Erk Inson tabiati shu: hamma erkni orzu qiladi. Hamma ozodlikka intiladi. Shunaqa-ku… … Hech o’ylab ko’rganmisiz? Nima uchun Yer kurrasi o’z o’qi atrofida nuqul bir tomonga qarab aylanadi? Bugun bir tomonga, ertaga boshqa tomonga aylansa, nima bo’lardi? Nima uchun Yer o’z o’qi atrofida 24 soatda bir aylanadi? Bugun 24 soatda, ertaga 30 soatda aylansa nima bo’lardi? Nima uchun Zamin Quyosh atrofini uch yuz oltmish besh kun-u, olti soatda, ikkinchi yili ikki yuz kunda aylansa nima bo’lardi? Nima uchun Yer kurrasi har yili 22-dekabrda Quyoshga yaqin masofaga boradi, 22- iyunda Quyoshdan eng uzoq masofaga ketadi. Shundayam keragidan ortiq yaqin ham bormaydi, keragidan ortiq uzoq ham ketmaydi? Bu qonunlarni, aniqrog’i, qonuniyatlarni kim yaratgan? Olloh emasmi? Inson esa Ollohning bandasi emasmi? Mutloq erkin orzu qilish Tangriga ham xush kelmaydi... Ilk muhabbat Ilk muhabbat bahor osmonidagi bulutga o’xshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof... Na qo’lingiz bilan tutasiz. Na ortidan yugurib yetasiz... Shamol uni qayoqqa olib ketishini ham bilmaysiz... Birinchi muhabbat ko’pincha natijasiz tugashi balki shundandir... Sinov Bir narsani ko’p kuzatdim. Ona ovqatga o’tirgan zamon chaqaloq yig’layveradi. Keksalar, bunaqa paytda bolani shayton chimchilaydi, deydilar. Bilmadim... Xudoning o’zi kechirsin-ku, menimcha gap shaytonda emas. Bu- tangrining ona mehrini sinash usullaridan biri bo’lsa ajabmas... Sham yonmasa.. Erkak bilan ayol munosabatida aybni nuqul erkakdan izlash insofdan emas. Sham yonmasa, parvona yaqin kelmaydi. Qirq jon Xotin kishining joni qirqta bo’ladi, desalar ajablanmang. Negaki u bitta jonni o’ziga olib qolib, o’ttiz to’qqiuztasini farzandlariga beradi... Sodda va buyuk Qadimgi musavvirlar farishtani g’odak qiyofasida tasvirlagani bejiz emas. Bola shu qadar soddaki, biz uning darajasiga tusha olmaymiz. Bola shu qadar buyukki, biz uning darajasiga yetolmaymiz! Qo’g’irchoq Bu odam loydan yasalgan qo’g’irchoqqa o’xshaydi. Zamon sal o’zgarsa, boshidan jinday Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 15 suv quyadi-da, loyini iylab-iylab, o’zini qaytadan yasab, boshqa qiyofaga kirib oladi… Qattiqroq yomg’ir yog’sa, balchiqqa aylanib ketadi-yov! Aql va mansab Aql bilan mansabga erishishish mumkin. Mansab bilan aqlga erishib bo’lmaydi. Yeb to’ymagan-yalab to’ymas Qadim zamonda ko’zi ojiz odam bo’lgan ekan. Albatta, ko’zi ojizlik ayb emas… Xullas o’sha odam tirikchiligi tang ahvolda qolgach o’ziga o’xshash so’qir bir tilanchiga shogird tushibdi. Gadoylik hunarining sirini o’rgatishni so’rabdi. - Bu hunarning uchta qoidasibor,-debdi ustozi.- Qayerda bo’lsa ham, qancha bo’lsa ham, kimdan bo’lsa ham olaverasan! Oradan ko’p yillar o’tibdi. Ustoz tilanchi hammomning issiq xonasida mudrab o’tirsa, yonbosh tomondan ovoz kepti: - Xayr qili-i-ing! -Esing joyidami?-debdi ustoz tilanchi. –Hammomda ham sadaqa so’raydimi? -Qayerda bo’lsa ham!-debdi boyagi ovoz. Ustoz tilanchining achchig’i chiqibdi. -Qanaqa betamizsan, yalang’och odamda pul nima qilsin? - Qancha bo’lsa ham! Ustoz tilanchi shogirdining ovozidan tanib qolibdi. - Hoy, badbaxt! Kelib-kelib o’z ustozingniham shilasanmi? - Kimdan bo’lsa ham!-debdi shogird tilanchi... Albatta, poraxo’r tilanchi emas. Poraxo’r avvaliga o’zini tiyib yuradi. “Insof” bilan oladi. Ammo bora-bora qayerda bo’lsa ham, qancha bo’lsa ham, kimdan bo’lsa ham olishga o’rganadi. Va... oxiri hammomga yalang’och kiradi... tag’in kim bilsin... Qaribchuruguncha umrguzaronlik qiladiganlari ham oz emas shekilli. O’rtadagi odam O’rtadagi odamga havas qilmang. Ham bolg’adan zarba yeydi, ham sandodndan. Teskari haqiqat Odam qancha ko’p qiziqsa, shuncha ko’p o’qiydi. Qancha ko’p o’qisa, shuncha ko’p biladi. Qancha ko’p bilsa, yashashi shuncha qiyin bo’ladi. Savob va gunoh Odamzotning tabiati qiziq: o’zining tariqdek savobi-tarvuzdek, tarvuzdek gunohitariqdek tuyuladi... Aldov Biz hammamiz-yolg’onchilarmiz. Ayting, qaysi biringiz aqalli biron marta go’dakka yolg’on gapirmaganman, deya olasiz? Go’dakni aldash eng katta yolg’ondir! Hamma ona - bir ona Amerika bilan O’zbekiston orasi o’n besh ming chaqirim. Avstraliya bilan Kanada orasi yigirma ming chaqirim. Ammo amerikalik senatorning xotini o’z farzandini o’zbekistonlik dehqonning xotinidan kamroq yaxshi ko’rmaydi. Avstraliyalik aborigen ayol o’z farzandini kanadalik millioner ayoldan ko’proq yaxshi ko’rmaydi. