Bolam, Otam o'lgan dema

Bolam, Otam o'lgan dema ... * QO'SHIQ * Derazadan tushgan nurda o'g'lim mening o'zim bor, Elga qilgan savobingda bilki yorug' yuzim bor. Gar g'aflatdan yirog' ersang vujudingda o'zim bor, Bolam otam o'lgan dema men uzingda yashayman, Halol bo'lsa topgan noning, men tuzingda yashayman. Farzand inson ortidagi, yonib qolgan chiroqdir, Chiroq yoqsang parvonaman, ruhim mening uyg'oqdir. Sen unutma ohiratda har daqiqang so'roqdir, Bolam otam o'lgan dema, men o'zingda yashayman, Jondan aziz suygan o'g'ling, ham qizingda yashayman. Umr o'zi oqar daryo, poyoni bu o'limdir, Qaro yerga bo'sh kelgan mening ikki qo'limdir. Bu dunyoda she'r gadosi Mahmud mening o'g'limdir, Bolam otam o'lgan dema men o'zingda yashayman, Diling, tiling bir bo'lsa gar, men so'zingda yashayman. Bandasidan qo'rqma bolam , qo'rqqin faqat Xudodan. O'kinmagin sen xarkasdan , shavqat tila Ollohdan. Rostni bilib , kulib o'lmoq bu yolgonchi dunyodan. Bolam , Otam o'lgan dema , men o'zingda yashayman. Xalol bo'lsa topgan noning, men tuzingda yashayman.... *Д И Л О Р А *

Категория: Qo'shiqlar matni | Добавил: Qahramon (06-Сен-2014)
Просмотров: 3901 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]