13:30
Messining muxlisi tanasiga futbolchi dastxatini tushirdi

“Barselona” va Lionel Messining sadoqatli muxlisi tanasining orqa tomoniga tushirilgan rangli tatuirovka bilan kifoyalanmay, unga argentinalik futbolchining original dastxatini ham qo‘shib qo‘ydi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.

Yigitning uddaburoligiga tan bersa arziydi: u Messini mehmonxonalardan birida poylab turdi-da, u bilan ko‘rishgach, orqa tomoniga dastxat qo‘yib berishini iltimos qildi. Shundan so‘ng oyog‘ini qo‘liga olib, tatu-salonga chopdi. Natijaga o‘zingiz baho bering!

Manba: daryo.uz nashri.

Категория: Fudbol yangiliklari | Просмотров: 875 | Добавил: Doniyor | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]