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 16 Buzilgan nikoh Uyni qonuniy bo’lishdingiz... Mol-mulkni qonuniy bo’lishdingiz... Muhabbat bo’laklandi... Sadoqat bo’laklandi... Bola-chi? Bolani qaysi qonun bilan bo’lashasiz? Onasi bilan bo’lsa, otasiz qolsa. Otasi bilan bo’lsa, onasiz qolsa... Yaxshisi, uniyam ikkiga bo’ling! Bir nimtasi-erga! Bir nimtasixotinga! Qani ko’taring boltani, bolaning uvoli tutgurlar! Eng sayroqi qush Bulbulning erkagi sayraydi. Odamning-ayoli. Notavon U xo’-o’-o’p o’qimishli, xo’-o’-o’p bilmdon, xo’-o’-o’p olim odam. Faqat bitta “juz’iy” kamchiligi bor: chin dildan kulolmaydi, chin dildan yig’lolmaydi... Tomsuvoq Qishloqda kuz pallasi tomsuvoq qilish udumi bo’lardi. Uning yozilmagan qoidasi bor. Birinchidan, hech kim tomini yolg’iz o’zi suvamaydi:hamma hasharga keladi. Ikkinchidan: beva-bechora, qo’li qisqa xonadonning uyi eng avval tomsuvoq qilinadi.keyin, navbatma-navbat davom etaveradi… O’qituvchimizning hashariga ayniqsa ko’p odam yig’ildi. Uyi katta yo’l yoqasida edi. Shundoq ko’cha chetidan loyhandaq qazilgan ekan. Somon, katta yo’lning ko’pchib yotgan tuprog’iga qovushib, obdon yumshabdi. O’qituvchimizning Azim aka degan qo’shnisiishboshi bo’ldi. Birov handaqqa tushib loy soberib turdi, birov paqirlab loy tashiydi, yana birov tomda turib, ilgak bilan tortib oladi, boshqasi hafsala bilan suvaydi… Erta peshindayoq hamma ishni qoyil qilib tashladik. Hovli o’rtasidagi tut tagida ovqatlanib o’tirsak, o’qituvchimning keksa onasi kelib qoldi. (Keyin eshitsak, bir hafta avval ko’zi yorigan qizinikiga ketgan ekan). Kampir hassasini do’qqillatib, to’ppa-to’g’ri o’qituvchimizning oldiga bordi. - Nima qilding?- dedi o’g’lining salomiga alik ham olmay.- Nima ish qilib qo’yding?! Hammamiz hayron bo’lib qoldik. Muallim o’quvchilarining oldida ayniqsa mulzam bo’ldi, shekilli, qizarib ketdi. - Nima qipman, oyi?-dedi ko’zlarini pirpiratib. -Dard!-kampir hassasi bilan yerninuqidi.- Sanga qachon aql kiradi, nodon bola!- Keyin azim akaga yuzlandi.- Bu-ku ahmoqlik qilishga qipti, siz qayoqda edingiz? Nega ko’chadan loy qildilaring?! Ko’chaning tuprog’iga tegib bo’ladimi, nobakor! Ko’pchilikning haqi-ku bu!- Bir zum harsillab turdi-da, to’satdan yig’lab yubordi.- Man yurtning haqiga suvalgan tom tagida turmayman!- Shunday dedi-yu, supa labiga borib, ters o’tirib oldi… … Hammamiz qaytadan tomga chiqdik… Suvoq qilishdan ko’ra loyni ko’chirish qiyin bo’larkan. Bitta qoldirmay, qirtishlab, tomdan tushirdik. Paqirlab tashib, ko’chadagi loyhandaqni to’ldirib qo’ydik… … Oradan yillar o’tib, kampir ko’z yumganida tumonat odam uni o’sha ko’chadan so’nggi manziliga ko’tarib bordi… Ko’cha tuprog’i iliq edi… Mayin edi… Qarz Bolam bemehr chiqdi, deb, ko’p ham o’kinmang. Balki, sizga adolatsizlik bo’lib Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 17 tuyulayotgan narsaning o’zi adolatdir… Siz ota-onangizdan olgan qarzni bolangizga berasiz. Bolangiz o’zining bolasiga… Hayot zanjiri uzulmasligi kerak-ku… Qizilishton Bola edim… Kuz edi… so’rida dars qilib yotibman. Ammam bir burchakda mudrab o’tiribdi... Osmonda mezonlar uchadi. Qondek qizargan tok barglari ohista chayqaladi. O’rik xazonlari unsiz pirpirab to’kiladi. Bog’ tomondan yakkash bir sado keladi: “tuk-tuktuk, tuk-tuk-tuk”. G’ashga tegadi. Xayolingni qochiradi… oxiri bo’lmadi, ammamdan so’radim: - Nima, u, amma? Ammam chochib, ko’zini ochdi. - Nimani so’raysan, bolam? -Anavi to’qillatayotganni-da, nima o’zi? Ammam bir zum quloq solib turdi. Keyin nosini tupurib, jilmaydi. - Qizilishton-ku! -Nega hadeb to’qillatadi? Jonga tegdi-ku? - Unaqa dema, bolam,- dedi ammam xo’rsinib.- Xudo uni shunga yaratgan, daraxtning qurtini yeb tozalaydi...- Uzoq jim qoldi-da, qo’shib qo’ydi.