Oqsoq qizning kundaligi" 3-qism

Tavba… qiziq ish bo'ldi-ku?! Hali
ham o'zimga kelolmayapman.
hozir bo'lgan ishni qanday tushunish kerak? Cho'pon ota qishloqqa tushganida
qizining kiyimlaridan olib kelgandi. Egnimni almashtirib olish uchun chodirga kirdim. Yechinib bo'lgan edim hamki,
parda qimirlab, ichkariga ingichka nur tushdi. Sekingina
qarasam… Cho'pon!!!
Mening o'girilganimni ko'rib g'oyib bo'ldi. qo'rrqanimdan
baqirib yuboray dedim. Nahotki?!
Nahotki u ham menga egri ko'z bilan… Yöq, bo'lishi mumkin emas! Ahir u…
Ey, Xudo, nahot u ham menga tahqirlangan, bechora qiz deb
emas, nomussiz, behayo ayol sifatida qarayotgan bo'lsa?!
Bu qanday ko'rgulik?!
Nega ishonganlarim, otam deganlarim doimo dushman
bo'lib chiqadi?! Biri qimorga tikib yuborsa, biri fohishaga qaragandek qarasa… Ayt, mening sodiq kundaligim,
kim meni inson sifatida, go'dak
sifatida tan oladi, kim?!
Nazarimda… Men endi bu yerda ortiqchaga o'xshayman…
Ketaman! Mayli, nima bo'lsa peshonamdan, ammo bu qarib
quyulmagan ikkiyuzlamachidan
uzoqroq ketsam bas. Kechqurun, u uxlagandan so'ng yo'lga tushaman.
Allohim, o'zing y'ol ko'rsat...
16.04.2005

