Oqsoq qizning kundaligi" (Oxirigacha öqing...)

Oqsoq qizning kundaligi" (Oxirigacha öqing...) 

Kutubxonadan chiqdim-u, oyim "barvaqtroq qayt" deb tayinlaganiga qaramay, universitet yaqinidagi hiyobonga qarab yo'l oldim. Havoda bahorning ilk kunlarining tafti sezilib turar, zamindagi mehrdan, oqibatdan ko'ngli to'lib, parqu bolishlarga yonboshlab olgan quyosh oltin sochlaridan zaminga ayamay nur sochardi. Bahorning ilk tashrifi aslida bodom gullari yoki boychechaklarda emas, insonlarning kayfiyatida sezila boshlaydi. Ukpar kaftlarida bir olam shodlik, quvonch keltiradi bahor… Hiyobon ichi har doimgidek salqin, odamlar siyrak. Faqat u yer bu yerdagi o'rindiqlardagina hiyobonning doimiy "a'zolari"- sevishganlar bir- birlariga termulgancha o'tirishardi. Ko'pincha darsdan keyin shu yerga kelaman. Kimsasiz, salqingina bu joyda kitob o'qish biram maroqli… Lekin bugun salgina o'zgacharoq bo'ldi. Xullas hiyobonga kirib, har doimgi joyimga borib o'tirdim. Sumkamni kavlab endigina kitobimni olishga tutingan edim ham-ki, shundoqqina oyoqlarim ostida yotgan qandaydir daftarga ko'zim tushdi. Birovniki tushib qoldimikan deb yon-atrofga alangladim. Hech kim yo'q. Qiziq, qanday daftar bo'ldiykin? Engashib asta qo'limga oldim. Qizil muqovali, umumiy daftar. Astagina ichini ochib razm soldim. Bir tekis husnixat bilan yozilganidan daftar qiz bolaniki ekanligi shundoqqina ko'rinib turibdi. Ko'zlarim bir-biridan ezgin satrlar bo'ylab yugurar ekan, bu daftar bugun kutubxonadan olgan kitobimdan ko'ra qiziqarliroq ekanligini his qildim. Satrlar mana bunday boshlangan edi: (davomi komentda) 9 760 Baham ko'rish Sharhlar Маэстро - Аюбов "29.01.2005 Bugun erta tongdanoq ko'kdan oppoq qor yoqib berdi. Yer-u ko'k bir zumda oq choyshab yopinib oldi. Tabiat ajoyibda… Zaminning ko'rimsiz, o'nqir- cho'nqir yerlarini ham, xushmanzara joylarini ham birday ko'radi. Birday oqlikka bo'yaydi. Faqt mening qalbim… zulmat libosiga burkanganicha qolib ketaveradi… Kundalikjon, bugun sening bag'ringga ilk bor bosh qo'ydim. Ko'ksim to'la dard, kel, ularni senga to'kay, zora yengil tortsam. Men dunyoga nega keldim o'zi? Boshqalarday baxtli bo'lishga nahot noloyiq bo'lsam? Xozir necha yoshdaman? O'n sakkiz?! Eh… O'n sakkiz yosh… Umr bahori! Ayni o'ynab kuladigan, hayotning quvonchlaridan zavq oladigan yoshdaman. Lekin… Men bahorni his etmayapman! Bolaligim… Bechoragina bolaligim mening. Podsho bo'lolmadim bolalikda ham. Tengdoshlarga havas qilib ko'chaga chihar, birga o'ynagim kelardi-yu, ularga qo'shila olmasdim. Kim ham menday oqsoq qiz bilan dugona bo'lardi? Na yugura olmasam, na sakrog'ich sakray olmasam… Doimo yakkalanib, o'z-o'zimdan hafa bo'lib yurardim. "Nega meni bunday tuqqansiz?" deb har kun onajonimni qon qilganlarimchi? Meni bag'rilariga bosgancha unsizgina yig'lab qo'yaverardi onam sho'rlik. Yoshim ulg'aygan sari bog'chada ham, maktabda ham menga shu tahlit munosabat takrorlanaverdi. Gohida yolg'izlik shunday jonimdan o'tib ketardi-ki! Xusnim-ku yomon emasdi-ya… Yuqori sinflarga o'tganimda qomatim ham, xusnim ham kelishgangina bo'lib bordi. Biroq oqsoqligim sabab hech kim menga e'tibor qilmasdi. Shu holimga ham boshqa qizlar singari pinhoniy orzularim bor edi meniyam! Bir kun kelib bir pahlavondek yigit meni sevib qolishini, oqsoqligimga ham qaramay bag'riga bosgancha meni uzoq- uzoqlarga olib ketishini istardim. Kulasizmi, kuyasizmi? Maktabni bitirgach tibbiyot kollejiga o'qishga kirdim. Maktabda zo'r berib o'qiganim foyda berdi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o'tib oldim. Shukr, hozirgi dugonalarim juda yaxshi. O'zimni avvalgiday yakka his etmayapman. Ular bilan suhbatlashib, dardlashib, birozgina bo'lsada o'zimni baxtlidek his etaman. Xa mayli, bugungisi yetar… Dars qilishim kerak. 