18:26
Turkiya sanksiyalar va turk biznesiga bosim tufayli Rossiya bilan sudlashadi
Turkiya Rossiya tomonidan sanksiyalar joriy etilishi va mazkur mamlakatda turk biznesiga nisbatan bosim o‘tkazilayotgani munosabati bilan Butunjahon savdo tashkilotiga shikoyat yo‘llash hamda xalqaro sudlarga murojaat etishga qaror qildi. Bu haqda Turkiya iqtisod vaziri Mustafo Elitosh bildirgan, deya xabar beradi Meduza. Foto: EPA Vazirning aytishicha, Rossiyada turk tadbirkorlariga o‘z ulushini rossiyalik sheriklariga berishlarini talab qilib, bosim o‘tkazilmoqda. “Savdoda ham axloqiy asos bo‘lishi kerak. Bu tadbirkorlar Rossiya hukumatiga ishongan va bu mamlakatga mablag‘ kiritgan”, — deya ta’kidlagan Elitosh.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 786 | Добавил: Daminik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]