12:20
Ozishning asosiy sirlari

Biz siz uchun ko‘pchilik tez-tez unutib qo‘yadigan asosiy qoidalarni to‘pladik.

Yashash tarzingizni o‘zgartiring. Sog‘lom ovqatlanish— bu vaqtinchalik chora emas, balki butun hayotingiz davomida amal qilishga to‘g‘ri keladigan foydali odat. Buni tushunib yetganingizdagina qoidalarni buzish kamayadi. Albatta, har kuni irodangizni ishga solishga to‘g‘ri keladi. O‘zingiz uchun eng muhimini belgilab oling va aniq tuzilgan rejaga amal qiling.

Sevimli shirinliklar o‘rnini bosuvchi o‘xshashini toping. Agar siz stressni pishiriqlar va konfetlar bilan bosishga odatlanib qolgan bo‘lsangiz, ularni olma va sabziga almashtiring. Bunday muammolaringizni boshqa usullar bilan bartaraf qilishga o‘rganing, masalan yoga mashqlari bilan. O‘zingizni oqlovchi bahonalar axtarmang!

Zararli oziq-ovqatlarga qarshi urush e’lon qiling! Taomnomadan non, gazli ichimliklar, paketli sharbatlar, konfetlarni chiqarib tashlang. Agar shirinliklardan to‘liq voz kecha olmasangiz ham ular miqdorini 20 foizgacha qisqartiring.

Muntazam ravishda shug‘ullaning. Sport mashg‘ulotlarining eng yaxshi rejasi— bir haftada besh-yetti marta mashg‘ulotga qatnashish.

Muntazam ravishda ovqatlaning. Har to‘rt soatda ovqatlanish ko‘p yeyishdan saqlaydi.

Kunlik rejimga rioya qiling. Aniq tuzilgan rejaga rioya qilsangiz, mashqlarni ham, uy ishlarini ham bajarishga ulgurasiz.

Oqsil va yog‘larni ko‘proq, uglevodlarni esa kamroq iste’mol qiling. Kletchatkalarni unutmang. Brokkoli yeng, uning kaloriyasi juda past bo‘lib, u me’da-ichak yo‘llari faoliyatini tartibga soladi, jigarni tozalaydi va miya faoliyatini faollashtiradi.

Категория: Foydali Maslaxatlar | Просмотров: 738 | Добавил: Dibodj | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]