekan dardim,
Chidamadi sira sabri.
Bugun bildim vatan qarin,
Musofirlik qiyin ekan.
Sovuq jondan ötib ketdi, Onam nonin qadri tutdi.
Közlarimdan yoshim oqdi,
Musofirlik qiyin ekan.
Uyda kutar og'alarim,
Xatto amma tog'alarim.
Sog'inaman bolalarim,
Musofirlik qiyin ekan.
Erta yana tong otadi,
Quyoch chiqib kun botadi.
Qaxshoq tanam ter bosadi,
Musofirlik qiyin ekan.
Öz uyimni shoxi edim,
Bir gözalning yori edim.
Tinglang meni og'a inim,
Musofirlik qiyin ekan.
Sherali.Raxmon (Namangan Chust Olmos)
|