INDONEZIYADA SAMOLOT HALOKATI
Sumatradan Jakartaga yo‘l olgan samolyot bortida 104 nafar yo‘lovchi bor edi, u qulab tushgan aholi yashaydigan dahada esa mana shu fojea tufayli 39 nafar kishi halok bo‘lgan. “Reyter” axborot agentligining xabar berishicha, “Mandala eyrlayns” aviakompaniyasiga qarashli uchoq halokati oqibatida faqat 14 nafar yo‘lovchi baxtli tasodif tufayli omon qoldi. Halokat sabablari hozircha noma’lum. Yana shuni aytib o‘tish o‘rinliki, halokat aynan tig‘iz vaqtda, hamma ko‘chadaligida sodir bo‘lgan. Ma’lumot o‘rnida shuni aytib o‘tamizki, so‘nggi besh yil davomida bu kabi ko‘p aviahalokatlar kuzatilmagandi. “KAPALAK” TO‘FONI YAPONIYADA
Dovul yaqinlashgani bois, Toyota, Nissan, Honda, Mazda kompaniyalari Kyusyu orolida joylashgan o‘z zavodlari ishini vaqtincha to‘xtatdi. Yana shular ma’lum qilinyaptiki, 270 ming aholi yashaydigan Kyusyu oroli elektr energiyasisiz qoldi. Orolga shu paytgacha 900 millimetr yog‘in yoqqan, Sikoku orolida esa yog‘in miqdori 700 millimetrga yetgan. | |
| |
Просмотров: 874 | |
Всего комментариев: 0 | |