Ark - Hato

Ark - Hato
Sentabr oyi, ko’chada yomg’ir yog’ardi, 
Yomg’irdan usti-boshi ho’l bir go’zal qiz ketardi. 
Pushti rangli kiyimli qiz, kiyimi o’ziga yarashgan, 
Qora-jingalak sochi beligacha tushgan. 
Ko’zlari tiniq ko’m-ko’k moviy osmon rangida, 
Qizning yomg’irli yuzida o’zgacha joziba. 
Lablari qip-qizil alvon ranga bo’yalgan, 
Ko’rinishdan hali 18 to’lmagan. 
Soat 11 qo’lida pler qanaqadur ashula, 
U nimadandur xafa mayus boqar moviy ko’zla. 
Sumkasida bloknot, ruchka, telefon ayfon, 
Yana qanaqadir jurnal yozilgan 7-chi son. 
Yana bir pochka sigareta g’alati odat, 
Baland bo’yli bola bilan birga tushilgan sur’at. 
Yana tush, pamada, lak xullas pardoz-andoz, 
Chetda yotar, g’ijimlangan doktor bergan qog’oz. 
Qizcha xomush qaytardi kasalxona tomondan, 
Tushkun kayfiyat sezilardi yuzidan. 
Qizning qulog’ida hamon doktor etgan so’z, 
Tabrikliman yaqinda ona bo’lasiz. 
Qizni qiynardi savol, onamga nima diyman, 
Endi otamni ko’ziga qanaqib qariyman. 
Yomg’ir yog’ar qizni ko’z yoshlarini berkitib, 
U yig’lashdan to’xtamasdi o’z aybini bilib. 
Qancha afsus, nadomat, lekin endi kech, 
Bo’lar ish bo’ldi, vaqt o’tdi, qaytmaydi hech. 
Bechora tushkunlikdan aqldan ozar, 
Chora topolmay o’zini o’ldirishga qaror qilar. 
Qizcha bilardi o’zini o’ldirish katta gunoh, 
Balki shunga pichirlardi: "Mani kechirgin Olloh”. 
Yuragida qurquv qayoqqadur oshiqar, 
9 qavatli dom tomon qadami tezlashar. 
Lift tugmasin bosadi yurak urushi tezlashar, 
Qiz o’ylagan axmoqlik tobora yaqinlashar. 
Liftda turardi qizcha xuddi bir qafasda, 
Xo’rsinardi, ox urardi har bir nafasda. 
Ko’zini yumganicha boshini devorga urar, 
Qizning vujudida yana bir yurak urar. 
9-chi qavat lifti to’xtab eshigi ochilar, 
To’g’rida oyna ortida osmon o’ziga chorlar. 
Qizcha ko’p o’ylamay o’zini oynaga urar, 
Oyna siniqlari qizni yuzuni tirnar. 
Yer, Osmon, Quyosh aylanardi bosh, 
Endi u yig’lamas tugab bo’lgandi ko’zyosh. 
Boshida ko’p hayollar, ko’p ishga ulgurmadim, 
Hech bo’lmasa onamga xat yozib qoldirmadim. 
Butun umri o’tadi bir zumda ko’z oldidan, 
U dardlardan ozod soniyalik parvozdan. 
U ko’p ozor chekdi, lekin juda oz yashadi, 
Bechora qiz tanasi yer bilan to’qnashadi. 
Atrofi to’la odam hamon yomg’ir yog’ardi, 
O’rtada sukunat kimdur chetda yig’lardi. 
Kimdir yoqasin tishlar bu qandayin daxshat, 
Qiz bag’riga bosardi qonga bo’yalgan asfalt. 
Ko’zlari ko’m-ko’k qizaloq, U misli lola-qizg’aldoq. 
Ko’ngli gul ko’rmasdan hali, Xazonga aylanar umri. 
18 ga hali to’lmay, Xato qildi aqli yetmay. 
Shu xato oqibatida, Qizcha yotar nafas olmay. 
Pushti rangli kiyimli qiz, kiyimi o’ziga yarashgan, 
Qora-jingalak sochi beligacha tushgan. 
Ko’zlari tiniq ko’m-ko’k moviy osmon rangida, 
Qizning yomg’irli yuzida o’zgacha joziba. 
Lablari qip-qizil alvon ranga bo’yalgan, 
Ko’rinishdan hali 18 to’lmagan. 
Sumkasida bloknot, ruchka, telefon ayfon, 
Yana qanaqadir jurnal yozilgan 7-chi son. 
Yana bir pochka sigareta g’alati odat, 
Baland bo’yli bola bilan birga tushilgan sur’at. 
Yana tush, pamada, lak xullas pardoz-andoz, 
Chetda yotar, g’ijimlangan doktor bergan qog’oz. 

Категория: Qo'shiqlar matni | Добавил: Qahramon (03-Сен-2014)
Просмотров: 1032 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]