Oqsoq qizning kundaligi" 2-qism

15.02.2005

Bugun Shavkat bir joyga taklif qildi. Yaqin do'stining tug'ilgan kuni ekan. Yo'q deyolmadim.
Ko'zguning qarshisida turibman-u, negadir hech borgim yo'q…
Begona odamlar bo'lsa… Men nima qilaman u yerda? Mayli… Borsam boraqolay, yana Shavkat xafa bo'lmasin…

17.02.2005

Qaerdanam bordim o'zi? Bekorga
oyog'im tortmagan ekan. Eslasam
o'z-o'zimdan uyalib ketyapman. Allaqanday ko'chalardan yurib,
eskiroq bir domning uchinchi qavatiga ko'tarildik. Shavkat
negadir eshikni o'z kaliti bilan ochdi. Ajablanib
- Do'stingiz bu yerdamasmi? -deb
so'radim.
- Do'stim… hozir keladi. Bozor-o'char qilgani chiqib ketgandi.
Shavkat negadir juda shoshardi. O'zini g'alati tutyapti.
Birov majbulagandek ichkariga kirdim. Eskigina ikki xonali uy. Tug'ilgan kun bo'layotganga
sirayam o'xshamaydi.
Ichkari xonaga kirishimizni bilaman birdan… U yog'ini yoza olmayman…
Shavkat ko'zlarimdan oqayotgan yoshni zo'r berib to'xtatishga
urinardi. Nimalar deb ovutgani esimda yo'q. Ertaga sovchi
yuboraman dedimi, to'y qilamiz dedimi?
Uyga qanday yetib oldim bilmayman…

19.02.2005

Bugun yaxshilab tayyorgarlik ko'rayapman. Shavkatning oyisi
kelishi kerak. Qanday yaxshi! Men bo'lsam undan shubhalanib
yuribman-a! Zo'r berib stol bezatayotganimni
ko'rgan onam
- Qizim, kimdir keladimi? -deb
so'rab qoldilar.
- Birov kelishi shartmi oyi? O'zimiz ham bir bayram qilaylik!
Onamga sir boy bermadim. Uyalaman axir…

20.02.2005

Kecha kechgacha kutdim sovchilarni. Balki biror ishi chiqib qolgandir oyisini? Bugun bo'lmasa ertaga kelishar… Ahir
Shavkat va'da bergan-ku...

23.02.2005

Shavkat qo'ng'iroq qilmayapti… O'ziniki o'chiq… Tinchlikmikin ishqilib? Qaerda bo'lsa ham sog' bo'lsa bo'lgani…
Onam "o'zgarib qolding qizim, kasal emasmisan, biror darding bölsa ayt!" dedilar. qanday aytaman…

24.02.2005

Men qaerdaman? Nimalar bo'ldi özi? Bu shör peshonamga shu
ham bormidi? Hammasini eslashga harakat qilishim kerak… Kutubxonadan chiqqanimda soat
kechki olti edi. Bugun ancha kech qolib ketdim. Onam havotir olib ötirgandir deb, tramvayga ötirmay taksi to'xtata qoldim. Qoramtir Neksiya mashinasi
shundoqqina oldimga kelib töxtadi. Tezgina o'tirib oldim-u,
manzilimni aytdim. Kabinada mendan tashqari yana bir odam bor ekan. Qop-qora, yana közlari g'ilay… Biram qörqinchli! Mashina oynalari qoraytirilgan ekan. Buning ustiga tashhari qorong'u, ko'cha yaxshi körinmasdi. E'tibor berib qarab, umuman boshqa tarafga ketayotganimizni sezdim. Qörqib
baqirib yubordim.
13:41
- Hoy! Men sizga… U yog'ini ayta olmadim. haligi qo'rqinchli odam qandaydir
qo'lansa isli lattani og'zi-burnimga yopgani esimda. U
yog'i esimda yo'q.
Hozir nimqorong'u zax bir xonada
yotibman. Nima qilsam ekan? Kim
o'zi ular! Mendan nima istashadi? Nega hech kim menga
javob bermaydi, nega? Onam
bechora… havotir olayotgandir…
Otam hamma yerni izlab yurgandir…
Yaxshiyam kundaligim yonimda, yo'qsa hozir siqilib o'lib qolardim…
Qo'rqib ketyapman…
Kimdir kelyapti…

