Главная »
2016 »
Январь »
25 » Microsoft planshetlari Amerikaning Patriots futbol jamoasiga o‘yin chog‘ida pand berdi
15:26 Microsoft planshetlari Amerikaning Patriots futbol jamoasiga o‘yin chog‘ida pand berdi |
24-yanvar kuni AQSh Milliy futbol ligasi
doirasida New England Patriots va Denver
Broncos jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Match internet foydalanuvchilari xotirasida
maydondagi yorqin lahzalar bilan birga, Surface
planshetlariga aloqador voqea bilan ham
muhrlanib qoldi, deb yozadi TJournal.
Patriots jamoasi o‘yinchilari foydalanayotgan
Microsoft qurilmalari vaqtinchalik ishlamay
qoldi va futbolchilar orasida norozilikka sabab
bo‘ldi. Ushbu planshetlar shifrlangan tarmoqqa
ulangan bo‘lib, faqat bitta dasturni ishga
tushira oladi, unda futbolchilar murabbiydan
raqib jamoa taktikasi haqida axborot olib
turadi.
Biroq 24-yanvar kuni qurilmalar ayni o‘yin
chog‘ida ishlamay qoldi, nosozliklar 20
daqiqacha davom etdi va futbolchilarning
yaxshigina jahlini chiqardi.
Broncos jamoasining Surface planshetlari esa
odatiy rejimda ishlashda davom etdi, ular
o‘zlarida kutilmaganda paydo bo‘lgan
ustunlikdan foydalanib qoldi.
Microsoft vakillari hodisada ularning qurilmalari
aybdor emasligini ma’lum qildi. Ularning
ta’kidlashicha, nosozlik planshet emas,
tarmoqqa ulanish bilan bog‘liq bo‘lgan.
Ushbu reklama kampaniyasi Microsoft’ga 400
million dollarga tushgani xabar qilinmoqda.
|
Категория: Dunyo yangiliklari |
Просмотров: 848 |
Добавил: Daminik
| Рейтинг: 0.0/0 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[
Регистрация |
Вход ]