- Qaniydi, Olloh odamzotning ko’nglidagi qurtlarni tozalaydigan shundoq jonivor yaratsa. Hamma jannatga tusharmidi... Omonatga xiyonat Umr tangrining odamzotga o’lchab bergan omonatidir. Biz esa ko’pincha, uni behuda o’tkazib, omonatga xiyonat qilamiz. Yovvoyilar Mo’g’ullar Movarounnahrni bosib, qirg’in qilganida bir ayol tirik qolishning yo’lini topibdi. Bosqinchiga aytibdi: - Men bahosi yarim jahonga teng bir gavharni yutib yuborganman. Meni o’ldirmay, uchto’rt kun sabr qilsang... Shunda mo’g’ullar o’sha qishloqdagi hamma xotinlarning qornini yorib, gavhar izlagan ekan... Sho’rlik yurtim! Ne balolar kechmadi boshingdan! Mehr Quyosh buloq suviga ham, mag’zavaga ham baravar nur sochaveradi. Yer chuchmomani ham, chaqirtikanakni ham baravar o’stiraveradi. ... Ota-onaga bolaning yaxshi-yomoni yo’q... Ilon Ko’p yillar avval Missisipi sohillarida dunyodagi eng katta ilon-anakondani tutib o’ldiribdilar. Uzunligini o’lchayman, deb harchand urinsa ham eplay olmabdilar. Ilonning jasadi, nuqul buklanib qolarmish... Odamlar ham qiziq. Muttasil egri yurgan mahluq o’lganidan keyin to’g’ri bo’ldi nima-yu, bo’lmadi nima? Yo’qchilik va to’qchilik Bir narsaga hech tushunmayman: kitob o’qiydiganlarda pul yo’q. Puli ko’plar kitob o’qimaydi. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 18 Tebranma dunyo Mehr-yaxshilik, qahr-yomonlik belgisi, degan gap bor... Teskarisi bo’lsa-chi? Tasavvur qiling. Bir nomard, begunoh odamni o’ldirdi. Siz mehr ko’rgizib, uni jazodan saqlab qoldingiz. U ertasiga boshqa bir begunohni o’ldirdi. Sizning mehringiz yaxshilikka emas, yomonlikka sabab bo’ldi… Dunyoda soat kapgiridek tebranib turadigan haqiqatlar ham bo’ladi… Ildiz Nuqul o’tmishidan noliydigan odam kelajagini barbod qilishi mumkin. O’z ildizini inkor qilgan daraxt qurib qoladi. O’lchov Umr o’lchovi yolg’iz Ollohga, mazmuni esa ko’p jihatdan insonning o’ziga bog’liq. Bolalik va keksalik Bolalikda dunyo keng-u kiyim tor. Keksayganda kiyim keng-u dunyo tor… Odob Farzandga oson tutmang. Otaning yuziga tik qarolmaydi. Otaga oson tutmang. Farzandiga dardini ayta olmaydi. Aql yoshda emas Yoshligida aqli raso odam keksayib, “annaqaroq” bo’lib qolishi mumkinmi-yo’qmi, unisini bilmadim-ku, ammo yoshligida “annaqaroq” odam keksayganda aqli raso bo’ladi, desalar... Bilmadimov. Tiriklar va o’liklar Vaqti-vaqti bilan qabristonga borasiz. Ajdodlaringiz boshida turib o’tganlar ruhini xotirlaysiz... Keyin... o’z yumushingiz bilan ketasiz. Shoshilmang. Dunyo ishi bitganmas... iloji bo’lsa, qabristonni osoyishta aylaning. Shunda... g’alati holat ro’y beradi. Marhumlar sizga ko’-o’-o’p narsalarni aytadi... Ishoning, o’liklar tiriklardan ko’ra teranroq fikrlaydi... Ne’mat Ayollar! Yig’lab ko’nglingizni bo’shatishdek ne’matni ato etgani uchun Yaratganga shukronalar qiling! Majnuntol va qamish Majnuntolning bosh egib sukut saqlashi donoligi va chayirligidan. Qamishning g’oz turib shovullashi nodonligi va mo’rtligidan... qiziq, ikkalasi ko’pincha yonma-yon o’sadi... Nur va soya Olloh insonni eng mukammal, eng mukarram zot qilib yaratgan. Bas shunday ekan, yomon odamlar qayoqdan paydo bo’ladi? Nachora nur bor ekan, soya ham bo’laveradi. Buyog’I o’zingizga bog’liq: xohlang nur bo’ling, xohlang-soya… Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 19 Oy va quyosh Oy quyoshdan nur oladi. Quyosh qancha yorqin porlasa, oy shuncha tiniqlashadi. Erkak qancha mehr bersa, ayolning husni shuncha ochiladi… Jinoyat O’z ko’nglidagi mehrni o’ldirish odam o’ldirishdan og’irroq jinoyatdir. Negaki har qanday razillik bemehrlikdan boshlanadi. Boy va kambag’al Boy gerdaysa-salobat. Kambag’al ta’zim qilsa-xushomad. Boy gapirsa-donolik. Kambag’al sukut saqlasa-nodonlik. Boy “Mersedes” olsa-kamtarlik. Kambag’al velosiped olsa-manmanlik. Boy jinoyat qilsa-“sho’xlik”. Kambag’al sho’xlik qilsa-jinoyat. Boy o’lsa-motam. Kambag’al o’lsa-“bandalik”... Amalparast Echkidek amalga mingan edi, fil ustida o’tirgandek bosar-tusarini bilmay qoldi. Amaldan tushganida fildan yiqilganidek suyaklari sochilib ketmasa deb qo’rqaman! Mahalliychilik Mahalliychilik-millatchilikning nikohsiz tug’ilgan bolasi, shovinizmning nikohsiz tug’ilgan nevarasidir! Biri kam dunyo Bola tug’dirganlarning hammasi ham Ota bo’lavermaydi. Bola tuqqanlarning hammasi ham Ona bo’lavermaydi. Bolaning hammasi ham farzand bo’lavermaydi… Ustoz Ustoz otangdan ulug’, deganlari bejiz emas, Ota hayot beradi. Ustoz esa yashashga o’rgatadi. Tug’ilish oson, yashash qiyin… Husn Yo’lbars boshqa ov topolmasa, daraxtning pastak shoxiga qo’nib turgan tovusni dumidan tutib yer ekan… Ortiqcha husn boshga bitgan balo bo’ladi, deganlari shu bo’lsa kerak… Ilg’or tajriba Odamlar “bozor munosabati” ni baliqdan o’rgangan. Kattasi kichigini yeyaveradi... Adolat Adolat bitta bo’ladi, deyish soddalikdir. Adolatning qiyofasi ming xil bo’lishi mumkin. Buunga qayoqdan qarashga bog’liq. Xazina Dunyoda eng bebaho, ammo hamisha tekinga tarqatiladigan xazina bor. Bu- Ona mehri... Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 20 Do’st Do’st degani daraxt yaprog’iga o’xshaydi. Bahor chog’i-behisob. Kuz kelganda-sanoqli. Yoshlik chog’i-behisob. Keksayganda-sanoqli... Vatan tuyg’usi Qaysi yurtda non arzonroq bo’lsa, o’sha yerga ko’chib yuradigan odamda Vatan tuyg’usi bo’lmaydi. Dono va nodon Dono nodondan o’zini bir pog’ona quyi tutsa, hayron bo’lmang. Taroning yukli pallasi bo’sh palladan pastroqda turadi. Orzu Qani endi, qaytadan go’dakka aylanib qolsang-da, o’ylaganingni qo’rqmasdan aytaversang. FARZANDLARIMGA O'GITLAR Uchrashuvlarda bir savolni ko’p berishadi: “O’zingiz uchun eng qimmatli asar qaysi?” Ko’pincha yarim hazil bilan javob qilaman: “Mening ikkita qimmatli “asarim” bor: biri-o’glim, biri-qizim!” Senlar menga Xudo bergan eng bebaho boyliksan… Shu bois, diqqat bilan eshit! * * * Bir narsani orzu qilaman. Bu dunyoda men qilgan yaxshi ishlardan aqalli bitta ko’proq yaxshilik qilsang… Bu dunyoda men qilgan xatolardan aqalli bitta kamroq xato qilsang… * * * Hech qachon Osmonga tupurma! Osmon qahrli. Tupuging yuzingga qaytib tushadi! Hech qachon Yerga tupurma! Yer mehrli: tupuging yuzingga sachraydi. Ammo shu Yer seni ko’ksida ko’tarib yuradi! * * * Iloji bo’lsa, mening kasbimni tanlama. Yozish qiyin. Haqiqatni yozib, barchaga baravar ma’qul qilish undan ham qiyin... * * * Yomonning yaxshisi bo’lgandan yaxshining yomoni bo’l. yomondan-yomonlik yuqadi. Yaxshidan-yaxshilik. * * * Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 21 Rost gapir. Rostgo’y odam jasur bo’ladi. * * * Dushmaningdan qo’rqma, dushmanga aylangan do’stingdan qo’rq. Dushman bilsa bitta ojiz tomoningni biladi. Dushmanga aylangan do’st esa mingtasini. * * * Qo’lingdan kelmaydigan ishga va’da berma. Qo’lingdan keladigan ishga ham va’da berma. Qo’lingdan kelmaydigan ishga va’da bersang, uyatga qolasan. Qo’lingdan keladigan ishni esa, va’da bermasdan bajarsa ham bo’laveradi… * * * Hech kimga hasad qilma. Hasadgo’y hech nimaga erisholmaydi. Faqat o’zgani ham, o’zini ham abgor qiladi. * * * Obro’ topishning eng to’g’ri yo’li-kamtarlik. * * * Yomonlikka yaxshilik bilan javob bersang, bir hissa savob olasan. Yaxshilikka yomonlik bilan javob bersang, o’n hissa gunohga botasan. Negaki, bu dunyoda yomonlikka yaxshilik qiladiganlardan ko’ra yaxshilikka yomonlik qiladiganlar o’n hissa ko’p. * * * Deraza-oynadan yasaladi. Ko’zgu ham. Farqi shuki, ko’zgu o’zingni o’zingga ko’rsatadi. Deraza esa hammasini ko’rib turadi-yu, o’zini ko’rmaganga soladi… Ko’zguga ko’proq qara! * * * Mabodo qachondir mansabdor bo’lib qolsang, bilib qo’y: amal kursisida o’tirganingda kim eng ko’p tovoningni yalasa, kursidan tushganingda o’sha birinchi bo’lib sendan yuz o’giradi! * * * “Oshsiz uy bor, urishsiz uy yo’q” deydilar. Oilangda janjal chiqsa, eng avval farzandlaringni o’ylab ish qil! * * * Hech kimga yomonlik sog’inma. Hatto dushmaningga yomonlik tilasang bir chekkasi o’zingga qaytib keladi. Negaki olam bus-butundir. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 22 * * * Ayol-gul. Erkak-bog’bon. Sen gulni xor qilsang, uni o’zga bog’bon siypalaydi… erkakbog’bon. Ayol-gul. Sen bog’bonga tikan sanchsang, u o’zga gulni siypalaydi… ikki o’rtada sening mevang yetim qoladi. Xudo shundan asrasin! * * * Bu dunyoda hamma narsaning javobi bor deydilar. To’g’ri gap1 ammo bu dunyoda javob qilinmaydigan narsalar ham bo’ladi. Sen birovga yaxshilik qilsang, javobini kutma. Undan qaytmasa, boshqadan qaytadi. Birov senga yomonlik qilsa javob berma. Sendan qaytmasa, boshqadan qaytadi! * * * Menga yuz marta ozor bersang, kechirishim mumkin. Onangga bir marta ozor bersang, kechirmayman: onang senga mendan ko’ra yuz hissa ko’p mehr bergan! * * * Noningni