22:04
O‘zbekistonda 10.000 so‘mlik kupyura muomalaga chiqariladi mi?!
Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjeri orqali o‘n ming so‘mlik kupyuralarining tasvirlari tarqaldi. Kupyurada Shahrisabz shahridagi Amir Temur haykali va Oqsaroy tasvirlangan. Bunga nisbatan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida turli xil fikrlar bildirildi. Masalan, joriy yilda sohibqiron Amir Temurning 680 yillligi munosabati yangi kupyura chiqarish rejalashtirilganligi yoki Shanghay hamkorlik tashkilotining Toshkentda bo‘ladigan yubiley sammiti munosabati bilan 10 ming so‘mlik kupyura chiqarilishi mumkinligi aytilyapti. Bunga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga qo‘ng‘iroq qildik. Markaziy bankning bosh mutaxassisi Nasima Abdullayevaning ma’lumot berishicha, “Yangi o‘n ming so‘mlik kupyurani chiqarish rejalashtirilmagan va bu haqda hech qanday ma’lumot yo‘q. Agar yangi kupyura chiqarish rejalashtiriladigan bo‘lsa, OAV orqali ma’lum qilinadi”. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mas’ullarining so‘zlariga asoslangan holda shuni aytish o‘rinliki, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan 10 ming so‘mlik kupyuraning suratlari fotoshopning mahsuli, xolos. Ortiqcha shov-shuvga esa o‘rin yo‘q.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 896 | Добавил: musicfm | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]