21:35
Shoxrux rapper litsenziyasiz qolgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi!
Man haqimda har hil mish-mishlar yuribpti, eshitishimcha man estradaga chiqishim uchun litsenziyamdan mahrum bo'lgan ekanman. Tepadagi fotoda nechi yillardan beri (arhiv 2012-2015) litsenziyam borligi haqidagi dalillar keltirilgan. Har 3 oyda yangilab turaman. Ko'p yillardan beri estradaga chiqmasligim sababi, erkak kishiga 40 hunar kam degandek, o'zimga yarasha boshqa ishlarim ham bor. Shuning uchun, musiqa ohirgi darajali bo'lib qolgan va musiqa man uchun hobby ekanligini birinchi marotaba estradaga chiqqanimda aytganman. Bo'sh vaqtlarimda musiqaga vaqt ajratib turaman, bu narsani mani kuzatiyotgan muhlislar juda yahshi bilishadi. Har hil yolg'on gap tarqatadigan va bazi bir ommaviy ahborot vositalariga maslahatim, nimadir gapirishdan oldin manga o'hshab dalillar keltirishsin va gapiga javob berishsin. "O'zbeknavo" Estrada Birlashmasi hech qachon, hech kimni o'zidan o'zi litsenziyadan mahrum qilmaydi va shunday qilingan holatda ham ular faqatgina qaysidir estrada vakili tomonidan qilingan hatoliklari bo'lsa, o'sha ishni qonun doirasida ko'rib chiqib, o'shanga yarasha qaror qabul qilishadi!
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 1206 | Добавил: Seva_ARAVES | Теги: +998915676710 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]