11:28
Google kompaniyasi Google.com domenini sotib olgan yigitga Google’ga o‘xshash summada mukofot berdi

2015-yilning 28-sentabrida Google.com domenini tasodifan sotib olgan Sanmey Vedni Google kompaniyasi xatolikni aniqlagani uchun 6006,13 dollar bilan mukofotladi, deya xabar bermoqda “Vc.ru”. Ushbu summa ortida kompaniya nomi bilan bog‘liq hazil yashiringan.

 

“Biz Vedga taqdim etgan kompensatsiya 6006,13 dollarni tashkil etdi — bu yozuvda Google’ga o‘xshab ketadi. Sanmey uni xayriyaga topshirmoqchi ekanligini bilganimizdan so‘ng mablag‘ni ikki karra oshirdik”, — deyiladi Google xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Ved Google Domains servisi orqali yangi domen qidirayotganida tasodifan Google.com domeni bo‘sh ekanligini payqab qoladi (tizimdagi xatolik tufayli) va 12 dollar evaziga uni xarid qiladi. Shundan so‘ng Sanmeyga Google.com domeni egasi ekanligini tasdiqlovchi elektron xat keladi. Vedning ta’kidlashicha, bir daqiqa davomida saytni boshqarish huquqiga ega bo‘lgan. Bu muddat o‘tgach, Google Domains oldi-sotdini bekor qiladi va xaridorga pulini qaytaradi.

Yigit Google taqdim etgan mukofotning aniq summasini aytmagan, biroq u 10 ming dollardan ziyodligini ta’kidlagan edi. Ved barcha mablag‘ni Hindistonning eng qashshoq hududlarida ta’lim huquqi uchun kurashadigan The Art of Living India tashkilotiga xayriya qildi.

Manba: daryo.uz nashri

Категория: Texnologik yangiliklar | Просмотров: 969 | Добавил: Doniyor | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]