01.02.2005 Bugun avtobusda bir yigit menga shunday tikilib qaradi… Bora- borgunimcha ko'zini uzmadi-ya… Bunchayam surbet bo'lmasa? Oqsoqligimni bilmaydi-da, bo'lmasa qararmidi… Darslarim juda ko'payib ketdi, kundalikka yozolmayapman. Маэстро - Аюбов 03.02.2005 Ey Xudo! Men uni topdim! Shunchalik baxtlimanki, shu paytgacha hech o'zimni shunday baxtli his etmagandim. Haligi "surbet" o'ziyam ikki kun meni tinmay ta'qib qildi. Bugun esa shartta yonimdagi bo'sh o'rindiqqa o'tirib oldi. O'tirib olgancha yuzimga tikilib qarayverdi. Toqatim-toq bo'lib - Tinchlikmi?-deb so'radim qoshlarimni chimirib. Yigit shoshganidan tutilib qoldi. - Me… Men… Kechirasiz, bir odamga judayam o'xsharkansiz. O'lay agar, ikki tomchi suvdek! Sizni birinchi bor ko'rganimdayoq sezdim buni! Shundan beri har kuni kuzataman… Yigitning birdan ko'zlari namlandi. Boshini egib oldi. Qo'pol gapirganimdan juda hijolat bo'lib ketdim. Qiziq kimga o'xshatdi ekan? Bekatimgacha hali ancha bor edi. Biroz ko'nglini ko'targim keldi - Kim ekan u, mening qiyofadoshim? -so'radim o'zimni quvnoq tutishga urinib. - U… Sevgan qizim edi… - Nima uchun "edi"? - U meni tashlab ketdi. - Boshqaga turmushga chiqdimi? - Koshkiydi… Boshqasiga turmushga chiqsayam roziydim. U… Bu dunyoni tashlab ketdi! Ko'nglim buzilib ketdi. Esiz, yarasini yangilab nima qilardim? - Kechiring… - Hechqisi yo'q, sizni ko'rib xuddi Malikamni ko'rgandek bo'ldim. - Nima? Malika dedingizmi? Demak… Ismimiz ham bir xil ekanda! Siz ham Malikamisiz? Buni qarang. Sizni menga Ollohimning o'zi yubordi. Malika! Bu ismni yana aytib chaqirayotganimdan shunday baxtlimanki! Sizdan bir narsa so'rasam maylimi? - Albatta! Negadir bu g'alati yigit menga yoqib qolgandi. - Keyingi bekatda bir xiyobon bor… Biz u bilan doim shu xiyobonda uchrashar edik. Agar yo'q demasangiz… - Mayli. Yigitning ko'zlari quvonchdan chaqnab ketdi. Biz keyingi bekatda tushib qoldik. Bilasizmi, u hatto mening oqsoq oyoqlarimga e'tibor ham bermadi! Shavkat! Shavkat ekan uning ismi! Quvnoq, ko'rkam, kuchli!.. Nimalar deyapman o'zi? Menga nima bo'lyapti? Hiyobonda ikki soatlar aylandik. Keyin telefon nomerlarimizni almashdik. U albatta qo'ng'iroq qilishga va'da berdi. Men juda baxtliman... 04.02.2005 Uxlolmayapman… Nega qo'ng'iroq qilmadi? Balki… O'zi nega ajablanyapman? Tag'inam oqsoqligimni ko'rgan zaqoti burilib ketib yubormadi- ku? Yana qo'ng'iroq ham qilsinmi? Yeh…Men bo'lsam nimalarni orzu qilib yuribman. Uxlash kerak… 05.02.2005 Tong saharlab telefon jiringladi. O'zi kechasi uxlolmay chiqqanimdan boshim shunday og'riyaptiki! Shunday shirin uyqumni buzgan yaramasni qarg'ab-qarg'ab telefonni ko'tardim. - Allo! - Kechirasiz… Bu Malikalarning uyimi? - Yo'q qo'shnilarniki! -dedim jahl bilan. - Malika, bu sizmi? - Ha, o'ziman, kim bu kallai saharlab?! - Men… Men haligi… Shavkatman. Yuragim qaerdaydi? Tushib ketdi chog'i… Voy Xudoyim, yer yorilmasa kirib ketmasam. Men aqmoq nimalar dedim-a?
Sizmidingiz… Assalomu aleykum! Uzr…
- Hechqisi yöq. Ikki kundan beri sizni öylayman, Malika, tuni b-n uxlolmay chiqdim. Tongning otishi biram qiyin böldiki, sizni
bezovta qilib qöyishni öylamay qöng'iroq qilib yuboribman.
- Bezovta qilmadingiz! Özim ham… u yog'ini aytishga, "qöng'iroqingizni
kutayotgandim" deyishga uyaldim. Lekin u xuddi sezgandek
- Rostdanmi,-dedi,- Agar… Ilojingiz bölsa, bugun uchrashsak, ösha, avvalgi joyda.
- Albatta! -shunday dedimu duv qizarib ketdim.
- Soat 3 da ilojingiz bormi?
- Harakat qilaman.
- Kutaman.
Göshakni qöyishga qöydim-u, yuragim xuddi qafasidan chiqib ketayotganday urayotganini his
qildim. Nima kiysam ekan?

