11:34
Ravshan Ermatov Xavi jamoasi o‘yinini boshqaradi
BAAning “Al Jazira” hamda Qatarning “Al
Sadd” jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni FIFA
hakami Ravshan Ermatov boshqarib boradi,
deya xabar bermoqda “Olamsport”.
Unga qanotlarda Abdulhamidullo Rasulov va
Jahongir Saidovlar yordam beradi. To‘rtinchi
hakam Sherzod Qosimov.
Osiyo chempionlar ligasining pley-off
bosqichidan o‘rin olgan ushbu o‘yin 9-fevral
kuni bo‘lib o‘tadi. “Al Sadd” tarkibida
ispaniyalik mashhur futbolchi Xavi to‘p suradi.
Ushbu juftlik g‘olibi OChL guruh bosqichida
“Paxtakor” bilan birga C guruhidan o‘rin oladi.
Категория: Sport xabarlari | Просмотров: 942 | Добавил: Daminik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]