yo'qotsang yo'qot, nomingni yoqotma! URUSHLAR HAQIDA Insoniyat tarixi-urushlar tarixidan iborat. Ertaklarda-urush. Dostonlarda-urush. Kitoblarda-urush. Kinolarda –urush... Tabaqalar urushi. Fuqarolar urushi. Mamlakatlar urushi. Jahon urushi. Olimlarning hisob-kitoblariga qaraganda, so’nggi olti ming yil ichida Yer kurrasida 5700 marta urush bo’lgan ekan. (Mayda-chuyda qabilalar janjali bu hisobga kirmaydi). Yana o’sha olimlarning aytishicha, odamzot o’rtacha oltmish yil umr ko’rarkan. Bundan chiqdi, insonbolasi hayoti davomida 57 yil urush qilib, uch yil “dam olar” ekan. Astag’firulloh! Biz kimmiz o’zi?! * * * Urushda g’olib va baxtli podshoh, g’olib va baxtli qo’shin, g’olib va baxtli davlat, g’olib va baxtli tuzum bo’lishi mumkin. Ammo, g’olib va baxtli odam bo’lmaydi. Negaki, urush odamni odam o’ldirishga majbur qiladi. Odam o’ldirgan odam esa hech qachon baxtli bo’lmaydi! * * * Urushning yaxshisi bo’lmaydi. Ammo eng dahshatli urush-fuqarolar urushi. Negaki, u avloddan avlodga “meros” o’tib, abadiy davom etadi! * * * Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 23 Urush bilan besh ukunda bitadigan muammo tinchlik bilan besh yilda bitsa, ikkinchi yo’lni tanlash kerak! * * * Bir zamonlar urushda askar o’lsa-o’lgandir. Hozirgi urushda qurol ko’targandan ko’ra qurol ko’tarmagan ko’proq qiriladi. Zamonaviy qurollar okop bilan bolalar bog’chasining, aedrodrom bilan tug’ruqxonaning farqiga bormaydi! * * * Inson-aqlli. Inson-donishmand... shu qadar donishmandki, xat-savodi chiqmay turib omoch o’ylab topdi... G’ildirak ixtiro qildi. Narvon... Keyin suvda suzdi. Osmonda uchdi. “ Oynai-jahon”ni yaratddi... ko’p bedavo dardlarga shifo topdi. Qadami Oygacha yetdi... Inson- aqlli. Inson-donishmand... Shu qadar “donishmand”ki, bir zarb bilan butun boshli shaharni kultepaga aylantiradigan atom bombasini o’ylab topdi. Shu qadar “donishmand”ki, bir zarb bilan butun boshli mamlakatni yer bilan yakson qiladigan vodorod bombasini yaratdi. Shu qadar “donishmand”ki, bir zarb bilan million odamni, mol-holni, qurt-qumirsqani qirib tashlab, “jonsiz” boyliklarga- uy-joy, mol-mulk, oltinkumush, temir-tersakka ziyon yetkazmaydigan “aqlli” neytron bombasini kashf etdi... Shu qadar “donishmand”ki, bir tomchisi havoga purkalsa, yetmish odamni til torttirmay o’ldiradigan “U-X” degan zaharni ixtiro qildi va ...o’sha zahri-qotilning 15 ming tonnasini g’amlab qo’ydi... Bu qurol bilan yetti yuz milliard odamni qirib tashlash mumkin ekan! Holbuki, Yer kurrasida besh milliard odam yashaydi… …Inson-aqlli. Inson-donishmand. Inson- telba! * * * Odamxo’rlik-kannibalizm, besh asr avval barham topgan, deydilar… Unday emas. Modomiki, yer yuzida urush balosi bor ekan, shuning o’zi odamxo’rlikdir. * * * Urush degan palakatni, ko’pincha, kaltafahm siyosatdonlar o’ylab topadi. To’nkamijoz generallar boshlaydi. Jabrini esa begunohlar tortadi. Begunoh askar. Begunoh ota. Begunoh ona. Begunoh kelin. Begunoh go’dak… SAKKIZINCHI MO'JIZA Qalamkashga qishloqning qalbi, shaharning aqli kerak. * * * Badiiy ijod shunday daraxtki, shoxida umuminsoniy mevalar yetiladi, ildizi esa milliy zaminda yotadi. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 24 * * * Adib qaysi tilda asar yozsa, o’sha xalqning yozuvchisi hisoblanadi. Bu o’rinda millatning daxli yo’q. * * * Yozuvchilik-ikki foiz talant, to’qson sakkiz foiz mehnatdir, degan gap to’g’ri bo’lsa, dunyodagi hamma chumolilar yozuvchi bo’lardi! * * * Haqiqiy dengizchi ummonda o’zini qanchalik erkin his qilsa, haqiqiy yozuvchi ham so’zlar ummonida shunchalik erkin suzishi kerak. To’rtta jumla yozmay turib, u yog’iga so’z topolmay qoladigan odamdan yozuvchi chiqmaydi. * * * Iztirob chekib yozilgan asar rohat qilib o’qiladi. * * * Tasavvur qiling: siz tasviriy san’at muzeyiga kirdingiz. Polotnolardagi ranglarni, odamlarning qiyofasini ko’zingiz bilan ko’rib, hayajonga tushasiz. Tasavvur qiling: siz magnitafonda muzika tinglayapsiz. Cholg’u ohanglari, xonandaning ovozini qulog’ingiz bilaneshitib, hayajonga tushasiz… endi tasavvur qiling: siz kitob o’qiyapsiz. Oq qog’ozda qora chiziqlar-harflardan bo’lak hech qanaqa rang yo’q. hech kim kuy ham chalmaydi. Ammo asarni o’qishga kirishishingiz bilan ko’z