2-may kuni Toshkentda harakatlanayotgan so‘nggi tramvay yo‘nalishi — “Beshqayrag‘och” dahasi va Ippodrom o‘rtasida qatnovchi 17-yo‘nalish yopildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.
Ertalab tramvaylar qatnovga chiqdi, ammo vagonlardan biri relsdan chiqib ketgach, barcha haydovchilar depoga qaytish haqida ko‘rsatma oldi. 9:10 da depoga so‘nggi vagon kirdi, va shu tariqa, Toshkent tramvayining 115 yillik tarixiga nuqta qo‘yildi.

“Toshkent tramvayi” O‘zbekiston poytaxtida tramvay harakati to‘xtatilganini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahridagi 9- va 13-tramvay yo‘nalishlarining ishi 22-apreldan butunlay to‘xtatildi. 17- va 8-tramvaylar ishi taxminan 1-iyunga qadar davom etishi kutilayotgan edi.
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 960 | Добавил: musicfm | Дата: 02-Май-2016 | Комментарии (0)

Taniqli kinoaktyor Adiz Rajabov intervyu berishdan o‘zini olib qochadigan, o‘zi va hayoti haqidagi ma’lumotlarni ommadan sir saqlaydigan san’atkorlardan. U rejissor Sanjar Shodiyevning “Seni o‘zim boy qilaman” nomli filmida suratga tushdi. Film premyerasi arafasida jurnalist Feruz Muhammad aktyor bilan suhbatda bo‘ldi.
— Nima sababdan deyarli intervyu bermaysiz?
— Ijodda qandaydir yangilik bo‘lsa, intervyu berasiz-da. Har doim bitta gapni takrorlayverish ham yaxshi emas. Har bir aytilayotgan, yozilayotgan so‘zning mas’uliyati bor axir.

— Jurnalistlardan, muxlislardan yashirib yuradigan siringiz, muammolaringiz yo‘q, shundaymi?
— Shunday, qanday muammo bo‘lishi mumkin?!

— Ijodiy tanaffusdan so‘ng aynan “Seni o‘zim boy qilaman” filmida rol ijro etishingizga nima sabab bo‘ldi?
— Bu film mavzusi bugungi kunda suratga olinayotgan kinolardan oz bo‘lsa-da farq qilgani uchun, Sanjar Shodiyevning taklifiga rozi bo‘lganman. Bu mavzuda ko‘pdan ... Читать дальше »
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 951 | Добавил: musicfm | Дата: 02-Май-2016 | Комментарии (0)

“Layfxaker” nashri o‘tgan oyda diqqatga sazovor bo‘lgan qiziqarli va foydali dasturlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida butunlay yangi bo‘lgan dasturlar ham, shuningdek, tubdan yangilanganlari ham bor.

Gmail’dan Inbox

Inbox — yangi avloddagi elektron pochta kliyenti bo‘lib, u xatlarni mustaqil ravishda guruhlash, maktublardan eng muhim axborotni ajratib olish va, hatto, sizning o‘rningizga javoblar yozish qobiliyatiga ega.

Net Guard

Ushbu dastur dastlab Android uchun dasturiy fayervol sifatida yaratilgan edi. Uning yordamida sizda o‘rnatilgan barcha dasturlar uchun ruxsatlar va tarmoqdagi xatti-harakat qoidalarini ikir-chikirigacha sozlab qo‘yish mumkin.

Quote

Quote — RSS formatida yangiliklar o‘qish uchun dastur. U Feedly va Inoreader servislari uchun mobil kliyentdir. U maqolalarning to‘liq matnini tortib olish, ularni reklamalardan tozalash va o‘qish uchun eng qulay ko‘rinishda aks ettirishga qodir. ... Читать дальше »
Категория: Texnologik yangiliklar | Просмотров: 943 | Добавил: musicfm | Дата: 02-Май-2016 | Комментарии (0)