11:32
Messining Xitoyga tashrifi chog‘ida “Real” muxlisi bo‘lgan yosh futbolchi u bilan salomlashishdan bosh tortdi

Xitoyga reklama roligida suratga tushish uchun tashrif buyurgan “Barselona” hujumchisi Lionel Messi bilan kutilmagan holat yuz berdi. Bu haqda “Sports.ru” xabar bermoqda.

Argentinalik tasvirga olishdagi tanaffus chog‘ida mahalliy o‘smirlar futbol jamoasiga borishga rozi bo‘ldi. Buni keng yoritgan telekompaniyalar prodyuserlari fikricha, dunyo futboli superyulduzining mashg‘ulot bazasiga kelishi yosh tarbiyalanuvchilarni hayratga solishi kerak edi. Kutilmaganda ular safida bo‘lgan Madridning “Real” jamoasi ishqibozi Messi bilan salomlashishdan bosh tortdi. Faqat murabbiyining iltimosidan keyingina “qaymoqranglilar” ramzi tushirilgan futbolka kiygan Li Vo istar-istamas Leoning qo‘lini qisib qo‘ydi.

Xitoy televideniyesi orqali mazkur reportaj namoyish etilgach, afsonaviy futbolchiga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatgani uchun Li Vo keskin tanqid ostida qoldi. O‘smir esa “Real” muxlisi ekanligi, biroq o‘zining qilmishidan afsusda ekanligini bildirdi.

“Messi oldida kechirim so‘rashni istardim. Bu odobdan emasligini bilaman. Futbol yulduzi bo‘lishga intilayotgan ekanman, buni kelgusida inobatga olaman va kamchiliklarimni yo‘qotishga harakat qilaman”, — deya ta’kidlagan Li Vo.

Manba: daryo.uz nashri

Категория: Fudbol yangiliklari | Просмотров: 1065 | Добавил: Doniyor | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]