17:41
O‘zbekiston — Filippin o‘yini uchun chiqarilgan 28 ming dona chiptaning 24 mingtasi sotib bo‘lindi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston va Filippin terma jamoalari o‘rtasidagi JCh—2018 va Osiyo Kubogi—2019 saralash uchrashuvi uchun 18-martdan sotuvga chiqarilgan chiptalarning 24 mingtasi sotib bo‘lindi. Bu haqda “Championat.asia” xabar bermoqda.

O‘zbekiston — Filippin uchrashuvi 24-mart, payshanba kuni 34 800 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin uchun 28 mingta chipta sotuvga chiqarilgan.

Xabar berishlaricha, qolgan joylar xavfsizlik xodimlari va terma jamoa muxlislar klubi uchun ajratilgan.

Avvalroq, markaziy sektorlar uchun mo‘ljallangan chiptalar 20 ming so‘m, darvoza ortidagi sektorlar uchun chiptalar esa 15 ming so‘mdan sotilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Категория: Sport xabarlari | Просмотров: 904 | Добавил: musicfm | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]