Zarina Nizomiddinova
Shou biznes olamida
yuksak sho'qiga
chiqishga ulgurgan,
sevimli "Romeo va
Juletta", "Parizod" va
boshqa ko'plab
filmlarda bosh ro'llarni ijro etib
kelayotgan aktrisamiz Zarina
Nizomutdinova (Nizomiddinova
emas!) haqida ma'lumot bermib
o'tmoqchimiz, demak boshladik:
Zarina Nizomiddinova 1989-yil
29-mart kuni Toshkent shahrida,
san'atkorlar oilasida tavallud
topdi. Uning otasi O'zbekistonda
xizmat ko'rsatgan Shahboz
Nizomiddinovdir. Zarina ushbu
oilaning kenja farzandidir. Zarina
kichkinaligidan san'atga qizikib,
maktab bilan bir vaqtning o'zida,
ya'ni 1997-yildan boshlab
Uspenskiy nomidagi bolalar
musiqa maktabining fortepiyano
bo'limida taxsil oladi. U 4
yoshidanoq "Yulduzcha" bolalar
xorida qo'shiq kuylardi. Xattoki u
bu ansamblda 7 yoshligida
birinchilikni ham qo'lga kiritgan.
7-sinfdan boshlab Zarina
Xoreografiya bilim yurtining milliy
raqs bo'limida taxsil oladi.
Maktabdan so'ng Sharqshunoslik
institutining "Jahon siyosati va
tarixi" fakultetida taxsil oladi.
Yosh aktrisa ilk ijodini 16 yoshida,
Davlat buyurtmasiga asosan
ishlangan, rejissyor Tamara
Kamalovaning "Yo'l bo'lsin"
filmida bosh rol bilan boshlaydi.
"Yo'l bo'lsin" filmi ko'plab
mukofotlarga sazovor bo'ldi.
2005-yil rejissyor Bahrom
Yoqubovning "Romeo va Julyetta"
filmida bosh rolni ijro etdi. Bir oz
tanaffusdan so'ng, ya'ni 2010-yili
Zarina rejissyor Jahongir
Axmedovning "Qorako'z", 2011-
yilda rejissyor Hasan G'ofurovning
"Senga muxtojman", 2011-yil
Javlon Shodmonovning
"Zamonaviy sovchilar" , Aziz
Umrzoqovning "Oqibat", 2012-yil
rejissyor Jon Rid Sagdiyevning
"Bardosh", rejissyor Laziz
Ashuraliyevning "Iltimos menga
qarang", Akbarbek Turdiyevning
"Salom sevgi, xayr sevgi", Jaxongir
Poziljonovning "Sevaman dedim,
sevaman", Javlon Shodmonovning
"Aldangan ko'ngil", Bahrom
Yoqubovning "Men yulduzman" va
"O Maryam, Maryam" hamda
rejissyor Sherali Isanovning "Aql
va yurak" filmlarida bosh rollarni
ijro etdi.
|
Категория: Mashxurlar haqida | Добавил: pHp (03-Мар-2015) |
Просмотров: 1065
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]