o’ngingizda rangin manzaralar paydo bo’ladi. Qulog’ingiz ostida ajib ohanglar jaranglay boshlaydi. O’zingiz bilmagan holda qattiq hayajonga tushasiz… Hech shubhasiz, badiiy adabiyot-dunyodagi sakkizinchi mo’jiza! * * * U- zo’r ijodkor. Shunchali “polvon”ki, qayoqqa borsa, bir qop “paxta” orqalab yuradi. * * * O’z xalqi tanimagan, o’z xalqi sevmagan yozuvchini jahon kitobxoni sevishiga ishonmayman. * * * Qog’oz oq bo’lgani uchun unga So’z bitadilar. Paytava kr bo’lgani uchun unga So’z bitib bo’lmaydi. Qog’oz pok bo’lgani uchun zarracha cho’g’ tushsa, yonib ketadi. Paytava kir bo’lgani uchun tutaydi-yu, yonmaydi. Yozuvchi bo’lish uchun iste’dodning o’zi kamlik qiladi. Qalbi qog’ozdek oq, qog’ozdek yonadigan odamdangina chinakam yozuvchi chiqadi. * * * Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 25 Shoir har kuni aqalli bitta she’r yozishi kerak, adib har kuni aqalli bitta sahifani to’ldirishi kerak, degan gaplar yuradi. Chindan ham tikuvchi har kuni aqalli bitta ko’ylak tikadi. Oshpaz har kuni aqalli bir qozon osh damlaydi. Novvoy har kuni aqalli bir tandir non yopadi… shaunday ekan, shoir nega har kuni aqalli bitta she’r yozmasligi kerak? Shunaqa-ku… Tikuvchi do’kondan tayyor mato olib, tayyor bichim bilan ko’ylak tikadi. Oshpaz bozordan tayyor masalliq olib, tayyor qozonda osh damlaydi. Novvoy kappondan tayyor un olib, tayyor tandirda non yopadi… Qalamkash esa, “mato” bilan “bichim”ni ham, “masalliq” bilan “qozon”ni ham, “un” bilan “tandir”ni ham o’zi yaratishi kerak. Boshqalar bor joydan bor qilsa, ijodkor yo’q joydan bor qiladi. Buning uchun esa, Xudo bergan iste’dod, Xudo ko’ngliga slogan ilhom kerak! * * * Yozuvchi o’zi his qilgan hamma narsani to’la to’kis qog’ozga tushira olmaydi. Kitobxon qog’ozga tushira olmaydi. Kitobxon qog’ozga tushganlarning hammasini to’la-to’kis his qilolmaydi. Binobarin, kitob yozayotgan qalamkash hayajoni kitob o’qiyotgan o’quvchi hayajonidan o’n karra kuchliroq bo’ladi. Asar o’qiyotganingizda jinday tabassum qilsangiz, bilingki, o’sha sahifalarni qalamkash rostmana kulib yozgan. Kitob o’qiyotganingizda ko’zingizga bir qatra yosh kelsa, bilingki, qalamkash o’sha sahifalarni rostmana yig’lab yozgan. * * * Asar binoga o’xshaydi. Faqat bino g’ishtdan quriladi, asar esa so’zdan. Endi bir narsani tasavvur qiling: bitkazilgan binodan bitta g’ishtni sug’urib olsangiz, uning husniga shikast yetadi. O’nta g’ishtni ko’chirsangiz, bino bosib qoladi… Shunday asarlar borki, butun-butun jumlalarni olib tashlasangiz ham, yuzta so’zni o’chirsangiz ham, mingtasi o’rnini almashtirsangiz ham hech nima o’zgarmaydi… Bunaqangi “asar” bino emas, vayronadir! * * * Talantsiz yozuvchi tovuqqa o’xshaydi. Yong’oqdek tuxum tug’adi-da, qaqog’lab olamni buzadi! * * * Ijod-yuz metrli masofani kim o’zarga yugurib o’tiladigan sprinterlik musobaqasi emas, uzoq va mashaqqatli yo’ldir. * * * Bir hamkasbim nolidi: -Bugungi kitobxon nodon, savodsiz. Mening qadrimni biladiganlar yuz yildan keyin tug’iladi. Men yupatdim: - Gapingiz to’g’ri… Faqat uni notariusdan tasdiqlatib, po’lat sandiqqa solib qo’ying… yuz yildan keyin so’zingizga guvoh topishingiz mushkul… Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 26 * * * Ikkita eng xolis hakam-Kitobxon va Vaqt sinovidan o’tgan asar haqiqiy asardir. * * * Uchta bolasi bilan xotinini tashlab ketti-da, “Bolalar baxtini o’ylang” deb shig’ir yozdi. Qoyilley, shovvoz! * * * Adiblar ulug’ yozuvchi Abdulla Qahhorning ushbu so’zlarini ijodxona peshtoqiga yozib qo’ysalar arziydi. “Adabiyot atomdan kuchli.uning kuchini o’tin yorishga sarflamaslik kerak!” Munaqqidlar ustoz Ozod Sharafuddinovning ushbu so’zlarini shior qilib olsalar arziydi. “Tanqidchi ijod bog’iga bolta emas, tokqaychi ko’tarib kirishi kerak!” * * * Dehqon tajribasi oshgan sayin yumushi yengillashadi: ko’p hosil oladi. Quruvchi tajribasi oshgan sayin yumushi yengillashadi: chiroyli imorat quradi. Jarroh tajribasi oshgan sayin yumushi yengillashadi: yaxshi operatsiya qiladi… Ijodkor tajribasi oshgan sayin yumushi og’irlashadi. Uning o’zini takrorlashga haqqi yo’q! * * * Haqiqat havoga o’xshaydi. Rangini ko’rmaysiz. Ovozini eshitmaysiz. Hidini bilmaysiz… Ammo bir lahza havosiz qolsangiz, bo’g’ilib