Chol uxlagani yotgandan söng sekingina chodirdan chiqib ketdim. Kechasi b-n ne bir azoblarda, oyoq-qölim tirnala-
tirnala yurib tongga yaqin, allaqanday katta yöl qarshisidan
chiqdim.
Hozir yöl chetidagi eski bir bekatda ötiribman. Bu qanday
joy, endi qaerga boraman, bilmayman…
Uzoqdan bir mashinaning qorasi
körina boshladi. Örnimdan turib qöl kötarishga
chog'landim-u öylanib qoldim. Buyam ösha, qoramtir Neksiyaga
öxshab…
Asta orqamga burilgandim hamki, mashina töxtab, signal
berdi. Yoshi 50 lardan oshgan, sochlari
oppoq bir kishi mashina oynasidan boshini chiqazdi.
- Ötiring, singlim, bu yerdan mashina kam ötadi!
Oyog'im tortib-tortmay mashinaga chiqdim. Ötirdim-u,
qörquv bosaverdi. Hozir, shunday
ögiriladi-yu, qölansa isli lattani og'zimga bosadi…
- Saharlab qaerga otlandingiz, singlim?
Boshimdagi bir-biridan qörqinchli fikrlardan bexabar
haydovchi tepadagi
oynakdan muloyim köz tashladi.
Yuragimdagi qo'rquv birmuncha
tarqagandek böldi. Ötgan kunlarim, menda odamlarga
nisbatan bölgan ishonchni butkul söndirganday edi.
- Shaharga, amaki…
- Ha-a… Yölimiz bir ekan! Nega xafasiz singlim? Közlariz
qizaribdi?
- Özim…
- Xafa bölmang, hali hammasi yaxshi böladi!
Amakining tasallisidan ko'nglim
buzilib ketdi… Tungi azoblardan charchagan ekanman közim ilinibdi.
- Singlim, shaharga keldik!
Haydovchi amakining ovozidan chöchib uyg'ondim.
- Amaki, uzr, yonimda pulim…
- E-e, singlim, nimalar deyapsiz? Savob ham kerak! Yaxshi boring,
sog' bo'ling!
Mashinadan tushdim-u, yuragim hapriqib ketdi. Tanish yo'llar,
avtobuslar… Odamlarning yuzida, közida kulgu… Qaerga borishimni bilmay
bir zum ikkilanib qoldim. Avtobus! Ösha avtobus! Shavkatni ilk marta uchratgandim
unda! Oqsoqlanib borib, avtobusga
chiqib oldim. Tanish o'rindiq tomon yurar ekanman, qulog'imga tanish ovoz ham
eshitilganday böldi… Tanish ovoz…
Zulmatga chulg'angan kunlarimda ham menga taskin bergan nur bölib chorlagan ovoz… Ey, Xudoyim, bu ösha, mening
hayotimga quvonch olib kirgan ösha Shavkat. Qanday baxt! Hozir meni körib
sevinganidan yiqlab tushsa kerak tentakkinam! Sekingina borib közlarini berkitish u-n
qöl chözgandim ham-ki, yonidagi örindiqda ötirgan qiz gapirib qoldi.
- Buncha tikilasiz?
- Kechirasiz…- dedi Shavkat qizarib,-sizni bir odamga öxshatib yubordim.
- Kim ekan u?
- Sevgan qizim edi….
- Nima uchun "edi"?
- U ölgan…
Men göyo haykal bölib qotib qolgandim…
- Mening ismim Robiya,- dedi qiz
- Rostdanmi? Hatto ismlariz ham bir xil ekan. Shunchalik
öxshashlik ham böladimi? Xuddi ikki tomchi suvdek!
- Rostmi?
Shunda birdan qotib qolgan tilimga jon kirgandek böldi.
- Endi, keyingi bekatdagi xiyobonda tushib qolasizlar! Axir
u yerda bu yigit sevgilisi b-n köp uchrashardi! Malika… Yög'e, Robiya b-n! Shundaymi?
Bechora Shavkat… Meni qaerdan paydo bölib qolganimga tushunmay hadeb "Yöq, yöq" derdi. Men uning makkor yuziga tarsaki tortib yubordim.
- Hoy, ch-cho'loq!!! - baqirdi u ko'zlari kosasidan chiqquday
bölib,- nima qivossan?
Men "Suf senga!" dedim-u, keyingi bekatda tushib qoldim.
Ey Allohim, bu dard ham bormidi
menga? Xudojon, nega bandalaring bu
qadar tubanlashib ketgan? Nega insonni, uning his tuy'gularini
o'yinchoq qilishadi, toptashadi! Qani or? qani nomus? Qani
vijdon, qani mehr?
Qani muqabbat! Nahotki… Nahotki mehr o'tmishda qolib
ketgan, Muhabbat esa Tohirning sandig'ida oqib ketgan,
Farhodning qabriga ko'milib ketgan bo'lsa? Shavkat… Meni o'z otam qimorga
tikib yubordi, chidadim… Qandaydir yerda, qandaydir
odamlar meni tahqirlashdi, zo'rlashdi… Dosh berdim! Otam deb ishonganim, bir
insondan ko'nglim qoldi… Ko'nikdim!
Ammo… Ammo bugun sen menga hadya etgan dard, meni
butkul ado qildi! Men taqdirning achchiq
sinovlaridan, faqat sen uchungina
omon chiqqandim. Har on, har nafas seni o'ylab yashadim!
Ming la'nat! Ming la'nat seni deb o'tkazgan kunlarimga!
Kundalikjon, men endi uyga qaytmayman. Uyga qaytsam otam
bor… Uni ko'rishni istamayman… Bir sengina, mening yaxshi kunlarimda ham, yomon kunlarimda ham hamrohim, sirdoshim bo'lding… Endi bas! Bu yog'iga o'zim ketaman. Sen shu yerda, shu hiyobonda qol… Meni huv anavi, ko'cha yuzidagi
anhor o'ziga chorlayapti… Sendan iltimos, sen bilan bir
qancha vaqt birga bo'lgan, dardu-dunyosini bo'lishgan
oqsoq qizni unutma!
Hech bo'lmasa… Sen unutma…. Alvido…"

Kundalik daftarning ohirgi sahifasini yopdim-u, ko'zlarimdan oqqan yoshni shundagina his
qildim… Oh, falak! Yoshgina qizning, kichikkina qalbiga shuncha dardni berdingmi?!
qani u? qani endi oqsoq qiz?! U yo'q… Yo'q!!! U insonlardan, dunyolardan yuz
o'girib ketdi…
Kundalik daftarni o'rindiq chekkasida qoldirdim. Undagi satrlarni boshqalar ham o'qishini, to'rt muchasi sog' bo'la turib shukr neligini bilmay yashayotgan insonlarga saboq
bo'lishini istadim.
Ko'zlarimdagi yoshni artib, atrofga nazar soldim. Atrof ancha
qorong'ulashib qolgan, shafaqning bir chekkasida, zolim
kimsalarning qilmishlaridan xazar
qilganday yuzlariga bulutlardan parda tortib, bag'ri qon quyosh botib borardi…

Категория: Hikoyalar | Добавил: Qahramon (06-Сен-2014)
Просмотров: 1056 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]