14:17
“Lokomotiv” murabbiyi: “Fulad Sepahon”ga qarshi o‘yinda omadimiz keldi, omad esa kuchlilarga kulib boqadi

Eronning “Fulad Sepahon” futbol klubiga qarshi o‘yinda Toshkentning “Lokomotiv” jamoasiga, u kuchli bo‘lgani uchun, omad kulib boqdi. Bu haqda “Lokomotiv” murabbiyi Andrey Miklyayev “Fulad Sepahon” — “Lokomotiv” (0:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Lokomotiv” matbuot xizmatining Telegram’dagi kanali.

Eslatib o‘tamiz, 15-mart, seshanba kuni “Lokomotiv” Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichi 3-turi doirasida Eronda “Fulad Sepahon” mehmoni bo‘ldi. O‘yin 2:0 hisobidaToshkent klubi g‘alabasi bilan yakuniga yetdi.

“Bugun omadimiz keldi, omad esa kuchlilarga kulib boqadi. Eronga 3 ochko uchun kelgandik va uni qo‘lga kiritdik. Barcha ko‘rsatmalarimizni yaxshi bajarganliklari uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman”, — deydi jamoa murabbiyi.

“Noqulay ob-havo sharoiti ustun tomonlarimizni namoyish etishga xalal berdi. O‘yin vaqtidagi kuchli shamol va yomg‘ir har ikki klub o‘yiniga ta’sir o‘tkazdi. Kuchli jamoalar har qanday ob-havo sharoitida ham o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi kerak”, — deydi “Lokomotiv” vakili.

Ma’lumot uchun, “Fulad Sepahon” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng, “Lokomotiv” ochkolari sonini beshtaga yetkazib, “A” guruhida 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa guruh bosqichi 4-tur uchrashuni 6-aprel kuni Toshkentda “Fulad Sepahon”ga qarshi o‘tkazadi.

Категория: Fudbol yangiliklari | Просмотров: 875 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]