Bugun – 28 mart kuni Toshkent shahri hududidagi yo‘llar ta’minoti mavzusiga oid matbuot anjumanida shahar hokimi Usmonov Rahmonbek Jahongirovich yaqin kunlarda Toshkent shahrida tramvaylar harakati butunlay to‘xtatilishini tasdiqladi. Shahar hokimining so‘zlariga ko‘ra, Toshkent shahri hududidagi yo‘llarning rivojlanishi, mavjud standartlardan Yevropa yo‘l standartlariga o‘tish bo‘yicha 2030 yilgacha mo‘ljallangan maxsus konsepsiya asosida bosqichma- bosqich amalga oshiriladi. Shuningdek, shahar hokimi xususiy avtomobillar sonining ko‘payishi, qolaversa, bugunga kelib samarasiz bo‘lib qolgan tramvay tarmoqlari sababli yuzaga kelgan muammolar, ularning hal etilish rejasi bilan shahar xaritasi asosida batafsil tushuntirdi. Yaqin kunlarda Toshkent shahrida tramvay harakati butunlay to‘xtatilib, ularning o‘rniga ayni shu yo‘nalishda harakatlanuvchi avtobuslar faoliyat boshlaydi. Masalan, 5 apreldan boshlab, (tramvay harakati to‘xtamagani holda) 13-tramvay yo‘nalishda 13-T avtobusi sinov av ... Читать дальше »
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 854 | Добавил: musicfm | Дата: 28-Мар-2016 | Комментарии (0)

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 29 mart kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-12, kunduzi 20-22 daraja iliq bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 5-10, kunduzi 18-23 daraja iliq bo‘ladi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esayotgan shamol ba’zi joylarda sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 10-15, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi. Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbdan sekundiga 7-12 metr t ... Читать дальше »
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 1100 | Добавил: musicfm | Дата: 28-Мар-2016 | Комментарии (0)

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjeri orqali o‘n ming so‘mlik kupyuralarining tasvirlari tarqaldi. Kupyurada Shahrisabz shahridagi Amir Temur haykali va Oqsaroy tasvirlangan. Bunga nisbatan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida turli xil fikrlar bildirildi. Masalan, joriy yilda sohibqiron Amir Temurning 680 yillligi munosabati yangi kupyura chiqarish rejalashtirilganligi yoki Shanghay hamkorlik tashkilotining Toshkentda bo‘ladigan yubiley sammiti munosabati bilan 10 ming so‘mlik kupyura chiqarilishi mumkinligi aytilyapti. Bunga aniqlik kiritish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga qo‘ng‘iroq qildik. Markaziy bankning bosh mutaxassisi Nasima Abdullayevaning ma’lumot berishicha, “Yangi o‘n ming so‘mlik kupyurani chiqarish rejalashtirilmagan va bu haqda hech qanday ma’lumot yo‘q. Agar yangi kupyura chiqarish rejalashtiriladigan bo‘lsa, OAV orqali ma’lum qilinadi”. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mas’ullarining so‘zlariga asoslangan holda shuni aytish o‘rinli ... Читать дальше »
Категория: O'zbekiston yangiliklari | Просмотров: 884 | Добавил: musicfm | Дата: 28-Мар-2016 | Комментарии (0)