01.03.2005

Bugun ancha o'zimga keldim. Besh kundan beri behush ekanman. Nega o'zimga keldim?
Undan ko'ra o'lib ketsam ham mayli edi…

02.03.2005

Bugun hammasini bir boshdan eslashga qaror qildim.
O'sha kuni, qorong'u xonada yotganimda, mashinadagi
ko'rganim, qilay odam kirib keldi. Kirgan zahoti yoqasiga yopishib baqira ketdim.
- Hayvon! Marazlar, meni qayerga olib keldilaring! Hozir hammangni o'ldiraman! Hali…
G'ilay menga tarsaki tortib yubordi. Yerga yuztuban yiqilib
tushdim.
- Qanjiq! -u sochlarimdan
tortqilab turqazdi.
- Qani yur buyoqqa!
Men yana gapirishdan qo'rqib, oqsoqlana-oqsoqlana u qayerga desa yuraverdim. Biz uzun, qorong'u yo'lak bo'ylab yurib ketdik. Kattakon qora charm eshik harshisiga kelganda, g'ilay
xunuk ovozda bo'kirdi.
- To'xta! Kir!
Eshikni ochib meni ichkariga itarib yubordi. O'zi esa shu zaqoti g'oyib bo'ldi. Boshimni ko'tardim-
u, qo'rqib ketdim. Kattakon xonada, uzun stol atrofida uchta semiz kishi o'tirar, uchalasining ham boshi kal, qop-qora ko'zoynak taqib olishgandi. Ular
ko'zoynak ostidan menga shunday tikilishardi-ki…
- Qani yaqinroq kelchi… - O'rtadagi baqaloq aftidan, ularning kattasi bo'lsa kerak, gavdasiga umuman yarashmagan
ovozda chiyilladi.
- Nimaga meni bu yerga olib keldilaring?! - so'radim o'zimda
jur'at topib.
- Yaqinroq kel dedik senga!
Kattaning yonidagi baqaloq og'zidan so'lak sachratib vishilladi. Men qo'rib sekingina ularning yoniga bordim.
- I-e! -dedi chetdagisi - Oqsoq ekan-ku!
- Otasi bu haqda indamagandi!
Ustimdan birov bir chelak muzdek suv quyib yuborgandek bo'ldi. "Otasi" dedimi? Naxot …
- Nima dedingiz?!
- Otang seni qimorda yutqazib qo'ydi! -dedi o'rtadagisi.
- Yolg'on!!!
- Ishon, cho'loq! Endi bu yoqi o'zingga boqliq… Agar aqlli qiz bo'lsang, ish bitgach, qo'yib yuboramiz. Bo'lmasa…
Mening quloqimga uning gaplari
kirmasdi. Nahotki… Naxotki o'z otam… Bo'lishi mumkinmas! Otam bunday qabihlikka bormaydilar!
Eh, otajon… Bu nima qilganingiz otajon?!
Belimga kelib tekkan qo'ldan xuddi, ilon tegganday seskanib ketdim. O'rtadagi baqaloq sekingina yuzimni siladi.
- Chakkimas…
Men uning yuziga tarsaki tortib
yubordim. Bu unga zarracha ham ta'sir qilmadi. Aksincha, semiz tanasini silkitib kuldi.

- Yovvoyi mushug-ey! - dedi suq bilan tikilib. -Endi qarshiliklar
foydasiz! Baribir hech qayoqqa ketolmaysan!
Men qochmoqchi bo'lib eshik tomonga bordim. U esa jon
holatda baqirdi:
- Polvon!!!
Eshikdan gavdasidan ot hurkadigan bir barzangi shitob
bilan kirib keldi.
- Olib bor! - buyurdi baqaloq.
Polvon deganlari shunchalik baquvvat ediki, ming urinib,
siltanib ham uning chayir qo'llari
iskanjasidan chiqa olmadim. Baqirdim, yiqladim, yolvordim,
lekin bu unga zarracha ta'sir
qilmas, meni huddi o'z vazifasini
bajarayotgan hissiz robotdek allaqayerga sudrab ketardi. Yo'lak
chetidagi kichikroq eshikka yetganda Polvon ham meni
ichkariga itarib yubordi. Xira chiroq yoritib turgan xonadagi katta kravatni ko'rib
maqsadlariga tushundim. Eshikni
mushtlab, bor ovozda najot so'rab baqira boshladim.
Yöq… Oh-u nolamni shu to'rt devor-u, Yolqizgina Alloh eshitdi. Shu vaqt boyagi uch baqaloq
xonaga birin ketin kirib kelishdi.
Meni…
Eslashni xohlamayman!!!

