16:55
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Livanga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun tarkibi ma’lum bo‘ldi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi fevral oyidagi
qisqa muddatli o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini
davomida Livanga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi
o‘tkazishi rejalashtirilgan. 13—15-fevral
kunlariga mo‘ljallangan yig‘inga 21 nafar
futbolchi jalb etilgan. Bu haqda O‘zbekiston
futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar
bermoqda.
Ta’kidlash kerakki, fevral oyidagi yig‘inga
legionerlar jalb qilinmadi.
Livanga qarshi uchrashuv 14-fevral kuni
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida
bo‘lib o‘tadi .
O‘zbekiston milliy terma jamoasining
navbatdagi rasmiy o‘yinlari Jahon chempionati
—2018 ikkinchi saralash bosqichi doirasida
mart oyida bo‘lib o‘tadi. Babayan shogirdlari
24-mart kuni Filippinni, 29-mart kuni esa
Bahraynni Toshkentda qabul qiladi.
Quyida O‘zbekiston milliy terma jamoasining
13—15-fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan yig‘iniga
jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini keltirib
o‘tamiz.
Darvozabonlar: Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”),
Eldor Suyunov (“Nasaf”).
Himoyachilar: Davron Hoshimov (“Paxtakor”),
Islom To‘xtaxo‘jayev (“Lokomotiv”), Kamoliddin
Tojiyev (“Paxtakor”), Sherzod A’zamov
(“Nasaf”), Azimjon Ahmedov (“Paxtakor”),
Stanislav Andreyev (“Paxtakor”), Akromjon
Komilov (“Bunyodkor”).
Yarim himoyachilar: Javlon Mirabdullayev
(“Bunyodkor”), Javohir Sohibov (“Paxtakor”),
Jamshid Boltaboyev (“Paxtakor”), Otabek
Shukurov (“Bunyodkor”), Server Jeparov
(“Lokomotiv”), Jasur Hasanov (“Lokomotiv”),
Doston Hamdamov (“Bunyodkor”), Sanjar
Shoahmedov (“Lokomotiv”), Eldor Shomurodov
(“Bunyodkor”), Shuhrat Muhammadiyev
(“Nasaf”).
Hujumchilar: Igor Sergeyev (“Paxtakor”), Marat
Bikmayev (“Lokomotiv”).
Категория: Sport xabarlari | Просмотров: 971 | Добавил: Daminik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]