AZAMAT ZIYO.

" КЕЛИНГ ТАНИШАМИЗ"

Xazil... 
Qónğiroqlar qilasiz xatto, 
Goh ón ikki, goh bir yarimda. 
Lichkagayam yozasiz ammo, 
Kórinmaysiz komentlarimda. 
"Mehmon" bólib ketishingiz 
rost, 
Sózlaringiz chin muhlisga xos, 
She'rlarimga bosasiz "klass", 
Kórinmaysiz komentlarimda. 
"Baham kórib" har bir 
qaydimni, 
Yoqtirasiz yozgan baytimni, 
Ammo xayron qoldirib meni, 
Kórinmaysiz komentlarimda. 
Kóngil tólmas "klass" tólsayam, 
Tuyuladi yana nedir kam, 
Xech yóq kóngil uchun 
bólsayam, 
Kórinmaysiz komentlarimda. 
Órningiz xóp bólakcha sizni, 
Suratlari chiroyli qizni, 
Boshqalardan uyolasizmi, 
Kórinmaysiz komentlarimda. 
Lekin dóstmiz ósha-óshamiz, 
Xar satrga mehr qóshamiz, 
Yaxshisi bir telefonlashamiz, 
Yozmasangiz komentlarimga... 
 AZAMAT ZIYO.

Категория: Sherlar | Добавил: Qahramon (03-Сен-2014)
Просмотров: 1070 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]