Приветствую Вас Mehmon
..::MusicFM.Uz::.. Zamonaviy partal

Alisher Fayz
Alisher Fayz (Turdiyev Alisher Bahodirovich) 1984-yil 27-yanvarda Namangan viloyati, Chortoq shahrida tavallud topgan.
— 1994-2001 yillar davomida “Glier” nomidagi musiqa maktabida dutor bas mutahassisligi bo'yicha taxsil olgan.
— Ozodbek Nazarbekov ijodiga bo'lgan qiziqish Alisherni bo'lajak ustozi yoniga yetaklab kelgan.
— 2001-2005 yillarda O'zbekiston Davlat konservatoriyasida o'qish bilan bir qatorda ustozi ko'magida mustaqil ijod qila boshladi.
— Alisherni ilk bor 2005-yil 15-16 may kunlari ustozi Ozodbek Nazarbekov Yuragimda kuylaganim sen” deb nomlangan koncert dasturida katta sahnaga olib chiqdi va shu dasturda u o'zining “Meni kechir” nomli taronasini ijro etgan.
— 2007-yilda "Ko'ngil istab…" nomli ilk qo'shiqlar to'plamini Alisher Fayz taxallusi bilan muxlislarga taqdim etdi.
— 2008-yil 21-22 may kunlari "Istiqlol" san'at saroyida "Umidim sendan…" nomli ilk yakkaxon konsert dasturi muxlislar olqishiga sazovor bo'ldi.
— 2009-yilda "Nigohingga ol", 2010-yilda "Senga talpinib", 2011-yilda "Yaxshiyam siz bor", 2012-yilda "Sening bolangman!" nomli yakkaxon konsert dasturlarini muxlislarga taqdim etdi.
— Alisher Fayz ikki farzandning otasi. O'g'li Xolidbek va qizi Zinnuraxon.
— "Hayot – kichkina ko'rpachaga o'xshaydi, bir tomonini tortsang boshqa tomoni ochiladi…" deydi hayot to'g'risida.
— 2012 yil 27 avgust kuni Alisher FAYZ O'zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist unvoni ila taqdirlandi.

Xonandalikdan tashqari iste'dodi: she'r yozadi, bastakor;
Xobbisi: futbol to'plarini yig'ish;
Yoqtirgan taomi: palovxonto'ra;
Yoqtirgan rangi: barcha ranglar. Ajniqsa, oq va qizi;
Sahnadagi odati: hayajonlanganidan qo'li bilan oyog'ini urib turadi;
Shiori: "Ish boshqa, hayot boshqa".
Категория: Mashxurlar haqida | Добавил: Doniyor (28-Апр-2015)
Просмотров: 770 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]

Категории раздела
Odnoklasniki sirlari [14]
Mashxurlar haqida [9]
Intervyular [0]
Qo'shiqlar matni [21]
Sherlar [27]
Statuslar [3]
Maqolalar [4]
Hikoyalar [10]
Latifalar [2]
Har xil [3]
Aforizmlar [0]
Foydali [6]
Hikmatlar [0]
Tibbiyot [1]
Adabiyot [13]
Kino | konsert | Serial [0]
Наш опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 10002
Статистика

Онлайн всего: 4
Гостей: 1
Пользователей: 3
deejq1, ConnorDaype, timothyrd2
Друзья сайта