Muhabbatda, uning davomiyligida rashk tuyg‘usining o‘rni beqiyos, rashk haqida yozmagan, kuylamagan xonanda bo‘lmasa kerak. Qilichbek Madaliev “Yo‘l bo‘lsin” deb nomlangan so‘nggi klipida ushbu mavzuni yangicha talqinda, ya’ni san’atkor oilasida rashkdan kelib chiqadigan mojorolar va uning yechimi bilan tasvirlagan. Video ketma-ketlikda Qilichbekning muxlisalari dastidan uning turmush o‘rtog‘iga hech ham tinchlik bo‘lmaydi. Oxiri bu odatlarga chek qo‘yish maqsadida Qilichbek boshqa to‘yga chiqmayman, doim yoningda bo‘laman degan qo‘shiq va’dasi bilan uni tinchlantiradi. Bu hali hammasi emas… Klip bizda bir ikkita savollar tug‘dirdi, savollarimizga xonanda Qilichbek Madalievdan javob oldik. —Klip g‘oyasi kimga tegishli, klipdagi va hayotdagi Qilichbek bir xilmi, oilada rashkdan ko‘p aziyat chekasizmi? —Klip g‘oyasi o‘zimga tegishli bo‘lib, “9999” studiyasi bilan hamkorlikda suratga olindi. G‘oya aynan hayotimdan olindi deb ayta olmayman. Ayollarimiz ba’zan oshkora, ba’zan pinhona sezdir ... Читать дальше »
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 934 | Добавил: musicfm | Дата: 31-Мар-2016 | Комментарии (0)

Windows 10 operasion tizimi o‘rnatilgan kompyuterlar soni 270 mln donaga yetdi. Bu haqda Microsoft vise-prezidenti, Windows&Devices bo‘limi boshlig‘i Terri Mayerson Microsoft Build 2016 konferensiyasi vaqtida ma’lum qilgan. «Windows 10 operasion tizimi Windows tarixidagi eng muvaffaqiyatli yangi tizim bo‘ldi. Tizim ishga tushganidan boshlab bugungi kungacha undan foydalanishni boshlagan kompyuterlar soni 270 mln donaga yetdi. Bu shu vaqt mobaynida Windows 7 tizimi yangi chiqqanida o‘rnatilganidan 145 foizga ko‘proq deganidir», - deya ta’kidlab o‘tgan Mayerson. Mayersonning aniqlik kiritishicha, Windows 10 ishga tushirilganidan boshlab hozirgacha foydalanuvchilar 75 mlrd soat mobaynida ushbu tizim xizmatlaridan foydalanishgan.
Категория: Texnologik yangiliklar | Просмотров: 850 | Добавил: musicfm | Дата: 31-Мар-2016 | Комментарии (0)

Indoneziyada timsoh rossiyalik sayyohni g‘ajib tashladi, deya xabar bermoqda “RBK” Rossiyaning Indoneziyadagi elchixonasi vakili Nikolay Karapetyanga tayanib. Uning aytishicha, rossiyalikning jasadi G‘arbiy Papua provinsiyasida topilgan. Provinsiya huquqni himoya qilish organlari vakillari elchixonaga timsoh g‘ajib tashlagan rossiyalik sayyohning jasadi topilganini ma’lum qilgan. Ayni paytda muassasa huquqni himoya qilish organlari bilan yaqin hamkorlik qilmoqda. Mahalliy qidiruv-qutqaruv operatsiyasi rahbari so‘zlariga ko‘ra, sayyoh akvalang bilan suzayotib halok bo‘lgan. Rossiyalikni dengiz timsohi o‘ldirgani taxmin qilinmoqda. “Uning chap qo‘li uzib olingan, sonida esa yara ochilib turgan edi”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Категория: Dunyo yangiliklari | Просмотров: 983 | Добавил: musicfm | Дата: 31-Мар-2016 | Комментарии (0)

Yangi Samsung Galaxy S7 va Galaxy S7 Edge smartfonlarining ba’zi egalari bosh menyu tugmasining chap tomonida joylashgan “foydalanilayotgan dasturlar sensor tugmasi” bosilmaganda ham ishlab ketish muammosiga duch kelishdi. Ko‘pchilikda bu holat telefon ekrani blokdan olingandan so‘ng kuzatilmoqda. Samsung kompaniyasida bu xatoni tan olishdi va foydalanuvchilarga shu muammoni bartaraf etuvchi 60 Mb hajmdagi patchni yuborishdi. Shuningdek, ishlab chiqaruvchi agarda bu muammo patch orqali hal etilmasa, zavod parametrlariga qayta o‘tish kerakligini maslahat berdi. Shu maslahatga quloq solgan foydalanuvchilar boshqa bu muammoga duch kelmaganlarini aytishdi.
Категория: Texnologik yangiliklar | Просмотров: 870 | Добавил: musicfm | Дата: 31-Мар-2016 | Комментарии (0)

Ҳолливуд блокбастерлари фильм рейтингида янги рекорд ўрнатиш учун ўзаро кураш олиб бораётган бир вақтда, уларни суратга олиш ва реклама қилишга кетадиган харажатлар ҳам тобора ортиб бораверади. Ҳолливудда айни дамда катта экранларда намойиш этилаётган “Бетмен Суперменга қарши: Адолат тонги” кинематография соҳасидаги энг қиммат фильмга айланиши ҳақида миш-мишлар тарқалди. Унинг бюджетини 410 миллион долларга баҳолашмоқда. Ҳозирда студия фильм қийматини ошкор этмади. Сўнгги йиллардаги 300-400 миллион доллар қийматидаги фильмлар кинобюджет саноатида одатий ҳолга айланади. IMDb сайти ҳамда фильмларнинг молиявий маблағлари ҳақидаги онлайн-манба Box Office Mojo маълумотларига кўра, кино тарихидаги энг юқори бюджетли фильмлар рейтинги тузиб чиқилди. 20. «007: Спектр» (2015) — 246 млн доллар Инфляция ҳисобисиз бюджет: 245 млн доллар Дунё бўйича касса йиғими: 880 млн доллар. 19.«Суперменнинг қайтиши» (2006) — 246,4 млн доллар Инфляция ҳисобисиз бюджет: 209 млн доллар. Дунё бўйича касса йиғими: ... Читать дальше »
Категория: Shou-biznes yangiliklari | Просмотров: 941 | Добавил: musicfm | Дата: 31-Мар-2016 | Комментарии (0)