06.02.2005

Kechadan beri özimga
kelolmayman. Közimni yumganim
zahot, kechagi uchrashuv köz oldimga kelaveradi.
Öz vaqtida, hatto salgina ilgariroq yetib bordim u yerga.
Chinor daraxtining ostida, qöllarida bir dasta oppoq atirgulllarni ushlagancha kutib
turgan ekan. Meni körib yosh boladay sevinib ketdi.
- Kelmaysiz deb öylagandim,- dedi jilmayib.
- Nega endi? Döst tutingan bölsak, bundan buyon tez-tez
uchrashib turamiz! Shundaymi?
- Albatta! -shunday dediyu, biroz
öylanib qoldi,- qiziq,
gapirishingiz, quvnoq fe'lingiz, barisi mening Malikamga öxshab ketarkan…
- Rostmi?
- Rost… Faqat taqdiringiz
öxshamasin ilohim.
Uni chalg'itish maqsadida
- Yuring, aylanaylik! -dedim quvnoqlik b-n.
- Xösh, Malikam, buyursinlar, qayerga boramiz?
- Ochiq fazoga!
- Amringizga muntazirman!
U qöllarini ko'ksiga qöyib ta'zim qildi. Ikkalamiz ham kulib
yubordik. Kun juda maroqli ötdi. Hiyobon ham, undagi darxtlar
ham juda go'zal edi.
Kechgacha aylandik o'ziyam. Menga oilasi haqida so'zlab berdi.
Aytishicha badavlat oilaning kenja
farzandi ekan. Mendan ham oilam
haqida so'radi. Mening oilam
o'rtaholgina edi. Otam qimorga berilgan, yutqazib qo'ysa uydagi qo'liga ilingan narsani olib chiqib
sotib yuboradigan odam edi.
Mushtipargina onam esa, boriga qanoat qilib yo'qni yo'ndirib
yashab kelayotgan ayol… Men unga bular haqida aytmadim.
Negadir… Nomus qildim.
Tavba, u bilan atigi ikki marta uchrashgan bo'lsakda, huddi
ming yillik qadrdonlarday tutardi
o'zini… Xayrlashayotib qo'llarimni bir zum tutib turdi. Men ham
tortib olmadim. Bechora, uyalgandek qizarib ketdi.
- Ko'rishamiz-a? -dedi yerga qarab.
- Nasib etsa…
qo'llarimni asta sug'urib olib, uyga qarab yugurib ketdim.
Kaftlarim o't bo'lib yonardi go'yo… Onamga dugonamnikiga
boraman degandim. Havotirlanib kutib turgan ekanlar. Chopib borib yuzlaridan o'pib qo'ydim. Onajonim doim ma'yus yuradigan qizlaridagi bu o'zgarishni ko'rib
hayron edilar. Mening esa tinmay sakragim, baqirgim, raqsga
tushgim kelardi. Hatto
oqsoqligim ham yodimdan ko'tarilibdi. 10.02.2005
Kundaligimga yozmaganimga ham to'rt kun bo'libdi.
Nimaniyam yozay? har kunim shodlikka, baxtga to'la bo'lsa!
Yana yonimda Shavkatday do'stim bo'lsa. Do'st…uni
chindanam do'stdek
ko'ramanmi? Balki…


 

Категория: Hikoyalar | Добавил: Qahramon (06-Сен-2014)
Просмотров: 988 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]