13:16
Rustam Sa’diyevning “Baron” filmi “videoqaroqchilar” tomonidan disklarda chiqarildi

Rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron” filmi premyerasidan bir hafta o‘tib, uning sifatli nusxasi, “videoqaroqchilar”ning xatti-harakatlari sabab, qo‘l telefonlari va disklar orqali tarqalishga ulgurdi. Bu haqda “Qalampir” xabar bermoqda.

“Filmning diski tarqab ketganidan xabarim bor. Biroq ‘videoqaroqchilar’ning qo‘lidagi diskdagi material katta ekranlarda namoyish etilayotganidan filmdan ancha farq qiladi. Filmning xomaki nusxasi bozorlar va disk do‘konlarida sotilyaptimi yoki yo‘q, bunisidan xabardor emasman”, — dedi rejissor.

“Qalampir”ning qayd etishicha, bu voqea rejissor Rustam Sa’diyev bilan birinchi marta ro‘y berayotgani yo‘q. Uning o‘tgan yil katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan “Sotqin” nomli kartinasi ham katta ekranlarga chiqqanidan bir oy o‘tar-o‘tmas “qaroqchilar”ning qo‘liga tushgan edi.

“Baron” filmi premyerasi 16-yanvar kuni Alisher Navoiy nomli kinosaroyida bo‘lib o‘tgandi. 21—24-yanvar kunlari davomida kinosaroyning barcha 12 zalida “Baron”namoyish etilgan, xususan, 24-yanvardagi namoyishlar uchun 7,5 mingta chipta sotilgan, 2 ming kishi chipta ololmay qolgan.

Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 1046 | Добавил: Doniyor | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]