18:13
Windows 10 o‘rnatilgan kompyuterlar soni 270 mln donaga yetdi
Windows 10 operasion tizimi o‘rnatilgan kompyuterlar soni 270 mln donaga yetdi. Bu haqda Microsoft vise-prezidenti, Windows&Devices bo‘limi boshlig‘i Terri Mayerson Microsoft Build 2016 konferensiyasi vaqtida ma’lum qilgan. «Windows 10 operasion tizimi Windows tarixidagi eng muvaffaqiyatli yangi tizim bo‘ldi. Tizim ishga tushganidan boshlab bugungi kungacha undan foydalanishni boshlagan kompyuterlar soni 270 mln donaga yetdi. Bu shu vaqt mobaynida Windows 7 tizimi yangi chiqqanida o‘rnatilganidan 145 foizga ko‘proq deganidir», - deya ta’kidlab o‘tgan Mayerson. Mayersonning aniqlik kiritishicha, Windows 10 ishga tushirilganidan boshlab hozirgacha foydalanuvchilar 75 mlrd soat mobaynida ushbu tizim xizmatlaridan foydalanishgan.
Категория: Texnologik yangiliklar | Просмотров: 853 | Добавил: musicfm | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]