21:23
Janubiy Koreyada ikki kun mobaynida 100 mingdan ziyod Samsung Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge sotildi

Janubiy Koreyada rasmiy sotuvlar boshlangandan so‘ng o‘tgan ikki kun mobaynida 100 mingdan ziyod Samsung Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge xarid qilingan. Sotuvning umumiy hajmida Galaxy S7 Edge ulushi 40 foiz atrofida bo‘lgan. Bu haqda kompaniya vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Yangi smartfonlar Galaxy S6’dan akkumulyatorlarning katta sig‘imi, shuningdek, chang va suvdan himoyaga ega ekanligi bilan farqlanishi bildirilmoqda. Qurilmalarda professional fotoapparatlardan qolishmaydigan sifatdagi tasvirlarni olish imkonini beruvchi “ikki karra piksel” texnologiyasi qo‘llangan, microSD xotira kartasi uchun slot yana paydo bo‘lgan.Koreyalik xaridorlar uchun eng jozibali omil tariqasida narxlarni ko‘rsatish mumkin: 32 gigabaytli qo‘shimcha xotiraga ega Galaxy S7 bahosi 836 ming von (690 dollar) bo‘lib, bu o‘tmishdoshining sotuvlar boshlanishidagi narxidan 40 dollarga kam. Galaxy S7 Edge 924 ming von turadi, bu Galaxy S6 Edge’ga nisbatan 5,6 foizga kam.Samsung yangi smartfonlar sotuvi Galaxy S6 tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangilashi, mobil telefonlar bozoridagi pasayib borayotgan talabni jonlantirishiga umid qilmoqda.

Категория: Texnologik yangiliklar | Просмотров: 840 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]