ketasiz. Kitob ham shunday. Yolg’onga duch kelgan kitobxon bo’g’ilib ketadi. * * * Iste’dodlilar hadeganda qovusha qolmaydi. Ular yulduzga o’xshaydi. Har bir yulduzning o’z mehvari bo’ladi. Yulduzlar bir-birini inkor etmaydi. Ammo bir-birining mehvariga kirmaydi ham. Iste’dodsizlar esa bir zambil shag’aldek gap. Darrov to’dalashadi. To’da bo’lib jim yotsa-ku, mayli… Baraka topgurlar iste’dodlilarga tosh otaverib bezor qilgani chatoq… * * * Hamkasblarim meni kechirsin-ku, ba’zi qalamkashlar varrakka o’xshaydi. Shamol qayoqqa essa, o’sha yoqqa qarab, shox tashlaydi. Shamol qancha qattiq essa, dumini shuncha shitob bilan likillatadi. Qancha havolansa, dardaragi shuncha qattiq varillaydi. * * * “Muhabbat” degan so’z hamma tillarda bor. Inglizlarda-“Lav”, nemislarda-“Libe”, lotin tilida “Amor”, rus tilida “Lyubov”... “Lyubov k Rodine”, “Lyubob k jenshine”, “Lyubov k materi”... Albatta, barcha tillarda bu so’zning bir necha xil ifodasi ham bor. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 27 Ammo o’zbek tilida “Muhabbat” degan so’z shu qadar rango-rang ma’nolarga egaki, hayratda qolasiz! “Yoqtirib qolmoq”, “Ko’ngil bermoq”, “Moyil bo’lmoq”, “Xushtor bo’lmoq”, “Oshufta bo’lmoq”, “Dil bermoq”, “Bedil bo’lmoq”, “Mubtalo bo’lmoq”, “Maftun bo’lmoq”, “Mahbub bo’lmoq”, “Oshiq bo’lmoq”, “Yaxshi ko’rmoq”, “Ishq”, “Ishqi tushmoq”, “Ishqi foniy”, “Ishqi boqiy”, “Sevgi”, “Muhabbat”, “Mehr” va hokazolar... Tabiiyki, bular orasida boshqa tillardan kirganlari ham bor. Biroq ularning barchasi- teng huquqli o’zbek so’zlari! Gap faqat bunda ham emas. Bu iboralarning hammasi umumma’noni anglatadi va ... har biri alohida ma’no tashiydi! Mumtoz adabiyotda “ishq” so’zining o’zi ikki xil ma’noni ifodalaydi. “Ishqi foniy”- mahbubaga nisbatan sevgi. “Ishqi boqiy” –Tangrining diydoriga yetish... Bugungi kunimizga kelsak... Boshqa tillarda uchrashi mushkul bo’lgan g’alati holatlarni ko’ramiz. “Vatanga moyil bo’lmoq” degan ibora kulgili tuyuladi. “Vatanni sevmoq” deyiladi. “Ota sevgisi” degani shakkoklikka o’tib ketadi. “Ona ishqi” degani gunoh hisoblanadi. Farzandning onaga “Xushtor bo’lmog’i” do’zaxiylik sanaladi. “Ota-ona mehri”, “Farzandning ota-onani yaxshi ko’rishi”, “Farzand mehri” deyiladi... Shunday qilib, “Yoqtirib qolmoq” bilan “Ko’ngil bermoq”, “Ko’ngil bermoq” bilan “Oshiq bo’lmoq”, “Oshiq bo’lmoq” bilan ”Sevmoq”, “Sevmoq” bilan “Muhabbat”, “Muhabbat” bilan “Yaxshi ko’rmoq”, “Yaxshi ko’rmoq” bilan “Mehr” orasida uzoq, juda uzoq masofa bor... Tilimiz naqadar rango-rang! Tilimiz naqadar boy! * * * U yovvoyi gul edi: dashtda tugildi. Bahor yomg’irlari shivirlagan pallada yerni tirmalab, yorug’ dunyoga chiqdi. Barq urib o’sa boshladi. Biroq... Qurg’oqchilik boshlanib, yer toshdek qotdi. U jizg’anak bo’lib, so’ldi. Ustiga-ustak allaqanday mol uni toptab o’tdi... Ketidan achchiq-achchiq shamollar esdi. Qor yog’di... Tamom! ... Ammo u tirik edi! Yana bahor keldi. Ilq-iliq yomg’irlar yog’di. U jamiki ko’rgiliklari evaziga qaytadan bosh ko’tardi. Qaddini rostlab yana barq urib o’sdi. G’uncha tugdi... olov parchasidekyal-yal yondi. Shu qadar muattar bo’y tarata boshladiki, hamma hayratdan yoqa ushladi!... Shunda... Uni ko’chirib keltirdilar-da, qimmatbaho tuvakka solib, uyning to’riga keltirib qo’ydilar. Qandoq yaxshi! Qurg’oqchilik qovjiratmaydi. Mol toptamaydi. Izg’irin shamollar vujudini qaqshatmaydi. Boshiga qor yog’maydi... Hammaga ko’z-ko’z qiladilar... Shunaqa-ku... Negadir u endi muattar bo’y taratmay qo’ydi... Oradan kun o’tdi... Hafta o’tdi... Oy o’tdi... ... Uni uloqtirib yubordilar-da, qimmatbaho tuvakka boshqa gul keltirib o’tqazdilar... * * * - Iste’dodsiz iste’dodsizni yomon ko’rsa nima bo’ladi?-Hech nima bo’lmaydi! _ Iste’dodsiz iste’dodlini yomon ko’rsa nima bo’ladi? - Hech nima bo’lmaydi! Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 28 -Iste’dodli iste’dodsizni yomon ko’rsa nima bo’ladi? - Hech nima bo’lmaydi. -Iste’dodli iste’dodlini yomon ko’rsa nima bo’ladi? - Fojia bo’ladi! * * * Ko’pchilik qalam ahlining bitta ojizligi bor: hammasi-“birinchi”! Holbuki, kim “birinchi”, kim “yuzinchi”, kim umuman “hech nechanchi emas”- kitobxon hal qiladi. * * * Yozuvchining o’quvchiga aytadigan dardi qancha kuchli bo’lsa, asar tili shuncha biyron bo’ladi. * * * Bolta bilan qalam bir-biriga o’xshaydigan buyumlar emas. Ammo xizmati jihatidan anchayin yaqin turadi. Bolta- qotil qo’lida o’lim quroli. O’tinchi qo’lida mehnat quroli. Hunarmand qo’lida san’at quroli. Qalam-hasadg’oy qo’lida o’lim quroli. Savodxon qo’lida mehnat quroli. Iste’dod qo’lida san’at quroli. * * * Qadimgi kimyogarlar oltinning sof yoki qalbakiligini aniqlash uchun mohaktosh qo’llar ekanlar. Yozuvchining so’zi mohakka o’xshaydi. Bir og’iz Rosti uchun minglarning duosini oladi. Bir og’iz Yolg’oni uchun minglarning qarg’ishiga qoladi… qalamkashning buyuk baxti ham, buyuk baxtsizligi ham shunda! * * * Chinakam asar tug’ilmasdan oldin uning ohangi, muzikasi paydo bo’ladi. Bu- g’oya emas, syujet ham emas, aynan OHANGdir. Mana shu ohang adibni qo’lidan sudrab kelib, stolga “mixlab” qo’yadi. Asarning joni degani shu bo’lsa kerak. * * * Tanqiddan bezor bo’lgan shoir aytibdi: -Siz nuqul birovlarning asarlarini tanqid qilasiz. O’zingiz bironta she’r yozganmisiz? Tanqidchi aytibdi: - Men kunora tuxum yeyman. Ammo uning mazasini bilish uchun o’zim tuxum tug’ishim shart emas. Shoir aytibdi: - Men ham kunora odamlar haqida she’r yozaman. Ammo odamni bilish uchun kunora uning go’shtini yeyayotganim yo’q-ku! * * * Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 29 Hech o’ylab ko’rganmisiz? Nima uchun eng teran falsafiy asarda ko’pincha telba qatnashadi. Nima uchun eng jiddiy asarda masxaraboz o’ralashib yuradi? Faylasufning yeti uxlab tushiga kirmagan dono fikrni telba bilmaydi, deb o’ylaysizmi? Dunyoning ustuniman, deb yurgan azamatlar o’ylashga ham qo’rqadigan haqiqatni masxaraboz aytmaydi, deb o’ylaysizmi? * * * Olimlar hisoblab chiqishgan. Pushkin o’z asarlarida 21 ming 197 ta betakror so’z ishlatgan. Shekspir salkam 20 mingta, Servantes 18 mingga yaqin, Alisher Navoiy esa 1 million 378 ming 600 ta betakror so’z ishlatgan. Boisi, buyuk bobomiz faqat turkey emas, forsiy, arabiy, urdu, xitoy, mo’g’ul va boshqa tillardagi so’zlardan ham mahorat bilan foydalangan. * * * Hasad o’sib o’sib g’arazga, g’araz-fitnaga aylanadi. Fitna esa har qanday razolatning onasidir. * * * Hasadg’oyning fikrlash tarzi g’alati. “Agar falonchi bo’lmaganida mening ishim yurishib ketardi”, deb ichidan ezilaveradi. Boshqa jabhalarni bilmadim-ku, lekin ijob sohasida bu bema’ni xomxayol. Ijod amal kursisi yoki davlat kvartirasi emaski, birovning o’rnini birov egallasa. Kitobxon mehrini zo’ravonlik qilib ham, tilanchilik qilib ham olib bo’lmaydi. * * * Shuhrat-yoqimli, ammo aldamchi narsa. U tog’ cho’qqisiga o’xshaydi. Qancha baland ko’tarilsangiz, shuncha ko’zingiz tinadi. Hushyor bo’ling! Bitta nojo’ya qadam qo’ysangiz, jarlikka uchib ketishingiz aniq! * * * Maktab o’qituvchisining So’zi o’ttiz bolaga yetib boradi. Dorilfunun domlasining So’zi yuz talabaga yetib boradi. Notiqning So’zi ming tinglovchiga yetib boradi. Qalamkashning So’zi bir yo’la o’n ming, yuz ming kitobxonga yetib boradi. Demak, uning so’z mas’uliyati ham boshqalarnikidan ming hissa ortiqroqdir. * * * Yozuvchi o’zi his qilgan hamma narsani qog’ozga to’la-to’kis tushira olmaydi. O’quvchi kitobdagi hamma narsani to’la-to’kis his qilolmaydi… kitob o’qiyotganingizda bir marta jilmayib qo’ysangiz, bilingki, yozuvchi o’sha satrlarni rosmana kulib yozgan. Ko’zingizga bir qatra yosh kelsa, bilingki, yozuvchi o’sha satrlarni rosmana yig’lab yozgan… Har qanday muhim g’oya ham inson qismatiga aylanmasa, quruq gap bo’lib qolaveradi. * * * Daftar hoshiyasidagi bitiklar. O’tkir Hoshimov www.ziyouz.com kutubxonasi 30 Modomiki talantsizlar yovuz niyatda bir-biri bilan til topishar ekan, talantlilar ham yaxshi niyatda birlashmog’i lozim. * * * Iste’doli adib hayotida ikki marta xatarli bosqichdan o’tadi. Birinchisi - nimaki yozmasin chiqarishi mushkul palla. Ikkinchisi- nimaiki yozmasin, chiqarishi oson bo’lgan palla. U birinchi bosqichdan omon-eson o’tadi. Ammo ikkinchi bosqichdan o’tishi og’ir, juda og’ir… * * * Katta iste’dod avval xalq e’tiborini, keyin xalq muhabbatini va nihoyat xalq e’tiqodini qozonadi. Aslida mana shu uch bosqichning har bittasi bir umrga teng.
| |
| |
Просмотров: 1220 | |
Всего комментариев: 0 | |