Google virtual reallik ko‘zoynaklarini taqdim etdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.

Категория: Texnologik yangiliklar | Просмотров: 804 | Добавил: Admin | Дата: 14-Мар-2016 | Комментарии (0)

Ekspertlar Samsung’ning yangi flagman smartfonlarida e’lon qilinmagan funksiyani aniqladi, deya xabar bermoqda “Hi-tech.mail.ru”. Galaxy S7 va S7 e ... Читать дальше »

Категория: Texnologik yangiliklar | Просмотров: 866 | Добавил: Admin | Дата: 14-Мар-2016 | Комментарии (0)

Janubiy Koreyada rasmiy sotuvlar boshlangandan so‘ng o‘tgan ikki kun mobaynida 100 mingdan ziyod Samsung Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge xarid qilingan. Sotuvning umumiy hajmida Galaxy S7 Edge ulushi 40 foiz atrofida bo‘lgan. Bu haqda kompaniya vakillari ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.

Yangi smartfonlar Galaxy S6’dan akkumulyatorlarning katta sig‘imi, shuningdek, chang va suvdan himoyaga ega ekanligi bilan farqlanishi bildirilmoqda. Qurilmalarda professional fotoapparatlardan qolishmaydigan sifatdagi tasvirlarni olish imkonini beruvchi “ikki karra piksel” texnologiyasi qo‘llangan, microSD xotira kartasi uchun slot yana paydo bo‘lgan.Koreyalik xaridorlar uchun eng jozibali omil tariqasida narxlarni ko‘rsatish mumkin: 32 gigabaytli qo‘shimcha xotiraga ega Galaxy S7 baho ... Читать дальше »

Категория: Texnologik yangiliklar | Просмотров: 837 | Добавил: Admin | Дата: 14-Мар-2016 | Комментарии (0)

O‘zbekistonda yaqin kunlarda yangi musiqiy telekanal ochilish arafasida. Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.
Hozircha telekanal “Zo‘r TV” deb nomlanishi hamda “Vodiy sadosi” radiosi rahbariyati tomonidan ochilayotgani ma’lum. “Zo‘r TV” yoshlarbop va musiqiy yo‘nalishda bo‘lishi kutilmoqda. Ayni paytda kerakli barcha texnika va jihozlar olib kelingan, ish boshlanishi uchun qizg‘in harakat ketmoqda.

Tez kunlarda sinov tartibida efir yo‘lga qo‘yilib, kliplar namoyishi boshlanishi bildirilgan.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 864 | Добавил: Admin | Дата: 14-Мар-2016 | Комментарии (0)

endi saytimizda buyurtma berishingiz mumkin
Категория: Saytimiz yangiliklari | Просмотров: 889 | Добавил: Admin | Дата: 01-Мар-2016 | Комментарии (0)

Xitoyda Zika virusi yuqishi bilan bog‘liq ilk holat qayd etildi. Mamlakat tashqarisida bezgakka chalingan bemorning ahvoli durust ekanligi, salomatligi tiklanayotganligi bildirilmoqda, deya xabar beradi“TASS” Virusning qish paytida tarqalish ehtimoli juda kam, chunki Xitoyning iqlim sharoiti Aedes aegypti turidagi chivinlar uchun to‘g‘ri kelmaydi. Hozirda xitoylik mutaxassislar Zika virusini aniqlash va davolash uchun yo‘riqnomalar ishlab chiqmoqda. Mamlakatda xorijdan kelayotgan yo‘lovchilarni tekshirish va karantindan o‘tkazish uchun javob beradigan xizmatlar shay holatga keltirilgan.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 911 | Добавил: DJ_BeGZoDBeK | Дата: 10-Фев-2016 | Комментарии (0)

Suriya poytaxtida ikki portlash ro‘y berdi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi“ Korrespondent.net”. Birinchi portlash politsiyachilar to‘planadigan klubda, ikkinchisi esa sabzavot bozori yaqinida sodir bo‘lgan. Buning oqibatida sakkiz nafar politsiyachi halok bo‘lgan, 20 kishi jarohat olgan. Mazkur teraktlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 845 | Добавил: DJ_BeGZoDBeK | Дата: 10-Фев-2016 | Комментарии (0)

Afg‘onistonning Gilmend viloyatida harbiy-havo kuchlari tomonidan xorijiy kontingent ko‘magida uyushtirilgan operatsiya davomida 15 nafar “Tolibon” jangarisi yo‘q qilindi. Bu haqda TOLO News telekanali bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda. Aviahujum davomida jangarilarning transport vositasi yo‘q qilinib, harakatning o‘n nafar a’zosi yarador qilingan. Tinch aholidan qurbon bo‘lmaganligi bayon qilinmoqda.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 894 | Добавил: DJ_BeGZoDBeK | Дата: 09-Фев-2016 | Комментарии (0)

Twitter’da o‘zini DotGovs deb nomlagan xakerlar guruhi AQSh Federal qidiruv byurosining (FQB) 20 ming nafar xodimiga oid ma’lumotlarni chop etdi. Shuningdek, mamlakat milliy xavfsizlik vazirligida xizmat qilayotgan 9 ming xodimga oid ma’lumotlar ham oshkor etilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda. Mazkur holatni adliya vazirligi tekshirmoqda. Vazirlik vakili Petr shaxsiy ma’lumotlar o‘g‘irlanganini tasdiqladi, biroq ularning o‘ta muhim emasligini bildirmoqda. E’lon qilingan fayllarda xodimlarning ismi-sharifi, xizmat yo‘riqnomasi, telefon raqamlari va elektron pochta manzillari bo‘lgan. Mikroblogdagi yozuvga #FreePalestine (Ozod Falastin) xeshtegi qo‘yilgan.
Категория: Texnologik yangiliklar | Просмотров: 900 | Добавил: DJ_BeGZoDBeK | Дата: 09-Фев-2016 | Комментарии (0)

O‘zbekistonlik 42 nafar “Yilning eng yaxshi chet
tili o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari shu
yilning 8—22 yanvar kunlari Buyuk
Britaniyaning nufuzli oliy o‘quv yurtida malaka
oshirib qaytdi. Bu haqda O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Axborot
xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Xalq ta’limi vazirligi va Buyuk Britaniyaning St.
Mark & St. John universiteti o‘rtasida tuzilgan
ikki tomonlama shartnoma asosida malaka
oshirish uchun Buyuk Britaniyaning Devon
grafligi, Plimut shahri yaqinida joylashgan
nufuzli St. Mark & St. John universiteti
tanlandi.
Mashg‘ulotlar universitetning tajribali
mutaxassislari va professorlari tomonidan olib
borildi.
Tajriba almashish davomida o‘zbekistonlik
o‘qituvchilar dars o‘tishning turli usu ... Читать дальше »
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 913 | Добавил: Daminik | Дата: 01-Фев-2016 | Комментарии (0)

« 1 2 ... 4 5 6 7 8 9 »