04.03.2005

Meni bu yerga bir cho'pon ota topib olib kelibdilar. Yaramas
qimorbozlar, "ish"lari bitgach, meni gadoytopmas bir dalaga oborib tashlashibdi. Besh kun
deganda bazo'r o'zimga kelibman. Bechora chöpon ota…
Meni dalaning chetidan abgor
ahvolda topib olib, chodirga olib
kelibdi. Tun-u kun atrofimda parvona bo'libdi. Ammo, menga qolsa o'sha yerda, o'sha
ifloslarning qo'lida o'lib ketganim
yaxshi edi…
- Ha, o'lganim yaxshi edi!!! Ming la'nat bu dunyoga! Yer yutsin
hammangni!
Jazavaga tushib baqira boshladim. Cho'pon ota shoshib
kirib kelib, meni boshimni silab
ovuta boshladi.
- Yig'lama, qizim, Allohga shukr qil,
omon qolding!
- Bundan ko'ra o'lganim yaxshi
edi ota!
- Astag'firulloh de bolam, zolimlarga ham boqqan balo bor!
Mana ko'rasan, qali hammasi yaxshi bo'ladi. Meni aytdi dersan, bolam!
- Axir nega bunday bo'ldi, nega!
Gunohim nima mening…
Men sira o'zimni bosolmasdim, o'ksib
o'ksib yig'lardim.
Yo Alloh, mendanda baxtsizroq inson bormi o'zi? O'z otam , o'n sakkiz yil bag'rida o'stirgan qizini bir buyum singari qimorga tikib
yuborsa-ya!
Nafratlanaman! Bunday otam yo'q mening! Eh, Shavkat!!! Birgina sen tushunarding meni… Eng baxtli kunlarim, eng shirin xotiralarim,
bari sen bilan bog'liq… Bilaman, hozir meni izlayotgandirsan,
sog'inib kutayotgandirsan?!
Izlama, qo'y! Sen bilgan oqsoq qiz yo'q endi! Men senga munosib emasman!
Onajon, munisgina onajonim-a… Men endi uyga qaytmayman, onajon… Mendan rozi bo'ling, oqsoq qizingizdan rozi bo'ling, onajon... 09.03.2005

Bu yerda tabiat shunday go'zalki… Hammayoq yam-yashil! Bahorning ilk kunlari…
Cho'pon ota juda yaxshi inson ekan. Meni dalalarga olib chiqadi, har-xil gaplar aytib meni kuldirishga, o'tgan kunlarni
unuttirishga harakat qiladi. Kecha gap orasida o'zining hayotidan ham gapirib qoldi. Bolaligidayoq
juda qiyinchilikda ulg'aygan odam ekan.
Bolalaik yillari urush davriga to'g'ri kelgan ekan. Otasini taqvodor
inson bo'lgani uchun allaqayoqqa quloq qilib yuborishibdi. Onasini esa… Ko'z o'ngida bir guruh
formadagi odamlar nomusini poymol qilishgan ekan. Bu
sharmandalikka chiday olmagan
onasi, joniga qasd qilibdi. Bechora cho'pon… hayot uni
sabrli bo'lishga, ertangi yorug' kunlardan umid qilib yashashga o'rgatibdi.
Xo'sh, menichi? Faqat
tahqirlarga, xo'rlashlarga,
aldovlarga ko'nikib yashashga o'rgatdimi?

15.03.2005

Bugun ko'k yuzini huddi ko'nglim kabi qop-qora bulutlar qoplab oldi. Har zamonda esa huddi yer yuzidagilarni mazah qilganday
qora bulutlar ortidan quyosh mo'ralab, xiragana nur sochib
qo'yadi… Men cho'pon ota tutgan yo'ldan
yurishga qaror qildim. Ya'ni kechagi kunni unutib, ertangi
kundan nimadir kutib
yashamoqchiman. Nimadir… Lekin nima?
Yaxshiyam shu inson bor ekan…

15.03.2005


 

Категория: Hikoyalar | Добавил: Qahramon (06-Сен-2014)
Просмотров: 1055 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]